O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji


Hujjatlarni tuzish va ko'paytirish vositalari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə14/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Hujjatlarni tuzish va ko'paytirish vositalari. Korxonalar va nosanoat tashkilotlarning axborot tizimlarida muomalada bo'lgan axborotlarni hujjat sifatida ifodalash uchun turli usul va vositalardan foydalaniladi.
Hujjatlarni tuzishning eng oddiy va «qadimiyi», shu bilan birga foydalanishdan olib tashlanmagani yozuv ruchkasidir (peroli, sharikli, kapilyar va shu kabilar). Muhimi, qog'ozda qoldirilgan izni o'chirish yoki to'g'rilash mumkin bo'lmasligi (yoki, hech bo'lmaganda, qiyin bo'lishi) lozim.
Hujjatlarni yozuv qurilmasida tayyorlash ham keng tarqalgan usullardan biridir. Zamonaviy yozuv qurilmasi kompyuterlarning bir qancha imkoniyatlarini o'z ichiga olganligi bois u avvalgilaridan tubdan farq qiladi.
Hujjatlar aylanmasida ularning bir xilliligiga erishish juda muhimdir. Bu uni tushunishni yengillashtiradi, tuzishdagi xatolarni va mehnat hajmini kamaytiradi. Shuning uchun ko'pchilik hujjatlar blankalarda tuziladi. Blank — bu bosma usulda tayyorlangan, rekvizitlarni kiritishga mo'ljallangan joylari mavjud trafaretdir. Hujjatdan qayta ishlash tizimiga ma'lumotlarni kiritishni yengillatish uchun rekvizitlarni kiritishga mo'ljallangan maydon u yoki bu tartibda ajratiladi (rangli yoki qora ramka bilan).
Ko'p hujjatlar bir yo'la bir necha nusxada tayyorlanadi, chunki undan foydalanuvchilar soni ko'p bo'ladi. Hujjatlarni ko'p nusxada tayyorlash uchun turli usul va vositalardan foydalaniladi: nusxa olish qog'ozi, printer, kseroks (ksero nusxa olish apparati).
Kseroksning ishlash prinsipi, selen yarim o'tkazgichining fotoelektrik xossasiga asoslangan. Selen bilan qoplangan barabanning (ish paytida baraban uzluksiz aylanadi) zaryadlangan (statik elektr bilan) yuzasida asosiy hujjatning tasviri proyeksiyasi tushadi. Ochiq yoritilgan nuqtalardan zaryad ketadi, xira yoritilgan nuqtalarda esa zaryad qoladi. Barabanning keyingi aylanishi davomida uning yuzasi bo'yoqqa (kukunga) tegadi va zaryad qolgan nuqtalarga yopishadi, ya'ni u asosiy hujjatning qora nuqtalariga mos keladi. Shu tariqa barabanning yuzasida tasvir hosil bo'ladi. So'ngra, barabanning aylanishi davom etib, u qog'oz bilan siqiladi va rang qog'ozga o'tadi. Qog'oz qisqa muddatli qizdirilgandan keyin tasvir unga muhrlanadi.
Kseroks apparati to'g'risida tushunchaga ega bo'lish juda muhimdir.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin