О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ishbilarmonlik, etika, imijeologiya, etiket, muzokara uslubi, munosabat , kiyinish madaniyati, hamkorlik, rahbar savodi, rahbar nutqi



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə34/91
tarix12.09.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#142929
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Tayanch iboralar va sо‘zlar

Ishbilarmonlik, etika, imijeologiya, etiket, muzokara uslubi, munosabat , kiyinish madaniyati, hamkorlik, rahbar savodi, rahbar nutqi.

Nazorat uchun savollar


1.Qanday omil menejer faoliyat uslubini kо‘proq darajada belgilab beradi?
2.“Tashkilotchilik qobiliyati” tushunchasi о‘z ichiga nimalarni oladi?
3.Sizning fikringizcha, о‘zbek menejerining qanday ijobiy va salbiy sifatlarini ajratish mumkin?
4.Menejerning nutqi qanday bо‘lishi kerak?
5.Ishga doir muzokaralarning asosiy qoidalari qanday?
6.Rahbarshunoslik fani hozirgi zamon rahbarlariga nimalarni о‘rgatadi?
7.Rahbar savodi nimalarni anglatadi?
8.Rahbarning salbiy tomonlari nimalara kо‘rinadi?


Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.F.Ravshanov.Rahbar va rahbarshunoslik.Toshkent.Akademiya, 2009.
2 U.Qoraboyev, G‘.Soatov. О‘zbekiston madaniyati,,Toshkent,Tafakkur bо‘stoni, 2011.
3.S.Ilyenkova, S.Kuznetsov. Sotsialniy menedjment.Moskva,2009.
2.5.MENEJER VA YETAKCHI. MENEJERNING USLUBI VA IMIJI
REJA

1.Menejerning yetakchidan farqi.


2.Menejerning imiji haqida umumiy tushuncha.
3.Yetakchilikning ustun jihatlari.


Darsning maqsadi - talabalarga menejerning faoliyati, menejerning yetakchidan farqi, menejerning muomala madaniyati, menejer imiji, yetakchilikninng jamoadagi ustunlik jihatlari haqida tushuncha berish.
Mustaqillik yillarida har bir muqaddas narsani inson nomi bilan bog‘lash, inson omili, inson intellektiga katta e’tibor berib borilmoqda. Madaniyat va san’at sohasida ham eng yaxshi spektakl, eng yaxshi bayram tadbiri, eng ta’sirli kinofilm, eng kо‘rkam tasviriy san’at asarlarida inson obrazining, yaratuvchilik qobiliyati, ijodiy imkoniyatlarini e’tirof etish davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Madaniyat va san’at sohasidagi oliy о‘quv yurtlarida ijodiy imtihonlarning joriy etilishi, davlat tadbirlarida fonogrammasiz – ya’ni jonli ijro jarayonining yо‘lga qо‘yilishi о‘z navbatida inson omiliga bо‘lgan munosabat va hurmatning bir kо‘rinishidir.Madaniyat va san’at sohasini tashkil etish va boshqarish tendensiyalariboshqaruv faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning tashkiliy strukturalarida ham qator yangiliklar amalga oshirilmoqda
Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish muammolari falsafa, tarix iqtisod, xuquqshunoslik va psixologiya muammolari bilan ham chambarchas bog‘liq.
Har bir tashkilotda rahbar yonida ish boshqaruvchilar – ya’ni menejerlar faoliyat kо‘rsatadi va о‘z о‘rnida jamoada alohida obrо‘-e’tiborga ega yetakchilar ham tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida alohida xizmat kо‘rsatadilar.
“Imij” inglizcha sо‘z bо‘lib, “obraz”, “shuhrat” ma’nosini anglatadi.Menejerning imiji esa о‘z nomi bilan о‘zi haqida g‘amxо‘rligi, о‘zini о‘zi sо‘zsiz tanishtirishidir. Har bir insonning о‘z “men”i bо‘lganidek, menejerlarning “men”i ularning imijlari-ya’ni tashrif qog‘ozlaridir.
Ma’lum о‘ziga xoslik, boshqalardan ajralib turuvchi xususiyat, о‘zgacha ta’rif menejerning imijini takshil etadi.
Menejer imijining shakllanishi shaxslararo munosabatlarda, qiyin vaziyatlardan tо‘g‘ri xulosa chiqara olishda,qahr va mehrni о‘z о‘rnida ishlata olishda namoyon bо‘ladi.
Nazariya bilan amaliyot birga harakat qilsagina tashkilotda baraka bо‘ladi. Bunga birinchi galda menejerlar e’tibor qaratishlari lozimdir.


Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin