Ishlab chiqarishni qayd qilgich korxonaning xo'jalik operatsiyalari to'g'risidagi ma'lumotlarni mashina tashuvchilarida qayd qilish uchun mo'ljallangan qurilmalardan tashkil topgan. Uning tarkibiga, asosan, klaviatura, shtrix-kod va magnit kartalarini o'qigich, monitor, bosh- qaruv qurilmasi va chop etish qurilmasi kiradi.
Nosanoat sohasining muammoga yo'naltirilgan amaliy dasturlari to'plami Nosanoat sohasining muammoga yo'naltirilgan amaliy dasturlari to'plami (ADT) material ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan muassasalar (banklar, birjalar, savdo va shu kabilar) faoliyatini avtomatlashtirishga mo'ljallangan.
Banklarning ADTtanlangan axborot tizimiga bog'liq bo'lib, asosan, ko'p modulli tizimni tashkil qiluvchi, interaktiv, haqiqiy vaqt rejimida ishlovchi, moliyaviy operatsiyalar o'tkazish masalasini yechuvchi, markazlashtirilgan, integratsiyalashgan MB asosida bank va uning bo'limlarini boshqaruvchi to'plamlar majmuasidan iborat. Banklarning ADT majmuasini amalga oshirishning texnik asosi turli topologiyali Swift, Reuter, Internet va boshqa global tarmoqlarga ulangan ko'p mashinali hisoblash tarmog'i hisoblanadi.
Quyidagi firmalar (ularning dastlabkilari Amerika firmalaridir) banklarning ADT majmuasini yaratishdi:
IBM firmasi bir qancha dastur yaratuvchilar bilan IBIS/AS, Midas ABS kabi dasturiy mahsulotlarni;
DEC firmasi — PROFILE FMS — Finansial Management System, PROFILE IBS — Integrated Banking System, IBS-90 — integrallashgan bank tizimlari asosida DBS (Digital Banking System) konsepsiyasini;
NCR firmasi bank ishi sohasidagi (NCR Bank View) ochiq arxitekturali «ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash» konsepsiyasini DBS — bank turidagi majmuada amalga oshirdi;
Hewlett-Packard firmasi Diagram firmasi bilan hamkorlikda dasturiy modullar yig'indisidan iborat HAI bank konsepsiyasini taklif qildi;
UNISYS firmasi — FSA, Finesse Finansial Branch Autamation (bank muassasalari funksiyalarini avtomatlashtirish tizimi) tizimlarini taklif qildi;
Siemens-Nexdorf (Germaniya) firmasi — «KORDOBA» (bank faoliyatini kompleks avtomatlashtirish) muloqot tizimini;
Olivetti (Italiya) firmasi — avtomatlashtirilgan bank uchun (bank faoliyati ADT kompleksi) bank platformasi (Platform for Banking);
Bull (Fransiya) firmasi — bank faoliyatini kompleks avtomat- lashtirish uchun ICBS tizimi;
Rossiyaning kompleks bank ADTdan quyidagilarni ko'rsatish mumkin: «Diasoft —BANK» (Diasoft AJ), RS-BANK (R-Style), «Va-bank START» (FORS), shuningdek, Programmbank, Inversiya, Moliyaviy texnologiyalar markazi, Ankey axborot markazi (barchasi Moskva sh.), CSBI EE (Peterburg);
O'zbekistonda amaldagi bank ADT: ASBT MChJning ASBT (Автоматизированная система банковских технологий —Avtomatlashtirilgan bank texnologiyalari tizimi); Fido-Biznes MChJning AISKB (Автоматизированная информационная система коммерческих банков — Tijorat banklarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi) hamda IABS (Интегрированная автоматизированная банковская система — Integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi).