O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

7.4. Xalqaro yo

nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish 
xususiyatlari 
 
Xalqaro turistik sayohatlarni amalga oshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- yo’nalishlar (marshrutlar) doimiy bo’lishi kerak; 
- mavsumiy yo’nalishlar (marshrutlar); 
- bir martalik (buyurtma) yo’nalishlar (marshrutlar); 
- chet elga ketuvchi va chet eldan qaytib keluvchi turistlar uchun xizmat 
ko’rsatuvchi.
Doimiy yo‘nalishlar uchun quyidagi shartlar majburiy hisoblanadi: 
- yo‘nalishtning aniqligi; 
- harakatlanish jadvali; 
- harakatning muntazamligi; 


71 
- aniq punktlarda to‘xtash. 
Doimiy xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanish davlatlararo 2 tomonlama 
kelishuv asosida amalga oshiriladi, uchinchi davlat orqali tranzit esa transport 
bo‘yicha Yevropa Iqtisodiy Komissiya qo‘mitasi ruxsati bilan amalgam oshiriladi. 
1973-yil 1-martda Jeneva Konvensiyasi doirasida “Yo‘lovchi va yuklarni 
avtomobilda olib o‘tish shartnomasi to‘g’risidagi konvensiya” qabul qilingan. 
Turistik 
sayohat 
davomida 
foydalanilayotgan 
avtobus 
haydovchisi 
yo‘lovchilarning birma-bir ismi, sharifi yozilgan ro‘yxatga ega bo‘lishi lozim. 
Avtomobil transporti vositasida xalqaro tashishni tashkil etishda quyidagi
masalalarni hal etish lozim:
14
- texnik yordam, remont va texnik xizmat ko‘rsatish (yo‘lda); 
- bekatlar, yoqilg’i quyish shaxobchasi, dam olish, ovqatlanish, tibbiy xizmat 
ko‘rsatishni tashkil etish; 
- yo‘nalish trassasida aloqani tashkil etish va h.k. 
Yukchilik yoki sug’urta kompaniyasi: 
- sug’urta javobgarligi shartnomasi yoki qonunchiligida (nazarda tutilgan) 
belgilab qo‘yilgan miqdorda, yo‘lovchining sog’ligiga zarar yetkazganligi uchun; 
- yukka zarar yetishi yoki manzilga yetkazilmaganligi uchun; 
- yukning yo‘qolganligi uchun va h.klar bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga 
oladi. Jeneva onvensiyasiga binoan har bir jabrlanuvchi uchun maksimal zararni 
qoplash summasi 350 ming tilla frankdan oshmasligi kerak. 
Turistik transport sayohatlari xalqaro miqyosda shuningdek, shaxsiy 
prokatga yoki ijaraga olingan avtomobillarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda 
sayohat mustaqil erkin dastur yoki maqsadli marshrut bo‘yicha amalga oshirilishi 
mumkin. 
Hayot uchun zarur barcha narsalar kompleksiga ega bo‘lgan pritsepli 
avtomobil vositadagi guruhli turizm “karavaning” deyiladi. Avtoturistlarga xizmat 
ko‘rsatishda quyidagi vositalar o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 
14
 
www.world-tourism.org
 – Всемирная туристская организация 


72 
rodtel – g’ildirakdagi yo‘l oteli (avtopoyezd), bu yerda yo‘lovchi 
o‘rinlaridan tashqari uxlash uchun joylar, shuningdek oshxona mavjud; 
kemping - avtoturistlar uchun lager, bu tunash yoki ozgina dam olish uchun 
xizmat qiladi; 
motel - (yo‘lovchi) turist (va uning avtomobili) ning (ma’lum) uzoq muddat 
istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan mehmonxona. Motelda turistlar uchun 
quyidagi sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak, barcha qulayliklarga ega bekat, texnik 
xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, avtomobilning ta’miri va yoqilg’i quyish 
shaxobchasi va h.k. Xalqaro turistik marshrutlarda yuqori sifatli va yuqori ekologik 
xarakterli “MERSEDES”, “RENO”, “VOLVA”, “SETRA”, “MAN, DAF” kabi 
chet el avtobuslaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu avtobuslar xalqaro 
standartlarga to‘liq javob bera oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin