O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə61/174
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#207057
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

5-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK 
FAOLIYaTINI REJALAShTIRISh
5.1. Biznes reja, uning ahamiyati
mohiyati va mazmuni.
Texnik-iqtisodiy asoslash. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq korxonani
tashkil etishda korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish maqsadga
muvofiqdir. Texnik-iqtisodiy asoslashga quyidagilarni kiritish lozim:
1. Ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlarga talabni tahlil qilish.
2. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlari:
a) talab qilinuvchi konstruktorlik, texnologik va boshqa hujjatlarning
mavjudligi;
b) ishlab chiqarish dasturi;
v) dasturni bajarish zarur mashina, asbob-uskuna va jihozlarning
mavjudligi;
g) ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi yoki ularning loyihasi;
d) asosiy ishlab chiqarish fondlarining mavjudligi;
ye) ayrim turdagi mahsulot yoki xizmatlarning samaradorligi;
yo) amortizasiya to’lovlarining miqdori.
3. Moliyaviy ko’rsatkichlar:
a) mahsulot sotish yoki xizmat ko’rsatishdan olinishi mo’ljallangan
daromad;
b) moddiy va unga tenglashtirilgan boshqa sarf-xarajatlar;
v) byudjetga o’tkaziladigan to’lovlar;
g) sof daromad;
d) ish haqi jamg’armasi;
g) tashkil etilayotgan boshqa jamg’armalar miqdori.
4. Ijtimoiy ko’rsatkichlar:
a) ishchilarning taxminiy soni;
b) kutilayotgan ish haqi miqdori;
v) bir ishchiga to’g’ri kelayotgan sotish miqdori;
g) nogironlar va pensionerlar mehnatidan foydalanish imkoniyati.
Biznes-rejaning mazmuni. Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda
biznes-reja muhim rol o’ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan
chegaralanmagan. Fikrimizcha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir
(5.1.1-rasm).
Ushbu biznes-rejani batafsil ko’rib chiqamiz:
Birinchi bo’lim. Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va
vazifalari» markaziy o’rinni egallaydi.
Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va
vazifalari



Biznes-rejaning umumiy xulosasi,


asosiy parametr va ko’rsatkichlari
Harakat dasturi va tashkiliy
chora-tadbirlari
Tadbirkorning iste’molchiga
taqdim qilayotgan mahsulot, tovar
va xizmatlarning tasnifi
Bitimning resurslar
ta’minoti
Bozor kon’yukturasi, talab va
sotuv hajmi tahlili
Bitimning samaradorligi

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin