innovasiya bo’yicha qarorni asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror
qabul qilish;
tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish;
ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarning umumiy
hajmi va tuzilishini hisoblash;
moliyalashtirish manbalarini topish;
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
ishlab chiqarish va muomala
xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan
ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha
marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik
faoliyatining jami
ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
mahsulotning optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko’p variantli hisob-
kitobini o’tkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va zarurligini
asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va
qiymat birligida belgilash;
iste’molchilarning maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan
holda, har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish;
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani
solishtirish);
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan
holda, har bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli
yondashish uslubiga
asosan korxonaning mo’ljallangan maqsadiga erishish va uning bajarilishini
nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagicha:
1.
Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil).
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo’nalishlari.
Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
2.
Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(Marketing sintezi).
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda
foydaga erishish yo’llarini aniqlash.
3.
Strategiyani ishlab chiqish.
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni
ko’zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor
segmentlari, marketing
vositasi, bozorga kirish vaqti va boshqalarni tanlash).
4.
Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga
oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.
5.
Nazorat qilish.
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilning aniq bozor holatiga to’g’ri kelishi).
Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi
nazorati.
Dostları ilə paylaş: