O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji


Oqimni o'lchagich (rasxodomerlar)



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə18/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Oqimni o'lchagich (rasxodomerlar). O'lchash lozim bo'lgan obyekt suyuqlik yoki gaz bo'lsa, oqimni o'lchagichlardan foydalaniladi. Masalan, bu asboblar avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalarida ishlatiladi.
Pul hisobini avtomatlashtirish qurilmalari va elektron kassa apparatlari. Hozirgi vaqtda savdo korxonalarida elektron kassa apparatlari keng qo'llanilmoqda, chunki kassalarning ish faoliyatini yaxshilash bilan birga mahsulotlar harakatini hisoblash tizimi mukam- mallashtirilmoqda. IPC POS-IIS CII kassa apparati misolida ulartning imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz. U quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

  1. savdoni qayd qilish (xarid qilingan mahsulot sonini uning bahosiga ko'paytirish bilan);

  2. ma'lumotlarni klaviaturadan, shtrix-kodlarni o'qigichdan, magnit kartalarini o'qigichdan qabul qilish;

  3. qayd qilishni tuzatish va ortiqcha pulni qaytarib berish;

  4. oraliq yakunni va qaytimni hisoblash;

  5. to'lovni naqd pulda yoki kredit kartasidan qabul qilish;

  6. to'lovni boshqa valutada qayta hisoblash;

  7. soliq va qoldiqni hisoblash;

  8. operatsiyalar va pul qaydnomalarini yuritish;

  9. qaydnomalarning yakuniy ko'rsatkichlarini 10 yilgacha muddatga saqlash uchun yozish;

  10. hisobotlar chiqarish (mahsulotlarning bahosi, naqd pul hamda xazinachilar bo'yicha va boshqalar);

  11. ma'lumotlarni aloqa kanallari va texnik tashuvchilarga chiqarish.

Bitta kassa apparatini 99 ta xazinachi ishlatishi mumkin, apparatning
xotirasida 10000 ta mahsulot to'g'risida ma'lumot saqlanadi.
Kassa apparatidan foydalanib, savdoni qayd qilish jarayoni quyida- gicha:

  1. xaridor tanlagan mahsulotlarini stolga qo'yadi;

  2. xazinachi shtrix-o'qigichni mahsulotdagi shtrix-kod ustidan yurgizadi va klaviatura orqali mahsulot sonini kiritadi. Kassa apparati shtrix-kodni deshifrovka qiladi, xotiradan mahsulotning bahosi olinadi va baho mahsulotlar soniga ko'paytiriladi. Bu operatsiyani xazinachi har bir mahsulot uchun bajaradi;

  3. agar xaridor naqd pul bilan to'lovni amalga oshirsa, xazinachi klaviatura orqali olingan banknotlarning qiymati va sonini kiritadi hamda kassa apparati qaytimni hisoblaydi;

  4. agar to'lov vositasi — kredit kartasi bo'lsa, kassa apparati undan ma'lumotlarni o'qiydi, kartani qonuniyligini tekshiradi va kredit qoldig'iga tuzatish kiritadi;

  5. elektron blokni boshqarish qurilmasi qilingan savdo to'g'risidagi xabarni texnik tashuvchilarga yoki aloqa kanallari orqali markaziy mashinaga yuboradi, u har bir mahsulotning harakatini, shuningdek, savdo to'g'risidagi to'plovchi hisoblagichlardagi pul xabarini hisobga oladi.

Shunday qilib, sodir etilgan savdo to'g'risidagi dastlabki ma'lu­motlar mashina tashuvchilarida aks etadi va undan do'konning boshqaruv tizimida turli maqsadlarda foydalanish mumkin bo'ladi. Bu jarayon shu bilan xarakterlanadiki, unda qo'l mehnati minimum holga keltirilgan, xato qilinishi mumkin bo'lgan kanallar ham kamaytirilgan.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin