52
shundan iboratki, bunda ishlab chiqarilgan moddiy
nematlar kerakli paytda
ishlatish uchun omborda saqlab qo‘yilmaydi. Masalan, biror xona saqlab qo‘yilishi
mumkin emas, balki har kuni sotilishi majburiydir. Yana bir xususiyat
mehmonxonada ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bir vaqtning o‘zida sodir
bo‘ladi.
2. Ishchi kuchi jihatdan farq qiluvchi xususiyatlar.
Boshqa sanoat
korxonalarida ishchilar mijozlar bilan kamdan-kam muloqatda bo‘lishsa,
mehmonxona xo‘jaligida ishchilar o‘z vaqtlarining katta qismini mijozlar bilan
o‘tkazadilar.
3. Buxgalteriya (hisob kitob) jihatdan mehmonxona xo‘jaligining xususiyatlari.
Bunga misol qilib mehmonxonada hisob-kitobning nazorat ishlari kunning oxirida,
ya’ni soat 24.00 dan keyin amalga oshirilishini ko‘rsatish mumkin. Sababi shuki,
mehmonxona xo‘jaligida turistlar hisobining
hamma vaqt turishi shart va
majburiydir.
4. Marketing tomonlama olib qarasak, mehmonxona xo‘jaligi xizmati marketingga
zid ravishda ko‘rsatiladi, ya’ni bunda turist xizmatni sotib olish uchun ishlab
chiqarilgan yerga kelishi kerak bo‘ladi. Hech bir kishi uyida o‘tirgan holda
mehmonxona
xizmatidan foydalana olmaydi, ya’ni mahsulotlarni sotib olish joyi
bo‘lib mehmonxona xizmat qiladi. Boshqa sanoat korxonalarida esa, bundan farqli
ravishda, ishlab chiqarilgan mahsulot ulgurji yoki chakana savdo natijasida
xaridorlarga yetkazib beriladi.
Shunday qilib, mehmonxona xo‘jaligi yuqorida
ko‘rsatilgan to‘rtta asosiy xususiyatlari bo‘yicha boshqa sanoat korxonalaridan farq
qilar ekan. Mehmonxona industriyasi korxonalarining umumiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
- mehmonxona korxonalarining qurilishi
davomida katta sarmoya
talab etiladi;
- bino uskunalar kabi uzoq muddat ishlatiladigan vositalar korxona
faoliyatining davomli hayotida katta ahamiyatga ega;
53
- turizm bozoridagi talab to‘g‘ri tahlil qilinishi qiyin bo‘lishiga olib keluvchi
iqtisodiy va siyosiy omillar sharoitida mehmonxona industriyasida
tavakkalchilik
xavf-xatari yuksak bo‘ladi;
- mehmonxona korxonalarining asosiy xususiyati – xizmat ko‘rsatish;
- mehmonxonalarning bandlik darajasi ortgan sari, moliyaviy xarajatlar
kamayishi va korxona uchun optimal foydalanish paydo bo‘ladi.
Mehmonxonalarda
band
bo‘lgan
personalga,
tashkil
qilinish
texnologiyasiga, mablag‘lariga, nazorat faoliyatiga alohida e’tibor
berilishi
kerak.
Boshqa hech qaysi korxonalarda rahbariyat va personal o‘rtasidagi
hamkorlik mehmonxona xo‘jaliklaridagidek bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: