O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehmonxona xo‘jaliklariga bo‘lgan talab va takliflar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
5.3. Mehmonxona xo‘jaliklariga bo‘lgan talab va takliflar 
 
Hozirgi kunda respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta 
imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik ob’yektlarni tomosha 
qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda. 
Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin 
oshmoqdi. Bu esa turizm infratuzilmasida katta yangilanishni taqozo etdi. 
Turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan 
yaxshilash kerakligini davr taqozo qildi. Hozirgi kunga kelib respublikamizdagi 
mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy 
boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-
4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib 
kelmoqda. Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan 
birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda. Respublikamizdagi 
yirik mehmonxonalar asosan Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib bularga 
“O‘zbekiston”, “Inter-kontinental”, “Shodlik-Palas”, “Markaziy”, “Sayohat” va 
yaqinda ishga tushirilgan “Dedeman Silk Rud”, “Grant Mir” va boshqa 


54 
mehmonxonalarni kiritish mumkin. Mehmonxonaga 
keluvchi 
turistlarga 
ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, ularga turli xil qulayliklarni yaratib 
berish hamda ularning O‘zbekistonda o‘tkazgan vaqtlari qiziqarli va maroqli 
bo‘lishini ko‘zda tutgan holda, ular uchun turli xil madaniy dam olish tadbirlari, 
sayoxatlarni uyushtirish va ko‘pgina shu kabi maqsadlarda 
tadbirlar 
o‘tkazilmoqda. Bunday mehmonxonalardan biri “Markaziy” mehmonxonasi 
bo‘lib, u bir qancha tashkilotlar bilan shartnomalar tuzgan.
“Markaziy” mehmonxonasi bilan shartnoma tuzgan tashkilotlardan biri 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy Banki bo‘lib, 
mehmonxonada uning valyuta almashtirish punkti ochilgan. Bu punkt turistlar 
mehmonxonadagi turli xil xizmatlar uchun to‘lovni milliy valyutada amalga 
oshirilishlarini ko‘zda tutgan holda, ularga xorijiy valyutani so‘mga aylantirib 
berish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, turistlarga maishiy xizmatlardan biri 
bo‘lgan kimyoviy tozalash xizmatini ko‘rsatish maqsadida, bunday tashkilot bilan 
ham shartnoma tuzgan. Mehmonlarning madaniy hordiq chiqarishlari, tarixiy 
obidalar, qadimiy yodgorliklarni hamda boshqa turli xil turistik va rekreatsion 
yo‘nalishlar bo‘ylab sayohatga chiqishlarini ko‘zda tutgan holda bir qator turistik 
va sayoxat tashkilotlari bilan shartnoma tuzilgan. Bulardan tashqari, “Markaziy” 
mehmonxonasi bilan turistlarni guruh-guruh holatda joylashtirish bo‘yicha 
mamlakatimiz vakolatxonalari ochilgan ko‘pgina xorijiy kompaniyalar ham 
shartnomalar tuzishgan. “Markaziy” mehmonxonasi respublikamizdagi xalqaro 
andozalarga 
muvofiq 
keluvchi 
mehmonxonalar 
qatoridan 
o‘rin olgan. 
Mehmonxona o‘zining zamonaviy dizayni, shinam muhiti hamda o‘rtacha narxlari 
bilan e’tiborni tortadi. Samarqanddagi "Afrosiyob" mehmonxonasi ham yirik 
mehmonxonalar qatoridan o‘rin olgan. Ushbu mehmonxona 500 o‘ringa 
mo‘ljallangan. Ushbu mehmonxonalarda barcha xonalar o‘ta shinam jihozlangan 
bo‘lib, ularda iliqlik va mehmondo‘stlik muhiti hukmron. Barcha xonalar 
individual konditsioner, kamida 2 ta to‘g‘ridan – to‘g‘ri telefon, 12 dastur 
bo‘yicha ishlovchi sputnik televideniyesi, balkon va marmar hammomni o‘z ichiga 


55 
oladi. Lyuks xonalar alohida-alohida hammomlarga ega bo‘lib, bu yerda maxsus 
jakkuzi - vannalar mavjud. Bundan tashqari u yerda shinam dam olish xonasi, 
rasmiy uchrashuvlar va ovqatlanish xonalari mavjud. 
Bundan tashqari, mehmonlarning yaxshi dam olishlari uchun quyidagilar 
mavjud: 
1. "Milliy" restorani (200 o‘rinli). 
2. "Tungi" barlar bistrosi (100 o‘rinli). 
3. Sog‘lomlashtirish klubi jumladan: 
a) 2 ta sauna (1 soat uchun 30 AQSh $); 
b) massaj xonasi (1 soat uchun 5-15 AQSh $); 
v) dush xonalari
g) trenajyor zali; 
4. Konferensiya zali (250 kishilik) 
5. Biznes Markaz. 
6. Avtomobil to‘xtash maydonchasi. 
Mеhmоnхоnа хizmаtlаrini sоtish tоvаrlаr bilаn sаvdо qilishdаn аvvаlо, shu 
bilаn fаrq qilаdiki, хizmаt uni ko‘rsаtаdigаn хоdimlаrdаn аjrаlmаsdir. Shu sаbаbli 
mеhmоnхоnа biznеsidа mijоzlаr bilаn muоmаlа qilishni bilishgа аlоhidа e’tibоr 
bеrilаdi. Bаrchа хоdimlаr, аyniqsа, mijоzlаr bilаn muntаzаm muоmаlа qilаdigаn 
хоdimlаr mахsus o‘qitib-o‘rgаtilаdi. Ulаrgа turli mijоzlаr bilаn muоmаlа qilish, 
tеlеfоn оrqаli so‘zlаshish, shikоyatlаrni eshitish vа h.k. o‘rgаtilаdi. Hаr bir tоifа 
хоdimlаr (qаbul qilish хizmаti, bаrmеnlаr, оfitsiаntlаr) uchun mufаssаl 
yo‘riqnоmаlаr ishlаb chiqilаdi.
Mеhmоnхоnа хizmаtchilаrining tаshqi ko‘rinishigа аlоhidа e’tibоr bеrilаdi. 
Ulаr mахsus bеlgilаngаn unifоrmа kiyimidа bo‘lishlаri shаrt. Bundа mijоzlаr bilаn 
bеvоsitа muоmаlа qilmаydigаn хоdimlаr fоrmаsi mijоzlаr bilаn muоmаlа 
qilаdigаn хоdimlаr fоrmаsidаn fаrq qilgаni mа’qul. Bu хоdimlаrni nаzоrаt qilishni 
еngillаshtirаdi. Fоrmа tоzа, dоg‘-dug‘siz, dаzmоllаngаn, bаrchа tugmаlаri jоyidа 
bo‘lishi kеrаk.


56 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin