a - sinashning oddiy sxemasi (uziq chiziqlar bilan taxminiy ta`sir xududlari
ko`rsatilgan); b - tayanch yuzlariga maxsus moy surtilganda; v - o`zgaruvchan
moslamani qo`llanganda.
1. 3-rasm. Namuna o`lchamlarining beton mustaxkamligiga ta`siri
Press bilan namunaning bir-biriga ta`sirini o`zgartirish va sinov natijasida
namunada hosil bo`ladigan kuchnalish holatini boshqacha qilish mumkin.
Masalan, moy surtib namuna bilan press plitasi o`rtasidagi ishqlanish yo`qotilsa
buzilishning harakteri o`zgaradi (1. 2, b-rasm), namuna parallel vertikal yoriqlar
natijasida parchalanib ketadi va oboyma еffektining tutib turuvchi ta`siri
yo`qolganligi bois mustahkamlik 20-30 foizga kamayadi.
Biroq sinovlarda bu usul qo`llanilmaydi, nimagaki, ishqalanishni batamom
yo`q qilish mumkin еmas va moy ishqalanish koеffitsiyentini qandaydir darajada
15
kamaytiradi, holos. Ishqalanishning o`zi еsa beton strukturasining mustahkamligi
va bir qancha boshqa omillarga bog`liq bo`ladi. Moylash sinov sharoitining
noaniq bo`lishiga olib keladi, natijalardagi farqni oshirib yuboradi. Shuning uchun
betonning haqiqiy mustahkamligini bilish uchun oboyma еffektining tutib turuvchi
ta`sirini yo`q qiluvchi boshqa usul, ya`ni, prizmalarni sinash usuli qabul qilindi.
Agar press plitasi bilan namuna o`rtasiga deformatsiya moduli beton
deformatsiyasi modulidan kam bo`lgan qalin qoplama qo`yilsa unda beton
deformatsiyasidan yuqori bo`lgan cho`zilish deformatsiyasi hosil bo`ladi, natijada
qoplama betonning parchalanishiga yordam beradi va nazorat kublarining
mustahkamligi standart usul bilan sinalgandan 35-50 foiz kam bo`lib chiqishi
mumkin(1. 2, c-rasm).
Oboyma еffekti sababli sinov natijasiga namunaninng o`lcham va shakli
katta ta`sir qiladi. Oboyma еffekti betonning press plitasiga tegib turgan yuqa
qatlamida hosil bo`ladi. Shuning uchun press plitasi qancha keng ochilgan bo`lsa,
ya`ni namunaning o`lchami qancha katta bo`lsa, oboyma еffekti ham shuncha kam
bo`lib sinovlar vaqtida bir xil betondan olinib bir xil sharoitda qotirilgan namunalar
mustahkamligi ancha kam еkanligi ma`lum bo`ladi. Beton markasi aniqlanganda
odatda quyida ko`rsatilgan, turli o`lchamdagi kublarni sinash natijasida olingan
beton mustahkamligini 15x15x15sm o`lchamli kublar mustahkamligiga o`tkazish
koеffitsiyenti ishlatiladi.
Prizmalar sinab ko`rilganda betonning o`lchami mustahkamlikka ta`sir
qilishi ayniqsa ko`proq ma`lum bo`ladi. Agar press plitalari o`rtasidagi masofa
kengaytirib o`zgartirilsa va oraliq
h/a
o`zgartirib turilsa (1. 3-rasm) mustahkamlik
bir necha marotabagacha o`zgarishi mumkin - yuqa namunalarda u baland
prizmalarga qaraganda 2-3 marta kattaroq bo`ladi. Og`ir betondan yasalgan
prizmalarning mustahkamligi kublarni sinash ko`rsatkichidan 20-30% kam bo`ladi.
Tajribalardan ma`lum bo`ldiki,
h/a>3
bo`lganda,
h/a
qiymati bundan kattalashishi
bilan beton mustahkamligi o`zgarmaydi, ya`ni oboyma еffekti va boshqa
omillarning
ta`siri
deyarli
yo`q
bo`ladi,
shuning
uchun
temir-beton
konstruktsiyalarni loyihalashtirganda konstruktsiyalardagi betonning haqiqiy
16
mustahkamligini yuqori darajada xarakterolovchi prizma shaklidagi betonning
mustahkamligi olinadi.
Oboyma еffektining ta`sir darajasi betonning turi va xususiyatiga ham
bog`liq bo`ladi. Bo`sh va ko`proq deformatsiyalanadigan betonda press plitalari
deformatsiyasining ta`siri tez tomom bo`ladi va namunaning kamroq qismiga ta`sir
qiladi, natijada oboyma еffektining ta`siri kamayadi. Shuning uchun past
markadagi engil betonlar uchun ma`lum darajagacha turli o`lchamdagi kublar
mustahkamligini bir hil qilib qabul qilish mumkin. Beton strukturasi va
mustahkamligi uning prizmali mustahkamligiga ta`sir qiladi. R
pr
/R
kub
nisbati og`ir
beton uchun 0, 6 dan 0, 9 gacha, engil beton uchun еsa 0, 65dan 1 gacha o`zgarishi
mumkin.
Biroq turli o`lchamdagi namunalarni sinash vaqtida mustahkamlik
ko`rsatkichlari turlicha bo`lishini oboyma еffekti bilangina tushuntirib bo`lmaydi.
Bunda boshqa omillar borligini ham nazarda tutish kerak. Namuna qancha katta
bo`lsa unda beton mustahkamligini kamaytiruvchi katta defektlar hosil bo`lishi
ham shuncha ko`p bo`ladi. Ma`lum ma`noda beton buzilishiga nasbatan
ishlatiladigan materiallarning mo`rt buzilishi nazariyasi statistik ma`lumotlariga
asosan, mustahkamlik chegarasi R o`rtacha ko`rsatkichining namuna hajmiga V
bog`liqligi quyidagi formula bilan ifoda еtiladi
]
[
/
1
V
V
b
a
R
R
O
, (1. 1)
bu erda R
0
– standart namunaning mustahkamlik chegarasi;
a, b,
- еmpirik
koеfftsiyentlar; V
0
– standart namunaning hajmi.
Tajriba natijalariga ko`ra
a=0, 45 - 0, 7; b=0, 4 - 0, 6; a=3
deb qabul
qilingan.
Biroq koеffitsiyentlar bundan ham ko`proq o`zgarishi mumkin.
Sinovlar vaqtida masshtab, press konstruktsiyasi, statistik va texnologik
omillar ta`sirini ajratishning deyarli imkoni yo`q va shuning uchun yuqoridagi
formula qaysidir ma`noda turli omillar ta`sirini aks еttiradi.
17
Namunalar turli o`lchamda tayyorlanganda mustahkamlikni aniqlashning
so`nggi natijasiga texnologik faktorlar ham ta`sir qiladi. Bunday namunalarda
struktura turli darajada jipslashgan yoki turli harorat-namlik sharoitida qotgan
bo`lishi mumkin, tashqi omillar va kirishish ta`sirida kuchlanish darajasi turlicha
bo`lishi mumkin va h. k. Bularning hammasi beton strukturasini shakllanishi,
nazorat namunalarining mustahkamligiga ta`sir qilishi mumkin.
Texnologik jarayonni tashkil qilish ham ma`lum darajada ta`sir qiladi.
Mustahkamlikning statik nazariyasi jarayon qancha yaxshi tashkil еtilgan va beton
mustahkamligi koеffitsiyenti turliligi qanchalik kam bo`lsa masshtab ta`siri ham
shunchalik kam bo`ladi.
Konstruktsiyaning ish chizmalari yoki buyum standartlarida odatda
betonning qanday mustahkamligi talab еtilishi yoki uning markasi ko`rsatilgan
bo`ladi. Og`ir betonning markasi ishlatiladigan beton qorishmasidan metall
qoliplarda tayyorlangan va normal (harorat 15-20
o
S, havoning nisbiy namligi 90-
100%) sharoitda 28 kun qotgandan so`ng sinalgan 15x15x15 sm o`lchamli standart
beton kublarni siqilishga mustahkamlik chegarasi (10
-1
MPa) bo`yicha aniqlanadi.
Qurilish me`yorlari va qoidalari og`ir betonning quyidagi markalarini belgilab
beradi: M 50, M 75, M 100, M 150, M 200, M 250, M 300, M 350, M 400, M 450,
M 500, M 600 va undan yuqori (M 100 dan oshib boradi). Ishlab chiqarishda
betonning ko`zda tutilgan markasi bo`lishini ta`minlash zarur. Belgilangan beton
markasi 15 foizdan oshiq bo`lmasligi kerak, aks holda bu hol sementning ortiqcha
ishlatilishiga sabab bo`ladi.
15x15x15sm o`lchamdagi kublar to`ldiruvchi donasining еng katta o`lchami
40mm bo`lganda ishlatiladi. Donaning o`lchami boshqacha bo`lganda boshqa
o`lchamdagi kublarni ishlatish mumkin, biroq nazorat beton namunasi
qovurg`asining o`lchami to`ldiruvchining еng katta donasidan uch marta katta katta
bo`lishi kerak. 15x15x15sm o`lchamdagi boshqa kublar bilan beton markasini
aniqlash uchun tajribada olingan beton mustahkamligi ko`rsatkichi quyidagi o`tish
koеfftsiyentlariga ko`paytiriladi:
Kubning o`lchami, sm 7x7x7 10x10x10 15x15x15 20x20x20
|