O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Bitta manbadan olingan, ushbu ma’lumotning og’zaki tavsifdaligini e’tiborga olgan 
holda, auditor qilingan xulosaga tayanishi mumkin emas, ya’ni kushimcha dalillar tuplashi 
zarur. Auditorlik tekshiruvi jarayonida bevosita ijrochilar (menejerlar, moddiy javobgar 
shaxslar, buxgalterlar va b. ) bilan suhbatlashib, mansab yo’riqnomalarining aniq 
ijrochilariga etkazilganligini aniqlashi va shu bilan birga ichki nazoratning ishonchliligi yoki 
yuzakiligi to’g’risida qo’shimcha dalillar olishi mumkin.
№50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSga muvofiq og’zaki so’rov natijalari 
bayonnoma yoki qisqacha konspekt ko’rinishida yozib borish zarur bo’lib, unda so’rov 
o’tkazgan auditorning familiyasi, hamda so’ralgan shaxsning familiyasi, ismi-sharifi 
ko’rsatilgan bo’lishi shart. Og’zaki so’rovlar o’tkazish uchun har xil muammolar (masalan, 
ayrim muomalalarni uchastkalar, faoliyat turlari yoki bo’linmalar bo’yicha hujjatlar bilan 
rasmiylashtirish tartibi va hujjatlar aylanishini baholash) bo’yicha anketalar oldindan 
tayyorlangan bo’lishi mumkin. Auditorlik tashkilotlari savollar ro’yxati bilan standart testlar 


tayyorlab, unda so’ralgan shaxslarning javoblari ko’rsatiladi.
Javoblarning auditor tomonidan baholanishi so’rov o’tkazish jarayonining muhim 
qismi bo’lib, og’zaki so’rovlar natijalari bo’yicha tayyorlangan yozma ma’lumot auditorlik 
tashkilotining boshqa ishchi hujjatlariga qo’shimcha qilinadi.
Hujjatlarni tekshirishda auditor ko’rib chiqayotgan ma’lum hujjatning haqqoniyligiga 
ishonch hosil qilishi lozim. Ushbu maqsadda buxgalteriya hisobida ma’lum yozuvlarni tanlab 
olish va xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan faktning hisobda aks ettirilishi kuzatib chiqiladi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin