O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə21/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Buxgalteriya hisobi ADT uch avlodga bo'linadi. Birinchi avlod buxgalteriya hisobi ADT funksional chegaralanganligi va tez o'zgar- uvchan buxgalteriya hisobi qoidalariga moslashishning murakkabligi bilan xarakterlanadi. Ular avtonom ravishda kompyuterlarda AIJ sifatida foydalanishga mo'ljallangan. Bu turdagi dasturlarga «Финансы без проблем», «Турбобухгалтер», «Парус», «Баланс в 5 минут» va boshqalar kiradi.
Ikkinchi avlod buxgalteriya hisobi ADT turli buxgalteriya hisobi qoidalaridagi o'zgarishlarga moslashuvchanligi, funksional ko'proq to'laligi bilan ajraladi. Ular orasida dastlab bevosita buxgalteriya hisobiga bog'liq bo'lmagan ADT ham paydo bo'ldi. Ular lokal tarmoqlarda yoki avtonom ishlatishga mo'ljallangan. Bunday ADTga quyidagilar kiradi: «1C: Бухгалтерия», «Инфобухгалтер», «Квестор», «Бест», «Монолит-Инфо» va boshqalar.
Zamonaviy, uchinchi avlod buxgalteriya hisobi ADTda korxona faoliyatini kompleks avtomatlashtirilgan tizimi integratsiyalashtirilmoqda. Bu turdagi to'plamlarning ko'pchiligi Windows operatsion tizimida boshqariladi va lokal tarmoqda ishlatiladi. Yangi buxgalteriya hisobi ADT, asosan, uni ishlab chiqargan firmaning boshqa dasturlari bilan birgalikda ishlashi va rivojlantirish imkoniyati mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Bunday dasturlarga «1С: Предприятие» dasturini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Moliya menejmenti ADT moliyaviy rejalashtirish hamda korxona va tashkilot faoliyatini tahlil qilish zaruratidan paydo bo'ldi. Bu turdagi ADT ikkiga bo'linadi:

  • korxona va tashkilotlarni moliyaviy tahlil qilishga mo'ljallangan;

  • investitsiyalar samaradorligini baholashga mo'ljallangan.

Korxona va tashkilotlarni moliyaviy tahlil qilish dasturlari
korxonaning o'tgan va hozirgi davrdagi faoliyatiga kompleks baho berishga yo'naltirilgan bo'lib, moliyaviy barqarorlik, likvidlilik, kapital- larni ishlatishning samaradorligi, mulklarni baholash va boshqalarni hisobga olib, umumiy moliyaviy holatni baholash imkonini beradi.
Bu turdagi masalalarni yechishda axborot manbalari sifatida buxgalteriya hisobi hujjatlari xizmat qiladi. Ular mulkchilik turidan qat'i nazar, yagona shaklda tuzuladi. Bular quyidagilardir: korxonaning buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar va ularni ishlatish to'g'risida hisobot, mulk holati to'g'risida hisobot, pul vositalari va ularning harakati to'g'risida hisobot.
Bu turdagi ADTga quyidagilarni misol qilish mumkin: ЭДИП (Центринвест Софт), Альт Финансы (Альт), Финансовый анализ (Инфософт).
Moliya menejmenti ADTning ikkinchi turi haqiqiy investitsiya va qo'yilayotgan kapitalning samaradorligini baholashga mo'ljallangan. Bu turdagi ADTga quyidagilar misol bo'ladi: Project Expert (PRO-Invest Consalting), Альт-Инвест (Альт), FOCCAL (Центринвест Софт).
Banklar va investitsiya fondlari tahlilchilari uchun, avvalambor, qo'yilayotgan kapitalni qiyosiy tahlil qilish va investitsiya istiqboli to'g'risida qaror ishlab chiqish muhimdir. Kompaniyalarning moliyaviy menejerlari uchun, ma'lum bir investitsiya loyihasini amalga oshirish bo'yicha qaror ishlab chiqish uchun, korxona faoliyatining avvalgi va hozirgi holatini tahlil qilish quroli juda muhimdir. Bunday maqsadlar uchun «Инвестор» ADT ishlab chiqilgan.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin