O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

I z o h. 
Yuqori sifatli material: zich tog` jinslaridan olingan chaqiq tosh, optimal yiriklikdagi 
qum va faolligi yuqori bo`lgan, qo`shimcha aralashtirilmagan yoki aralashma miqdori minimal 
bo`lgan portlandtsement; to`ldiruvchilar toza, yuvilgan, donalari optimal darajada saralangan.
Oddiy materiallar: o`rta sifatli to`ldiruvchilar, shu jumladan shag`al, faolligi o`rta darajada 
bo`lgan portlandtsement yoki markasi yuqori bo`lgan shlakoportlandtsement. Past sifatli 
materiallar: mustahkamligi past yirik to`ldiruvchilar, mayda qumlar, faolligi past sementlar. 
 
 


24 
Yuqoridagi formulalar zichlik darajasi 0, 98dan kam bo`lmagan holatga 
keltirilib vibrator bilan zichlashtirilgan o`rta darajadagi bikir va harakatchan beton 
qorishmalar uchun mos keladi. Beton tarkibi aniqlanganda mustahkamlik 
formulasi odatda suv sement nisbatini tayinlash uchun ishlatiladi. U yoki bu 
holatda qaysi formulani ishlatishni bilish uchun, portlandtsement mustahkamligini 
aniqlashda ko`p ishlatiladigan, V/S=0, 4 bo`lganda beton bilan sementning 
mustahkamligini solishtiramiz. Bu holatda o`rtacha 
R

= 0, 6R
ts
(2, 5 – 0, 5) = 1, 2R
ts
. (1. 6)
Shunday qilib, betonning mustahkamligi (A 0, 55 dan 0, 65 gacha 
o`zgarganda) normal sement qorishmasidan 10-30% yuqoriroq bo`lishi 
kuzatilmoqda. Buni quyidagicha izohlash mumkin: bir tomondan sement 
qorishmasining strukturasi va tayyorlanishini o`ziga xosligi sabab, g`ovakligi 
betondan (3-5%) ko`proq bo`ladi. Boshqa tomondan bir fraktsiya volsk qumi 
ishlatilishini ham hisobga olish lozimki bu holat qorishmaning mustahkamligini 
kamaytiradi (tajribaga ko`ra, volsk qumi qo`shilgan qorishmaning mustahkamligi, 
suv sement nisbati bir hil bo`lganda, yaxshi qurilish qumi qo`shilgan qorishma 
mustahkamligiga ko`ra kamroq bo`lgan).
SHundan kelib chiqqan holda 1. 4 formulani quyidagi hollarda qo`llash 
lozim bo`ladi:
3
,
1
65
,
0


b
R
А
bo`lganda 
2
,
1
6
,
0


b
R
А
bo`lganda 
1
,
1
55
,
0


b
R
А
bo`lganda 
Yo`l va aеrodromlar qurilishida ishlatiladigan og`ir betonlar uchun beton 
markasini, kvadrat balkachalarni sinash yo`li bilan aniqlanib, еgilishdagi 
cho`zilishga mustahkamligiga qarab tanlanadi. Balkachani uzunlikning 1/3 oraliq 
bilan sinab ko`riladi. 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin