Yettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim
biznes-rejaning
yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy
tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va
rentabellik ko’rsatkichlari ustuvor mavqyega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va
ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga kiritish) ham hisobga
olinadi. Ushbu bo’limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil
qilish maqsadga muvofiqdir.
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag’larning qo’yilishi haqidagi
qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Ular
quyidagilardan iborat
:
- sof joriy qiymat;
- rentabellik;
- samaradorlikning ichki koeffisiyenti;
- kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri;
- pulning maksimal sarf-xarajati;
- zararsizlik me’yorlari.
Dostları ilə paylaş: