O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
 
 


76 
8.2. Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi 
 
Turizm ekskursiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ekskursiya har bir 
turistik sayohatning fikriy ifodasidir. Odatda ekskursiya deganimizda diqqatga 
sazovor joylarni ziyorat qilish, tarixiy muzeylarni ko‘rish, arxeologik qazilma 
boyliklarni ko‘rish va boshqalar tushuniladi. Ekskursiya turli xil bo‘lib, 
quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Ekskursiya sayohatlarini mazmunan quyidagi sinflarga ajratish mumkin, 
ko‘zdan kechirish, umumiy-sharhli, ko‘p rejali, mavzuli tematik, tarixiy, 
madaniyatshunoslik va boshqalar. 
2. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra. 
3. O‘tkazish joylari. 
4. Harakatlanish uslubi. 
5. O‘tkazish shakliga ko‘ra bo‘linadi. 
Ekskursiyaning kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri turizmning 
rivojlanishi va jamiyat hayotida diniy ziyoratgohlar, haj marosimlari bilan bog‘liq 
tarixning ommaviylashganligidir, keyinchalik murakkab va ko‘p xil xalqning 
ehtiyojlari (turli xil madaniy manbalarga, tarixiy me’roslarga va hokazo) 
shakllarga o‘zgardi. Shunday qilib, qiziqish ehtiyojning aniqlovchi omili bo‘lib 
xizmat qilgan. Shu ma’noda sayohat, jamiyatning rekreatsion - tanishish 
ehtiyojlaridan kelib chiqish formasi va qondirish usuli bo‘ladi. Sayohatlarni 
rivojlantirishning asosiy sabablari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Jamiyat 
umumta’lim sa’viyasining oshganligi, bo‘sh vaqtni ko‘paytirish, individual reja 
bo‘yicha dam olishni tashkil qilishning yangi imkoniyatlarini paydo bo‘lishi 
ahamiyatga ega. Hozirgi paytda turizm va ekskursiyani tadqiq qilishni quyidagi 
turlarga ajratishmoqda: siyosiy (jamiyatning qaysi tabaqalari, turizm va sayohatga 
qatnashmoqda): iqtisodiy (turizm va sayohatlar iqtisodiyoti sifatida “turizm 
industriyasi”): geografik (turizm va sayohatlar uchun territoriyalarni turga ajratish 
va foydalanish); tashkiliy (turizmni kim boshqaryapti): xalqaro-siyosiy; tibbiy; 


77 
gumanitar. Agar turizm bo‘sh sharoitlardagi (faoliyat) harakat turi sifatida yuzaga 
chiqsa, sayohat esa ana shu harakatni tashkil qilish formasida namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, ekskursiya-turizmning asosiy turi hisoblanadi. Ekskursiya har xil 
mavzular bo‘yicha sinflantiriladi. Ekskursiyalarning asosi bo‘lib axborot 
hisoblanadi. Axborot manbaalarini bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
- tabiyat jismlari, landshaftlar, tabiyatning antiqa xususiyatlari; 
- ob’yektlar, diqqatga sazovor joylar va mintaqalar: 
- milliy-etnografik boyliklar: 
- tarixiy ahamiyatga ega joylar. 
Ekskursiya tayyorgarlik sayohatning asosiy mazmunini ochib berish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ma’lumot. Bularga: bevosita (sayohat, ko‘rgazma ob’yektlari) va 
vositali (ekskursovod matni) ma’lumotlar kiradi. Ekskursiya uchun ob’yektlar 
tanlash, ularning tarixiy mohiyati va madaniy-tarixiy qiymatiga bog‘liq. 
Ob’yektlarni o‘zlashtirishda turli xil tushunchalar paydo bo‘lishi mumkin. 
Ekskursovod nafaqat ob’yektlarni ko‘rsatishi, balki ularning mazmunini o‘z 
so‘zlarida ochib berishi kerak. Ob’yektni ko‘rsatish ekskursiyachilarni diqqatini 
jalb qilish sifatida namoyon bo‘lsa, uning tahlilini so‘zlarda ochib berishi va yana 
ko‘p boshqa ahamiyatga jalb etadi. Ob’yektning ko‘rsatilishi va uning 
boshqalaridan xususiyatlariga ko‘ra ajratilishi tahlil deyiladi. Tahlil davomida 
ekskursiyachilar ob’yektning tanilishidan uning xususiyatlarini bilish, sifati, 
munosabatlari va keyinchalik, chuqurroq tanishishi bilan tugaydi. Ob’yekt tahlilida 
uni qismlarga ajratish tushiniladiki, u sayohat davomida ob’yekt ekskursiyachilar 
tarafidan batafsilroq tasavvur qilinadi. Ko‘rsatish, tahlil va kuzatish bir yo‘nalishda 
olib boriladi. Ob’yektni tahlil qilish uslublari va kuzatish ekskursiya mavzusiga 
bog‘liq: ob’yekt harakteri, ekskursiyada tutgan o‘rni va ahamiyati, bilim darajasi, 
ishlash tajribasi, ekskursiyachilar qiziqishlariga bog‘liq, ekskursiyada bilimning 
asosiy manbai bo‘lib so‘z xizmat qiladi. 


78 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin