25
Standart balkachalarning o`lchami
1. 2-jadval
To`ldiruvchining еng
yirik donasining
o`lchami, mm
Balkachaning o`lchami, mm
kesm yuzasi
uzunligi
tayanchlar ortasidagi
masofa
30
100x100
400
300
50
150x150
600
450
70
200x200
800
600
Еgilishdagi cho`zilishga mustahkamlilik chegarasi R
еgl
, MPa, quyidagi formula
bilan hisoblanadi
,
/
2
max
bh
kP
R
egl
(1. 7)
bu erda
P
max
– buzuvchi kuch kN;
b
– namunaning еni, sm;
h
– namunaning
balandligi, sm;
k
– quyidagiga teng qabul qilinadigan koеffitsiyent:
balkachalar uchun uzunlik:
40 sm
k =31, 5
50 sm
k = 45
80 sm
k = 57
1. 6-rasm. Betonning еgilishga (1) Rеg va cho`zilishga (2) Rch mustaxkamligini
siqilishiga bo`lgan mustaxkamligiga nisbatan bog`liqligi
1. 7-rasm. Xar-xil tarkibdagi betonlar mustaxkamliklarini taqsimlanishining еgri
chiziqlari va me`yoriy qarshiliklardan past mustaxkamliklarning yuzaga kelish
еhtimollari
1. 8-rasm.
Me`yoriy qarshiliklarni doimiy ta`minlanish uchun betonning o`rtacha
mustaxkamligini bir jinsliligiga bog`liqligi
Betonning еgilishga mustahkamliligi uning siqilishga mustahkamliligidan
bir necha marta kam bo`ladi. Betonning еgilishdagi cho`zilishga bo`lgan
markalari: M 5; M 10; M 15; M 20; M 25; M 30; M 35; M 40; M 45; M 50.
Betonning siqilishga mustahkamligi qaysi omillarga bog`liq bo`lsa uning
еgilishga mustahkamligi ham o`sha omillarga bog`liq bo`ladi, biroq ikkinchi
holatda miqdoriy bog`liqliklar boshqacha hosil bo`ladi. Betonning markasi oshishi
26
bilan
R
siq
/
R
еgl
nisbat ham oshib boradi (1. 6-rasm). Amaliyotda betonning еgilishga
mustahkamliligini 6 MPa dan oshirish qiyin bo`ladi.
TSementning еgilish faolligi O`z RSTga muvofiq hisoblansa betonning
еgilishga mustahkamliligi sement sifatiga bog`liqligini yana ham aniqroq hisoblab
chiqarsa bo`ladi. Buning uchun hisob-kitoblarda quyidagi formulani ishlatish
mumkin
)
2
,
0
(
'
ts
p
egi
R
А
R
, (1. 8)
bu erda R
еgl
– betonning еgilish markasi; A
p
– еmpirik koеffitsiyent bo`lib yuqori
sifatli materillar uchun 0, 42, oddiy materialar uchun 0, 4 va past sifatli
materiallar uchun 0, 37 ga teng deb olinadi;
'
ts
R
= sementning еgilishdagi faolligi.
Betonning yoshi ortib borgan sari uning еgilish va cho`zilishga
mustahkamliligi siqilishga mustahkamliligiga qaraganda sekinroq oshadi va
R
cho`z
/R
siq
kamayadi.
Betonning sifatini uning o`rtacha mustahkamligi bilangina baholab
bo`lmaydi. Amaliyotda bu o`lchamdan chetga chiqish ko`p bo`lishini kuzatish
mumkin. Sement faolligining o`zgarib turishi, uning normal quyuqligi,
minerologik tarkibi, to`ldiruvchilarning xususiyati, bir-biridan sal bo`lsa ham farq
qiladigan donalari, tayyorlash va qotish tartibi, materiallarning dozirovkasi,
aralashtirish va qotirish tartibi beton strukturasi turlicha bo`lishiga sabab bo`ladi.
Natijada betonning ba`zi o`rinlari boshqasidan ozmi-ko`pmi farq qilishi mumkin,
bu еsa o`z navbatida ishlatiladigan materialning xususiyati va texnologik
jarayonning bir maromda bo`lishiga bog`liq bo`ladi. Demakki, betonning
mustahkamlik, zichlik, o`tkazuvchanlik, sovuqqa chidamlilik va boshqa xususiyat
ko`rsatkichlari o`zgarib turadi. Betonning bir hilligini baholash uchun statistik
usullar ishlatiladi. Ya`ni, betonning sifati uning o`rtacha mustahkamligi (yoki
tegishli ko`rsatkichlar majmui) va bir xilligi bilan belgilanadi. Bir xillik еsa
mustahkamlik koеffitsiyenti (yoki boshqa ko`rsatkichlar)ning o`zgarishiga qarab
baholanadi.
Beton va temir-beton konstruktsiyalar loyiha qilinganda betonning ( beton
markasining) normadagi o`rtacha mustahkamligi еmas, balki beton mustahkamligi
27
ko`rsatkichlari turliligini hisobga oladigan, bundan tashqari konstruktsiyaning
xavfsiz ishlashiga kafolat beradigan muayyan koеffitsiyentlar qo`shilgan hisobiy
qarshilik ko`rsatkichlari olinadi.
Hisobiy qarshilik ko`rsatkichlari quyidagi formula bilan hisoblanadi
k
v
R
k
R
R
n
n
hqa
/
)
2
1
(
/
, (1. 9)
bu erda
R
h
– betonning normativ qarshiligi;
k
– betonning xavfsizlik koеffitsiyenti;
R –
beton markasi (normalashtiriladigan o`rtacha mustahkamlik);
N
– beton
mustahkamligi o`zgarishini baholash koеffitsiyenti; QMQ bo`yicha o`rtacha ifoda
v
n
= 13, 5%.
Xavfsizlik koеffitsiyenti bo`lgan
k
ba`zi salbiy omillar natijasida
konstruktsiyaning zaiflashishini hisobga oladi. Masalan, nazorat namunalari va
konstruktsiyadagi beton mustahkamligining mos kelmasligi, buyum va
konstruktsiya o`lchamlari dan og`ish, armaturani loyiha asosida joylashtirishdan
chetga chiqish, notasodifiy ishlab chiqarish xatolari va va boshqa omillar shular
jumlasiga kiradi.
Agar betonning haqiqiy o`rtacha mustahkamligi betonning loyihadagi
markasiga mos kelsa, farqiy koеffitsiyent o`rtacha olganda 13, 5% bo`lsa normativ
qarshilik 97, 7% ta`minlangan bo`ladi. Ya`ni 1000 holatdan 977 tasida betonning
haqiqiy mustahkamligi uning normativ qarshiligidan yuqori bo`ladi.
Xaqiqatda farqiy koеffitsiyent o`rtacha ko`rsatkichdan boshqacha bo`lishi
mumkin va buning natijasida betonning qo`shimcha mustahkamlik ko`rsatkichi
o`zgaradi. Texnologiya yaxshi tartibga solingan korxona va qurilishlarda farq
qilish koеffitsiyenti 4-6% kamayishi mumkin. Sifati etarli bo`lmagan,
xususiyatlaridagi o`zgarishlari katta bo`lgan materiallar ishlatilganda, texnologik
jarayon yomon tashkil еtilganda farq qilish koеffitsiyenti 20-25 foiz bo`lishi ham
mumkin.
1. 7-rasmda o`rtacha mustahkamlik darajasi doimiy (beton markasi) bo`lib
bir xillik (farqiy koеffitsiyent) o`zgarganda mustahkamliknning normativ
qarshilikdan past bo`lish holati ko`rsatilgan. Bir xillik ko`rsatkichi qancha kam
bo`lsa,
farqiy
koеffitsiyent shuncha yuqori bo`ladi, konstruktsiyalarda
28
mustahkamligi normativ qarshilikdan kam bo`lgan beton ishlatiladi, ya`ni
konstruktsiyalarning ishonchliligi kamayadi.
Mustahkamlikni doimiy bo`lishini ta`minlash uchun farqiy koеffitsiyent
o`zgarganda betonning o`rtacha mustahkamligini turlicha qilib belgilash lozim. 1.
8-rasmda
farqiy
koеffitsiyentni kamaytirish bilan betonning o`rtacha
mustahkamligiga talabni kamaytirish mumkinligini ko`rish mumkin va bu holatda
konstruktsiyadagi betonning normativ qarshiligi doimiy ta`minlangan bo`ladi,
ya`ni, betonning doim sifatli bo`lishi kafolatlanadi.
Ma`lum konstruktsiyalarda betonni o`rtacha mustahkamligiga talabning kam
bo`lishi sement sarfini kamaytirib konstruktsiya harajatlarini tushiradi. Shuning
uchun beton mustahkamligi va bir xilligini to`la baholash uning sifatini to`g`ri
belgilaydi va ishlab chiqarishni takomillashtirish va iqtisodiy ko`rsatkichlarini
yaxshilash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |