Kindik yarasining infeksion kasalliklari. Kataral omfalit (suvchiqqagan
kindik, nam) klinik jihatidan kindik yarasida seroz ajralma ajralishi uning
epitelizatsiyalanish muddatlarining sekinlashishi bilan ifodalanadi. Ayrim
hollarda kindik halqasimon engil giperemiyasi va ozroq infil’tratsiyasi qayd
qilinadi. Qon aralash qoraqo‘tir hosil bo‘lganda kindik qoldig‘i tushib ketgandan
so‘ng birinchi kunlari ular ostida ozroq seroz yiringli ajralma yig‘ilishi
mumkin. Yangi tug‘ilgan bolaning holati buzilmagan, tana harorati ko‘tarilmaydi.
Qon tahlilida o‘zgarishlar yo‘q. Kindik tomirlari qo‘lga sezilmaydi. Palpasiya
qilinmaydi.
Yiringli omfalit – kindik yarasi tubi, kindik halqasi, kindik halqasi atrofida
teri osti yog‘ kletchatkasi, kindik tomirlarining bakterial yallig‘lanishidir.
Kasallik odatda erta neonatal davr oxirida yoki hayotining 2 – haftasidan,
ko‘pincha kataral omfalit belgilari bilan boshlanadi. Bir necha kun o‘tgach
kindik yarasidan yiringli ajralma ajraladi – kindik pioreyasi, kindik halqasi shishi
223
va giperemiyasi, kindik atrofida teri osti yog‘ kletchatkasining infil’tratsiyasi
paydo bo‘ladi. Buning oqibatida kindik qorin oldingi devori sathidan ko‘tarilib
turadi. Kindik atrofidagi teri giperemiyalangan, ushlab ko‘rilganda issiq, qorin
oldingi devori tomirlarining kengayganligi xos (venoz tarmoqning kuchayishi)
limfangoit qo‘shilish alomati bo‘lgan qizil rangli taram-taram sohalar. Kindik
tomirlarining infeksion zaralanishi uchun xos belgilar paydo bo‘ladi. Bemorning
umumiy ahvoli o‘zgargan, bola lanj bo‘ladi, ko‘krakni yaxshi emmaydi, ichgan
sutini qayt qiladi, tana vazni oshmaydi (yo‘qolish ehtimoli), tana harorati oshadi,
ba`zan febrilgacha ko‘tariladi. Qon tahlilida leykotsitoz chapga siljish bilan,EChT
oshishi.
Kindik yarasi – kindik pioreyasi yoki omfalit asorati sifatida paydo bo‘lish
mumkin Kindik yarasining tubi odatda seroz-yiringli yoki yiringli ajralma bilan
yopilgan bo‘ladi. Uni olib tashlangandan so‘ng yaralanish aniqlanadi. Kindik
yarasiga ishlov berilayotganida kindik yarasining tubini bekitib turgan qoraqo‘tir
olib tashlanmasa, yara rivojlanish ehtimoli katta bo‘ladi. Bemorning umumiy
holati kasallikning birinchi kunlarida buzilmagan bo‘lish mumkin, keyinchalik
intoksikatsiya belgilari qo‘shiladi.
Kindik tomirlari kasalliklari. Davolash – diagnostika maqsadida kindik
tomirlari kateterizatsiya qilingan Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar katta xavf guruhiga
kiradilar.
Kindik tizimchasi gangrenasi (kindik qoldig‘i). Tug‘ilishiga yordam berish
muassasalarida tug‘ilgan bolalarda amalda uchramaydi. Kasallik hayotining
dastlabki kunlarida bo‘ladi va uni anaerob tayoqcha chaqiradi. Kindik
qoldig‘ining mumifikatsiyasi to‘xtaydi. U nam bo‘lib qoladi, qo‘ng‘ir tusga
kiradi va undan yoqimsiz chirindi hid keladi. Kindik qoldig‘ining tushib ketishi
kechikadi. Kindik yarasida birdaniga yiringli ajralma paydo bo‘ladi. Bemorning
umumiy ahvol o‘zgargan, harorati ko‘tariladi, intoksikatsiya belgilari kuzatiladi,
qon tahlilida o‘zgarishlar ko‘riladi, ular infeksion jarayonning og‘irligiga mos
keladi. Odatda sepsis boshlanadi.
224
Kindik venasi tromboflebitida – kindik ustida elastik tortma palpasiya
qilinadi. Tromboarteriyadan kindik arteriyalari kindik halqasidan pastda qo‘lga
seziladi. Periflebit va periarteritda shikastlangan tomir ustidagi teri shishgan va
giperemiyalangan, oldingi qorin devori taranglashadi, bu paypaslab ko‘rilganda
aniqlanadi. SHikastlangan tomirdan kindik halqasiga tomon engil uqalash
harakatlari qilinganda kindik yarasi tubida yiringli ajralma ajraladi. Bolada
lanjlik kuzatiladi. O‘z vaqtida kompleks davolash boshlansa, oqibati xayrli, biroq
keyinchalik portal gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin.
Davosi:
Pufaklarni obrabotka qilish uchun qo‘lga steril qo‘lqoplar kiyiladi. Terining
jarohatlangan joyini 2,5 %li povidon yod antiseptik eritmasida, 4% li xlorgeksidin
glyukonat yoki 60-90% li etil, izopropil spirtida yuviladi. So‘ng pufaklarni 0,5 %li
gentsian violeti eritmasida obrabotka qilinadi. SHu muolajani kuniga 4 mahal,
pufaklar bitib ketmagunicha qaytariladi.
Agar pufaklar 5 kun mobaynida bitib ketsa,bolani uyiga jo‘natiladi.Agar
pufaklar ko‘p miqdorda saqlanib tursa, bolaga og‘iz orqali kloksatsillin 50mg/kg
har 8 soatda 5 kun mobaynida beriladi.
Agar bola tanasida 10 tadan ko‘p pufaklar bo‘lsa yoki ular tana sathining
yarmidan ko‘pini tashkil qilsa, steril lantsetni ishlatgan holda pufakning oq
markazini teshiladi. Bakteriologik tekshiruv va antibiotikka sezuvchanligini
aniqlash maqsadida steril paxtaga yiring olinadi. Terining jarohatlangan joylariga
mahalliy ishlov beriladi, mushak orasiga 50mg/kg (0,5ml/kg) kloksatsillin
jo‘natiladi.
Flegmonani jarroh tomonidan davolanadi, drenaj urnatiladi. Kloksatsillin
mushak orasiga jo‘natiladi.Yiring ekmasi natijasi musbat bo‘lsa, sezuvchanligiga
monand ravishda antibiotik ko‘llaniladi.
225
7-BOB. YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR SEPSISI.
Sepsis – asiklik kasallik bo‘lib, uning asosida immunkompromiss
organizmning bakteriya va shartli patogen infeksiyalarga nisbatan noadekvat
sistemali yallig‘lanish reaksiyasi yotadi. Sepsis - qon tomir endoteliysining
tarqalgan yallig‘lanishi, mikrotsirkulyatsiyaning turg‘un buzilishi, gemostaz
buzilishi natijasida kelib chiqadigan, kompensirlangan va dekompensirlangan DVS
sindromi va oqibatda ko‘p a`zolar etishmovchiligiga olib keluvchi kasallikdir.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sepsisi ko‘pincha mikroorganizmlarning gospital
shtammlari natijasida kelib chiqadi, davolamasa o‘limgacha olib keladi.
Rivojlangan davlatlarda sepsisning uchrash chastotasi 1000 ta tirik tug‘ilgan
chaqaloqlarning 2 – 10 tasida, o‘ta muddatiga yetmay 100 ta tirik tug‘ilgan
chaqaloqlarning esa 1 – 2 tasida uchraydi. Rivojlanayotgan davlatlarda bu
ko‘rsatkich 3 – 10 barobar ko‘proq uchraydi. 25 – 30% hollarda sepsis meningit
bilan birga kechadi. O‘lim ko‘rsatkichi 10 – 50% ni tashkil etadi, o‘ta muddatiga
yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarda bu ko‘rsatkich 5 – 10 barobar ko‘p uchraydi.
Sepsis kelib chiqish vaqtiga qarab 2 turga bo‘linadi: erta va kechki.
Erta neonatal sepsisning klinik belgilari chaqaloq hayotining dastlabki 72
soatda, 85 % hollarda birinchi 24 soatda, 5 %ida esa 24 – 48 soatda namoyon
bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga infeksiya onadan trantsplatsentar, tug‘ruq
yo‘llari, siydik tanosil yo‘llari orqali o‘tadi. erta sepsisni ko‘pincha V guruhiga
kiruvchi streptokokklar, grammanfiy enterobakteriya, kam hollarda tillarang
stafilokokk (St. Aureaus) va boshqa streptakokk (Strep. A va D), klebsiella, ko‘k
yiring tayoqchasi (psevdomonas), enterobakteriyalar keltirib chiqaradi.
Kechki neonatal sepsis Yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining 4 – kunidan
so‘ng epidermal stafilakokk, grammanfiy flora va antibiotikka chidamli
bakteriyalar (Klebsiella, Rsevdomonas, Enterobakter, Serratia, Acinitobakter va
boshqalar) orqali rivojlanadi. Candida guruhiga kiruvchi zamburug‘lar ham
226
sepsisning kelib chiqishida muhim o‘rin tutadi, asosan markaziy venalarda kateter
qo‘llanilganda uchraydi. Bu holda qo‘zg‘atuvchilar tashqi muhitdan tushadi.
Erta va kechki sepsis xarakteristikasi
Xarakteristikasi
Erta neonatal sepsis
Kechki neonatal sepsis
Kasallik boshlanish
vaqti.
Bola hayotining dastlabki
72 soati ichida
Bola
hayotining
4-
sutkasida
Xavf omillari
Siydik va tanosil yo‘llari
infeksiyasi
,
suvsiz
oraliqning 24 – soatdan
ko‘p
bo‘lishi,
xoriamnionit, muddatiga
yetmay
tug‘ilish,
morfofunksional
etishmovchilik
O‘SV, markaziy venalar
kateterizatsiyasi,
reanimatsiya yoki intensiv
terapiya bo‘limida uzoq
muddat
davolash
o‘tkazilganda.
Infeksiya manbai
Homila oldi suvi, tug‘ruq
yo‘llari,
onaning
surunkali
infeksiya
o‘choqlari.
Tibbiy asboblar, parvarish
buyumlari,
tibbiyot
xodimi, onasi.
Tipik kechishi
YAshinsimon, ko‘p a`zo
va
tizimlarning
zararlanishi,
ko‘pincha
pnevmoniya bilan keladi.
Sekin rivojlanuvchi, fokal
o‘choqlar,
ko‘pincha
meningit bilan keladi.
Letallik (%)
5 – 20%
5- 10 %
Kasallikning kelib chiqishidagi xavf omillari
1. Tabiiy bar`erlarning infeksiyaga qarshi xususiyatining buzilishiga
(pasayishi) olib keluvchi xavf omillari – uzoq muddatda kindik, markaziy
venalarda kateterning turishi, traxeya intubatsiyasi, aralash infeksiya fonida og‘ir
o‘tkir respirator virusli kasalliklar, tug‘ma nuqsonlar va umumiy allergik yoki
terining boshqa zararlanishi (kuyish, terini tug‘ruq vaqtida yoki jarrohlik
227
aralashuvi
natijasida
jarohatlanishi),
enteral
ovqatlantirilmaganda
ichak
kolonizatsiyasining rezistentligining kamayishi, ichak disbakteriozi.
2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni immunologik reaktivligini pasaytiruvchi
omillar. Homilador ayolning ovqatlanishdagi kamchiliklari (mikronutrientlar
tanqisligi) asfiksiyaga va miya ichi tug‘ruq jarohatlariga olib keluvchi antenatal
davrning va tug‘ruqning asoratli kechishi, virusli kasalliklar, irsiy immun defitsit
holat, galaktozemiya va boshqa irsiy kasalliklar.
3. Bolaning gospital flora bilan va massiv bakterial infitsirlanish xavfini
oshiruvchi omillar:
Onadagi bakterial vaginoz;
18 soatdan ortiq suvsiz oraliq (ayniqsa onasida siydik tanosil tizimida
surunkali yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lsa);
Tug‘ruqxonada sanitar epidemiologik holatning yomonlashganligi,
natijada instrumental manipulyatsiyalar paytida bakteriyalarning asboblar orqali
o‘tishi, onada tug‘ruq vaqtida yoki tug‘ruqdan so‘ng infeksion jarayonning
mavjudligi, onadagi infeksiya homila oldi suvida aniqlanishi.
Muddatiga yetmay tug‘ilish va yuqoridagi 2 nafar omillarning qo‘shilib
kelishi sepsisning yuzaga kelish xavfini oshiradi.
Hayotining birinchi kunida Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar infeksion agentga
sezgir. Bu qonda glyukokortikoidlar miqdorining oshishi, tranzitor disbiotsenoz,
teri va shilliq qavatlarda immunologik bar`er shakllanishi, oqsil almashinuvining
katabolik yo‘nalishda kechishi bilan bog‘liq.
Eng ko‘p uchraydigan anti va intranatal xavf omillari:
1.
Ona anamnezida ko‘p sonli abortlar bo‘lishi.
2.
Onada 4 – haftadan ortiq gestoz bo‘lsa.
3.
Onadagi siydik tanosil tizimidagi surunkali infeksiya o‘choqlari, onada isitma
yoki homila ichi infeksiyasining bo‘lishi, boshlanish vaqtidan qat’iy nazar (tug‘ruq
boshlanishidan tug‘ruqdan so‘ng 3 kun davomida) .
4.
Onadagi bakterial vaginoz.
5.
18 – soatdan ortiq suvsiz oraliq.
228
6.
Bakterial infeksion jarayonning tug‘ruqqacha yoki tug‘ruq paytida yaqqol
yuzaga chiqishi.
7.
Tana vazni 1500gr dan kam bo‘lgan chaqaloq.
8.
Reanimatsion yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan tug‘ruq vaqtidagi asfiksiya yoki
boshqa patologiya bo‘lsa, uzoq vaqt (3 kundan ortiq) chaqaloq enteral
ovqatlantirilmasa.
9.
Keng sohada to‘qimalarning zararlanishi bilan kechadigan jarroxlik
muolajalarida.
10.
Cho‘zilgan tug‘ruq.
11.
YTCHlarda RDS bo‘lishi, 6 – soatlik ratsional O‘SV fonida bola ahvolining
engillashmasligi yoki yomonlashishi.
12.
Noqulay sharoitdagi tug‘ruq.
13.
Uzoq vaqt kindik yoki markaziy venalar kateterizatsiyasi.
14.
HII.
15.
Asoratlangan, qiyin kechuvchi homiladorlik va tug‘ruq.
Patogenezi. Infeksiyaning kirish darvozasi: kindik yarasi, shikastlangan teri va
shilliq qavatlari (in`ektsiya, kateterizatsiya, intubatsiya, zond). Ichaklar, kam
hollarda o‘pka, o‘rta quloq, siydik yo‘llari, ko‘z. Agar kirish darvozasi yo‘q bo‘lsa
kriptogen sepsis deyiladi.
Infeksiya manbai: ona, tibbiyot xodimi, boshqa bemor bolalar.
Infeksiya yuqish yo‘li: tug‘ruq yo‘llari, personal qo‘llari, asboblar, parvarish
jihozlari.
Sistemali yallig‘lanishga javob sindromining (SYJS) 2ta bosqichi bor.
1-bosqichida tsitokinlar miqdorining, katexolaminlar va boshqa biogen
aminlar, endotoksinlar miqdorining oshishi qon tomir va to‘qimalarning
glyukozani anaerob oksidlanishga talabini oshiradi. Natijada laktat asidoz (boshida
qon rNi o‘zgarmaydi) bo‘ladi. Periferik tomirlar qarshiligi ortadi. Lekin
perikapilyar tomirlar shunti yuzaga keladi, natijada to‘qimalarda kapillyar
perfuziyasi pasayadi. Bu hansirashga olib keladi, taxikardiya, SVD baland yoki
229
past bo‘ladi, yurakning minutlik hajmi ortadi. Keyinchalik toksinlar natijasida
tomir endoteliysining zararlanishi, immunitet kompleksining tsirkulyatsiyasi,
to‘qima gipoksiyasi, shishishi, gipovolemiya, to‘qimada glyukoza almashinuvining
buzilishi giperglikemiya bilan kechadi. Bir vaqtning o‘zida trombotsitlar
agregatsiyasi, tomirda qonning ivib qolishi, qon reologik xususiyatining pasayishi
gipovolemiya bilan birga og‘ir mikrotsirkulyatsion etishmovchilikka olib keladi.
Boshlang‘ich davrda arterial bosim tushishiga qaramay teri doimiy holatida
bo‘ladi. Bu vaqtda gipokapniyaga xos giperventilyatsiya kuzatiladi. Metobolik
asidoz, oligouriya, bezovtalik, giperkinezlar, tremor holatlar, qorin dam bo‘lishi
ham hos.
SYJSning 2-bosqichida periferik gemodinamika buzilishining kuchayishi
natijasida ko‘p a`zolarning etishmovchiligi yuzaga keladi.
Klassifikatsiya. Klinik tashxis qo‘yishda infitsirlanish vaqti ko‘rsatilishi
tavsiya etiladi: intranatal, neonatal.
Etiologiyasi buyicha: bakterial, virusli, zamburug‘li, aralash.
Kirish darvozasi bo‘yicha: kindik, teri, quloq, kriptogen.
Kechishi bo‘yicha: yashin tezligida kechuvchi, o‘tkir, cho‘zilgan.
Klinik turi bo‘yicha: septitsemiya va septikopiemiya.
Asoratlari: dekompensirlangan DVS sindromi, anemiya, tromboendokardit, ichak
tutilishi, buyrak, jigar va boshqa a`zolar etishmovchiligi.
Klinika. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sepsisining harakterli simptomlari
yo‘q. Ular faqat qo‘zg‘atuvchiga, zararlanish vaqtiga, kasal organizmning
xususiyatiga bog‘liq. Sepsis ko‘pincha polimorf ko‘rinishida kechadi va ko‘p a`zo
va tizimlarni zararlaydi.
230
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sepsisida a`zolar etishmovchiligining klinik
laborator mezonlari
Funksional
tizim
A`zolar etishmovchiligi mezonlari.
klinik
laborator
Respirator
Taxipnoe, xansirash,
rangparlik yoki tsianoz,
nafas aktida yordamchi
mushaklar ishtiroki,
ekspirator shovqin.
O‘SV, YOO‘V va
qo‘shimcha O
2
ga ehtiyoj
Ra O
2
< 70 mm rt st
TSSatO
2
(transkutan
oksigenatsiya) <90%
PaOn > 45 mmrtst
AaDO
2
(O
2
ning alveolyar
arterial gradienti) 300 dan ko‘p
bo‘lsa.
MNT
Kommunikabellik
yo‘qoladi (kuruvga
reaksiyasi)
- So‘nish sindromi
(bo‘shang, apatiya,
mushak tonusi pasaygan,
koma bo‘lishi mumkin )
- qo‘zg‘aluvchan,
noemotsional, og‘riqli
yig‘i, talvasa.
UTTda MNTning ishemik
jarohatlanish belgilari
NSG miya shishi belgilari.
NSGda gipertenzion-gidrotsefal
sindrom belgilari
UTTda MIQ belgilari
Bosh miya po‘stlog‘ining
bioelektrik faolligining buzilishi
Orqa miya suyuqligida
oqsilning me`yoridan oshishi
yoki tsitozning oshishi
YQT
Arterial gipotoniya.
Gipovolemiya.
Taxikardiya
Xansirash
Yurak nisbiy chegaralari
kengayishi.
Yurak tonlarining
bo‘g‘iqlashishi, shovqin
Markaziy venoz bosimining
o‘zgarishlari, o‘pka arteriyasida
bosimning oshishi
Fraktsiyani haydashning
pasayishi
Yurakni qon haydash hajmining
pasayishi
EKGdagi o‘zgarishlar
231
eshitilishi mumkin.
Akrotsianoz.
SHish (qorinda).
Jigar kattalashishi.
O‘pkada qon dimlanish
bergilari.
Marmarsimon teri
metabolik harakterga ega
Jigar
Tering sariq, kulrang
yashil tusda bo‘lishi
Teri gemorragiyasi.
Jigar kattalashgan.
Suyuqlik ushlanib qoladi.
Gipoglikemiya belgilari.
Giperbiluribiemiya.
(> 205 mkm/l)
Qonda transamilaza, LDG, IF,
gipoalbuminemiya.
Protrombin vaqtincha oshadi.
Gipoglikemiya.
Buyrak
Oligouriya.(> 1 ml/kg s,
adekvat infuzion terapiya
fonida bo‘lsa.).
Anuriya.
Suyuqlik ushlab qolinadi.
SHish.
Qonda kreatinin (> 76
mkmol’/l, 1 – sutkada, > 61
mkmol’/l, > 46mkmol’/l, 7 –
sutkada.).
Azot mochivena (> 6 mmol’/l),
Kaliy (>5,5 mkmol’/l),
Qon sistemasi Teri rangpar.
Teri gemorragiyasi
Trombotsitopeniya.
Anemiya (giporegenator).
Mikrotsitoz tomonga MCV ning
siljishi.
MCO‘urtacha
ko‘rsatkichlarining baland
ko‘rsatkichlariga mos
kelmasligi.
Leykopeniya yoki neytropeniya.
Limfotsitopeniya.
Neytrofillarning toksik
232
donadorligi ortadi.
Siljish indeksi > 0,2 bo‘shliq
hisobiga.
(Mielotsitlar va yosh
promielotsit formalarining
yo‘qligi).
eozinopeniya
Gemostaz Teri gemorragiyalari
In`ektsiya joyidan qon
ketishi.
Trombozlar.
PVning yoki AKTVning
oshishi,trombin vaqtining
o‘zgarishi, fibrin-fibrinogen
monomerlarini ngoshishi,
AKTning uzayishi, etanol
testining musbatligi
Fibrinoliz depressiyasi
S proteini miqdorining
pasayishi
Trombotsitopeniya
Anemiya
OIT
Enteral ovqatlantirish
imkoni yo‘qligi.
Qorin dam bo‘lishi.
Takroriy qusish.
Diareya.
Axlatdagi shilliq va
rangining o‘zgarishi.
OIT dan qon ketishi.
Axlatda disbioz.
Koprogrammada hazm buzilish
belgilari.
Bakteriologik o‘sish shular
qatorida zamburug‘lar ham
Endokrin tizim
Termoregulyatsiyaning
buzilishi sovqotishga
moyillik bilan.
Bradikardiya. Qorin dam
gipoglikemiya (dastlab
giperglikemiya)
kortizol miqdorining tranzitor
pasayishi (shokning dastlabki
233
bo‘lishi, ich qotish.
Arterial bosimning
pasayishi. Gipoglikemiya
va gipokal’tsemiya
belgilari.
bosqichida giperkortizolemiya
kuzatilishi mumkin)
T
3
,T
4
miqdori asosan shokda
pasayadi
TTG me`yorida yoki oshgan,
shokda esa TTG miqdori
pasayadi
STGning miqdori pasaygan,
asosan shokda
Immunitet
Kandidoz belgilari
Tana vaznining
kamayishi.
Nazokranial
infeksiyalari.
Immunologik reaktivlik indeksi
<2,5
Limfotsitopeniya
Aeozinofiliya
JgG miqdori < 2,0gr/l
T – limfotsit
subpopulyatsiyasining nisbati
buzilishi.
Septitsemiyada klinik simptomlar qat`iy spetsifiklikka ega bo‘lmasligi
mumkin, chunki u mikroorganizmning xususiyati va gemostaz buzilishi darajasiga
bog‘liqdir. Bakteremiya - YTCH organizmiga infeksiya tushishi bilan, hamda
sog‘lom chaqaloqlarda ham qisqa muddatli yuzaga kelishi mumkin. (Bu
asimptomptomatik bakteremiya deyiladi, o‘rtacha 15 % YTCHlar hayotining
birinchi haftasida yuzaga keladi.)
Septitsemiya faqat bakteriya tsirkulyatsiyasiga emas qon va limfaning
tozalanishi, eleminatsiya a`zolarining faoliyatiga bog‘liq. Homiladorlik paytida
infitsirlanish natijasida kelib chiqadigan septitsemiya bola hayotining dastlabki 1 –
3-kunida umumiy ahvolining og‘irlashuvi: MNT funktsiyasining pasayishi,
gipotermiya, kam hollarda gipertermiya, teri rangining rangpar yoki kulrangda
bo‘lishi, erta sariqlikning paydo bo‘lishi va uning kuchayib borishi,
234
progressirlanuvchi shish sindromi, gepatosplenomegaliya, nafas etishmovchiligi,
lekin rentgenogrammada yaqqol o‘zgarishlar bulmasligi bilan kuzatiladi. YUqorida
qayd etilgan simptomlarga gemorragik sindrom, qusish, kekirish kabi belgilar ham
qo‘shilishi mumkin. Tug‘ilgandan keyingi sepsis ko‘pincha sekin-asta boshlanish
bilan harakterlanadi. Bola organizmiga infeksiya kirganidan so‘ng muddatiga yetib
tug‘ilganlarda yashirin davr 2 – 5 kunga, muddatiga yetmay tug‘ilganlarda 3 –
haftagacha cho‘ziladi.
Kasallik boshlanishidan oldingi belgilarga quyidagilar kiradi: harakat
aktivligi, ishtahaning pasayishi, qusish. Mahalliy belgilardan kirish darvozasining
(masalan kindik yarasining) holatiga ahamiyat berish lozim, ammo grammanfiy
flora hech qanday mahalliy reaksiya bermaganligi tufayli infeksiyaning birlamchi
tushgan joyini aniqlash qiyinchilik tug‘diradi. Kindik qoldig‘ining kech tushishi (6
– kunida, muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarda 10 - kunda), kindik tubining
holati (qattiqlashgan, shishgan yoki cho‘kkan holatda), ajralma harakteri,
davomiyligi, 16 – 18 kundan keyin ham kindik ustida qattiq qoplamaning bo‘lishi
yallig‘lanish jarayonidan darak beradi.
Kindik halqasi atrofida to‘qimalar shishinqiragan. Qorin old devorida vena
turining kuchayishi, ayniqsa o‘ng tomonda kindik halqasidan tepada qorin to‘g‘ri
mushaklarining taranglashishini ko‘rish mumkin. Tromboflebitda kindik venasi
qattiqlashadi, periferiyadan markazga qarab palpasiya qilganda kindik tomirlaridan
yiring ajraladi.
Sepsis rivojlanishida harakterli infeksion toksikoz belgilari: holsizlik yoki
bezovtalik, gipo yoki gipertermiya, dispepsiya, shish sindromi yoki teskari eksikoz
belgilar, disrefleksiya, distoniya bo‘lishi mumkin.
Avj olish davrida toksikoz belgilari yanada kuchayadi. Septikopiemik
belgilarsiz alohida a`zolarning toksik zararlanishikuzatiladi. Masalan: jigar
funktsiyasi buzilishi belgilari (gepatomegaliya, sariqlik, bevosita bilirubin va
transaminaza miqdorining oshishi) dispeptik buzilishlar; buyrak tomonidan
oligouriya, proteinuriya, leykotsituriya, eritrotsituriya. Septitsemiya pnevmoniya
bilan asoratlanishi mumkin.
235
Septikopiemiya
yiringli
o‘choqlar, metastazlarining borligi bilan
tavsiflanadi. Miya qobiqlari, o‘pka, suyaklar va jigar piemik o‘choqlar eng ko‘p
joylashadigan sohalardir. Hozirda septikopiemiyani ko‘proq grammanfiy flora
keltirib chiqaradi, bu esa kasallik harakterini o‘zgartirayapti, ya`ni kasallikni
boshlanishida juda kam kliniko-likvorodinamik simptomlar bilan o‘tadigan yiringli
meningit ko‘p kuzatilayapti. Bu esa orqa miya punktsiyasini bir necha marta
o‘tkazishni talab etayapti. Stafilakokk infeksiyasi keltirib chiqaradigan epifizar
osteomielitning chastotasi kamayib, sekin kechuvchi, qiyin tashxislanadigan, kam
va yaqqol bo‘lmagan rentgenologik o‘zgarish bilan kechuvchi metafizar va epifizar
zaralanish chastotasi ko‘paydi.
Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlar sepsisi hayotining 1 – kuni va
haftasida xuddi NBSga o‘xshash, o‘tkir osti, cho‘zilgan kechishi harakterli. Bunda
hansirash, apnoe bilan bradipnoe, bradikardiya, so‘rish refleksi va tana vazni
qo‘shilmasligi, mushak gipotoniyasi yoki distoniyasi, holsizlik, tez sovqotish,
giperfleksiya, qusish, qayt qilish, noturg‘un ich kelishi, qorin dam bo‘lishi, shish
sindromi, terining rangpar yoki sariq rangda bo‘lishi, sklerema, tana haroratining
subfibril yoki me`yorida bo‘lishi kuzatiladi. Aktiv terapiya fonida bemorning
holati ma`lum bir vaqtga yaxshilanishi, yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar
kamayishi yoki ma`lum bir qismi yo‘qolishi ham mumkin. Intensiv davolash
oxirida yoki virusli infeksiya qo‘shilishi natijasida bemorning ahvoli
yomonlashadi: ichakda nekrotik enterokolit tipida infeksion zararlanish,
pnevmoniya, piuriya, toksikoz holati kuchayadi, terida kulrangsimon dog‘lar yoki
sariqlik kuchayadi, gemorragik sindrom namoyon bo‘ladi.
Stafilokokkli sepsis uchun teri va teri osti yog‘ to‘qimasining lokal yiringli
zararlanishi, kindik (pemfigus, nekrotik flegmona, omfalit va boshqalar), o‘pka
(destruktiv pnevmoniya), suyak (osteomielit, maksillit), quloq (yiringli otit,
mastoidit), ko‘z va boshqa a`zolarda o‘zgarishlar xos. Kasallikning bu turi o‘tkir
toksikoz, gipertermiya, qo‘zg‘aluvchanlik belgilarining ustunligi bilan kechadi.
Odatda mahalliy o‘choq klinik belgilari etarlicha aniq va tipik bo‘ladi. Masalan,
meningit – isitma, qo‘zg‘alish, liqildoqlarning shishishi, monoton keskin yig‘i,
236
davriy chinqiriq bilan, talvasalar, boshini orqaga tashlash, qusish, qayt qilish,
ba`zan ich ketishi bilan uchraydi. Katta yoshdagi bolalarda kuzatiladigan klassik
meniningial simptomlar Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda odatda kuzatilmaydi.
Osteomielit – suyak usti pardasi va suyakning g‘ovak va kompakt
moddasiga tarqaladigan, suyak ko‘migining yallig‘lanish kasalligi. Ko‘pincha son
va elka suyaklari zararlanadi. Mikroblar suyakka gematogen yo‘l orqali tushadi.
Chaqaloqlar osteomielitida asosan suyaklarning epifizar qismining zaralanishi
yuzaga keladi. Bu kasallik tillarang patogen stafilokokklar bilan chaqiriladi, o‘tkir
kechadi va yaqin joylashgan bo‘g‘imlarni ham zararlaydi.
Kasallik toksikozning paydo bo‘lishi va keskin o‘sib borishi bilan
boshlanadi, isitma, oyoq qo‘llar harakatining chegaralanishi, passiv harakatda yoki
zararlangan joy palpasiya qilinganda og‘riq aniqlanadi. Bunday vaqtda ba`zan
passiv harakatda, ko‘rilayotgan bo‘g‘im sohasida va yallig‘langan joy ustida o‘ziga
xos tipdagi krepitatsiya seziladi. 2 – 3 kundan keyin bo‘g‘im sohasida bo‘rtish,
konturlarining yassilanishi, keyinroq esa shish va suyakning epifizar qismida zich
infil’trat paydo bo‘ladi. Suyak usti pardasi ostidan yumshoq to‘qimaga yiring
ochilganda terida giperemiya, flyuktuatsiya paydo bo‘ladi. Rentgenologik
tekshiruvda: avval bo‘g‘im yorig‘ining kengayganligi, birinchi haftaning oxiri,
ikkinchi haftaning boshida esa suyaklanish yadrosining har xil ko‘rinishdagi
destruktiv o‘zgarishlari aniqlanadi. Jarayonning metafizga o‘tishida (kasallikning
10 – 14 kuni) periostal o‘zgarishlar aniqlanadi. Agar antibiotiklar bilan davolash
o‘z vaqtida boshlanmasa, ba`zan grammanfiy etiologiyali yoki enterokokkli
yallig‘lanishda osteomielit sust yoki o‘tkir osti kechadi. Intoksikatsiya belgilari u
qadar keskin ifodalanmaydi. Klinik jihatdan kasallik oyoq qo‘llar holatining
chegaralanishi, fiksatsiyalangan holati (bo‘g‘imning haddan tashqari yozilishi yoki
bukilishi) palpasiya va passiv harakatda og‘riqli reaksiya kelib chiqadi, zararlangan
sohada bo‘rtish va rentgenologik o‘zgarishlar kechroq 3 – haftadan keyin paydo
bo‘ladi.
Grammanfiy yiringli yoki kandidozli meningit, stafilakokkli meningitdan
farqli ravishda markaziy nerv tizimi faoliyatining susayishi (adinamiya, mushak
237
gipotoniyasi, qisqa vaqtli tremor, mushak rigidligi) miya ustunidagi o‘zgarishlar
(bradipnoe, apnoe xurujlari, bradikardiya, so‘rish refleksining susayishi, ko‘z
olmalarining suzish harakatlari, nistagm) tana harorati subfebril yoki me`yoriy
kechishi bilan harakterlanadi. Meningial infeksion jarayonning boshida qisqa
vaqtli 2 – 3 soat davomida tana haroratining ko‘tarilishi, 1 – 2 kundan keyin esa
gipotermiyaga moyillik kuzatilishi mumkin. Tana vaznining kamayishi, teri
rangining kulrang kalorit ko‘rinishi, noemotsional, og‘riqli, kuchsiz yig‘i
harakterli. Yuqoridagi belgilar bilan bir vaqtda talvasa, sariqlik, gemorragik
sindrom, grammanfiy flora uchun tipik bo‘lgan ichak va o‘pkaning zararlanishi
kuzatilishi mumkin. Yiringli meningit uchun ko‘pincha ko‘zdagi simptomatika
tipik hisoblanadi. Kam hollarda katta liqildoqning bo‘rtishi, bosh aylanasi
o‘lchamlarining kattalashishi, ensa mushaklari rigidligi, qaytalanuvchi qusish
bo‘ladi. Katta yoshdagi bolalarga xos meningial simptomlar YTCHlarda
aniqlanmaydi. Biroq ba`zi hollarda Lesaj simptomi (qo‘ltiq ostidan ko‘targanda
oyoqlarning bukilishi) aniqlanadi .
Yiringli meningit uchun xos orqa miya suyuqligidagi o‘zgarishlar harakterli
(oqsil
miqdorining
ortishi,
tsitoz,
glyukoza
miqdorining
kamayishi,
bakterioskopiyada yoki ekmada mikrobning aniqlanishi) qayta orqa miya
punktsiyasidan so‘ng aniqlanishi mumkin.
Ko‘k yiringli sepsis og‘ir kasalliklar fonida rivojlanadi: virusli, bakterial,
homila ichi infeksiyalari, tug‘ruq jarohatlari, rivojlanish nuqsonlari, muddatiga
yetmay tug‘ilganlik. Uzoq vaqt O‘SVda yotgan bolalarda kirish darvozasi bo‘lib,
asosan o‘pka va kateter bilan jarohatlangan teri hisoblanadi.Ko‘k yiringli sepsis
intoksikatsiya simptomlari: MNSning so‘nish sindromi, gipotermiyaga moyillik,
sklerema rivojlanishi bilan harakterli. eng tipik klinik simptomlardan biri terining
septik zararlanishi-gangrenoz ektima, terida o‘ziga xos qora dog‘ nekroz
xisoblanadi. Juda kam hollarda oxirida pufaklar paydo bo‘lishi va teri yuza
qavatining ko‘chishi bilan kechadigan keng maydonli nekrozlar ham kuzatiladi.
Barcha bemorlarda anemiya, leykopeniya, leykotsitar formulaning chapga siljishi,
leykotsitlarning degenerativ va toksik donador shakllarining paydo bo‘lishi,
238
trombotsitopeniya aniqlanadi, EChT me`yorida.Ko‘k yiringli va proteyli sepsis
bilan kasallangan bemorlar o‘zga xos hidga ega bo‘ladi.
Anaerob flora qo‘shilishi natijasida nekrotik enterokolit, ich kelishining
tezlashishi va ko‘pincha shilliq suvli harakterda bo‘lishi, qorinning doimiy dam
bo‘lishi, qorinning pastki qismida shish, qusish, umumiy ahvolning yomonlashishi,
tana vaznining kamayishi, suvsizlanish, giporefleksiya kuzatiladi. Keyinroq esa o‘t
aralashmalari bilan qusish, qorinning pastida va jinsiy a`zolarda shish, doimiy
meteorizm, qorin palpasiyasida bolada og‘riq reaksiyasining bo‘lishi, ich
kelishining kamayishi yoki butunlay to‘xtashi, ba`zan shilliq, ba`zan qon aralash
ich kelishi kuzatiladi. Qorin damligining keskin ortib ketishi, haddan ziyod
bezovtalikning kuchayib ketishi va kollaps belgilari (xansirash, oqarib ketish,
arterial bosimning pasayishi, mushak gipotoniyasi), bu ichak perforatsiyasi haqida
fikr yuritishga va tezlikda qorin bo‘shlig‘i rentgenografiyasiga ko‘rsatma
hisoblanadi.
Klebsiellyoz sepsis isitmasiz, gipotermiya fonida o‘tkir yoki yashinsimon
kechishi bilan harakterlanadi. Bunda sklerema, teri qoplamlari sarg‘ayishi
harakterli. Gepatosplenomegaliya kam uchraydi.
Pnevmoniya odatda yiringli endokardit bilan boshlanadi, keyin ko‘p
miqdorda quyuq, shilimshiq yiringli balg‘am paydo bo‘ladi. Bu esa
traxeobronxial daraxtni sanatsiya qilishni talab qiladi. Bazan o‘pkada ko‘p sonli
destruktiv o‘choqlar paydo bo‘ladi. Bemorning ahvoli yomonlashishi septik shok
rivojlanishi bilan boshlanib gemoragik sindrom va DVS sindromi
dekompensatsiyasi bilan birga kuzatilishi mumkin.
Kirish darvozasi bo‘lib ko‘pincha tomir kateterizatsiya qilingan joy, o‘pka,
kam hollarda kindik yarasi, ichak hisoblanadi.
Kolisepsis. Sepsisning avj olish davrida tana haroratining beqarorligi yoki
isitma, sariqlik, toksik gepatit rivojlanishi bilan kechadigan gepatomegaliya,
qorinning dam bo‘lishi, diareya, apnoe xuruji, tsianoz, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik,
letargiya kuzatiladi.
Meningit aniq nevrologik belgilarsiz kam simptomli kechishi mumkin.
239
Kampilobakter sepsis - qonli stul, isitma, diareya bu sepsisning tipik
ko‘rinishidir.
Gemofilik sepsis- mikrobning noaktiv shtamlari bilan ona tug‘ruq yo‘llarida
zararlanishi natijasida kelib chiqadi, isitma, meningit, pnevmoniya, yiringli plevrit
bilan yiringli otit xarakterli. Osteomielit, endokardit, peritonit, septik tromboflebit
bo‘lishi mumkin.
Tashxisotda: Sepsisning tashxisoti bir necha bosqichlardan tashkil topgan.
Birinchi bosqich-infeksiya o‘chog‘ini aniqlash. CHaqaloqlar erta sepsisining
xususiyatlaridan biri ona organizmi yoki yo‘ldoshda birlamchi septik o‘choq
bo‘lmasligi mumkinligini hisobga olish zarur. Bolada meningit, pnevmoniya,
enterokolit, pielonefrit, artrit, osteomielit, peritonit, abstsess, yumshoq to‘qimalar
flegmonasini anamnez, fizikal va instrumental tekshiruvlar, kasallik simptomlarini
dinamikada kuzatish asosida tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi.
Ikkinchi bosqich- a`zolar etishmovchiligi va asosiy tizimlar funksional faolligini,
gemostaz barqarorligini baholash.
Uchinchi bosqich- YTCH organizmida tizimli yallig‘lanish reaksiyasini baholash
bosqichidir.
YTCHni tizimli yallig‘lanish reaksiyasining mezonlariga quyidagilar kiradi:
Aksillyar harorat >37,5ºC yoki <36,2 ºC.
Umumiy qon tahlilidagi o‘zgarishlar.
Qon zardobida S-reaktiv oqsil miqdorining 6 mg/l dan oshishi.
Qon zardobida prokal’tsitonin miqdorining 2 ng/ml dan oshishi.
Qon zardobida IL-8 miqdorini 100 pg/ml
Dostları ilə paylaş: |