Imijni shakllantirish quyidagi tamoyillarda о‘z aksini topadi:
takrorlash tamoyili;
ta’sirni uzluksiz kuchaytirish tamoyili;
“ikki yoqlama chaqiruv” tamoyili.
-
Hamma vaqt, hamma zamonlarda ishdagi hurmat va e’tibor tamoyili xodimlarni ruhlantirgan va bu ish natijasida yaqqol kо‘zga tashlangan. Menejerlarning dо‘stona munosabatlari kо‘p holatlarda nizolarni bartaraf qilishga, tarafkashlik, loqaydlik holatlarining oldini olishga sabab bо‘lgan.
Ma’lumki, “Siz buni uddalaysiz”, “Sizga ishonchimiz katta”, “Faqat Sizga bog‘liq” iboralari bilan har qanday murakkab ishni xodimga bajartirish mumkin, “Og‘ir botdimi?”, “Hamma qatori bajarasiz-da”, “Kimdan kamsiz?” iboralari eng oddiy vazifani ham bajartira ololmaydigan holatga olib kelishi mumkin.
Inson ruhiy jarayonlari, rahbarlardan eshitgan yaxshi yoki yomon sо‘zlar yo ishdan bezdirishi, yo ishga battar qiziqtirishi mumkin.Bir og‘iz yaxshi sо‘z nimalarga qodir ekanini, bir og‘iz yomon sо‘z qanday oqibatlarga olib kelishini tajribali rahbarlar yaxshi tushunishadi.
Boshqacharoq aytganda rahbarlar о‘zlari kutgan natijalarni munosabatlarining javobi sifatida qabul qiladilar.
Bunga birinchi galda menejerlar e’tibor qaratishlari lozimdir.
Imijning odamlarga ta’siri quyidagicha ifodalanadi:
topadi:
e’tiborni jalb qilish;
shubha qilishni uyg‘otish;
ehtiyojni yaratish;
о‘chakishtirilgan harakat.
-
Menejer imijining yaratilishi har xil holatlarda bilinadi. Insonning tashqi kо‘rinishi, muomala odobi ekspertlarning fikricha 90% bahoni berib qо‘yar ekan. Mana shu sabab taniqli siyosatchilar, tajribali menejerlarinig eng zarur xislatlari quyidagilarda kо‘rinar ekan:
G‘arb davlatlarida rahbarlarning imiji bilan maxsus mutaxassislar imijmeykerlar shug‘ullanadilar.Ular rahbarlarning turmush tarzini, xarakterini, о‘zini tutishini, yurish-turishini, yuqori kayfiyatni, har narsaga asabiylashmaslikni shunday о‘zgartiradilarki, rahbarlar о‘zlarini о‘zlari tanimay qoladilar.
Bu borada о‘z navbatida menejerlar, ya’ni rahbarlar salbiy illatlarning kamroq, ishga doir fazilatlarning kо‘proq bо‘lishida imijmeykerlarga kо‘maklashadilar.
Faqat о‘ziga, irodasiga ishongan ziyolilargina boshqalarning hurmatiga, havasiga loyiq, shu uchun ham xodimlar e’tibori va hurmati bioenergetik quvvat tо‘ldirish va tiklash imkonini beradi.
Rahbar uchun о‘zining imijini shakllantirida ushbu jihatlar ustundir:
1.Birinchi navbatdagi xotirjamlik;
2.Ishchanlik kayfiyati;
3.Emotsiyani bildirmaslik;
4.Sovuqqon bо‘lish;
Xotirjamlik-qabulga kirgan xodimning muammosini samarali tinglashga, ishchanlik kayfiyati – boshqa jamoadoshlarga “yuqtirish”ga, emotsiyani bildirmaslik – о‘z muammosiga boshqalarning munosabatini yaqinlashtirmaslik, sovuqqon bо‘lish – muammoning yechilishida dadillikka olib keladi. Shuning uchun ham ish kuni tugaganda ertalabki ishchan kayfiyat saqlanib qoladi.
Rahbar faoliyatidagi verbal effekt esa oyoqlarning yig‘ilgan holatda turishi, qо‘llarning meyorida harakatlanishi, о‘rtacha va osoyishta ovoz tembrini saqlash, ravon va ifodali sо‘zlash ikonlarini yuzaga chiqaradi.
О‘zi imij nega kerak?
-faqat imijgina xodimlar bilan oson munosabatga kirishga yordam beradi;
-rahbarning shaxsiy salbiy odatlarni yashirish uchun;
-tashqi kо‘rinish kamchiliklarini yashirish uchun;
-kasbiy kо‘nikmalarini, xizmat etiketini tо‘laqonli egallamaganini yashirish uchun.
Boshqaruv faoliyatidan ma’lumki, odamlarga yoqishning ikki turi mavjud:
-ishontirish usuli;
-yoqish usuli.
Odamlarga yoqishning yana bir ta’sir texnologiyasi- bu imijeologiya sanaladi. Insonni boshqalarga “yuqtirishi” mumkin bо‘lgan jozibadorligi va yorug‘ kayfiyat ulashishidir.
Imijda ishchanlik, ishbilarmonlik, jamoada о‘zini tutish, munosabat madaniyatidan qolishmaydigan yana bir komponent bor, bu menejerning tashqi kо‘rinishi, kiyimi.
Tashqi kо‘rinish ham nihoyatda ixcham va jozibador kо‘rinishga ega bо‘lishi kerak. Menejer ayolning ust-boshi faqat ikki rangda bо‘lishi maqsadga muvofiq. Qora kostyum, qora yubka yoki qora shim, qora sumka, qora yoki oq oyoq kiyimi.
Ikkinchi libos – yarashiqli kofta, modaga mos yubka yoki bejirim va ochiq rangdagi ayollar kо‘ylagi. Kechki kiyimi tizzadan pastroqdan keladigan kо‘ylak va kо‘ylak-kostyum.
Soch turmagi, tufli, sumka va taqinchoqlar qо‘shimcha bezaklar (atributlar)dir.
Erkak menejerlarning uch xil kostyumlari :xizmatda kiyadigan, kechki-muzokaralar uchun, ishbilarmonlik kostyumlari bо‘ladi. Galstuklar kostyumlar rangiga moslanadi.
Xizmat kostyumlari – oddiy kostyum-shim;
Kechki – modaga asosan bir xil rangdagi kostyum-shim;
Ishbilarmonlik kostyumlari – sо‘nggi urfdagi.
Galstuklar, soatlar, tuflilar, kamzullar, sharflar, tuflilar ham kostyumlarning ranglarida tanlanadi.
Mutaxassislar tavsiya etgan bu tavsiyalar vaqt sinovidan о‘tgan, boshqaruv faoliyatida ishchanlik va oddiylik timsolida kо‘rinishning namunasidir.
Qolaversa, menejerlar uchun oltin qoida : kiyimga qarab kutib oladilar, aqlga qarab kuzatadilar.
Madaniyatli va muvaffaqiyatli bо‘lishni istagan menejer quyidagilarga rioya qilishi kerak:
| |
Dostları ilə paylaş: |