O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Turlarni tashkil qilish bosqichlari va “Pekij - tur” to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

4.2. Turlarni tashkil qilish bosqichlari va “Pekij - tur” to‘g‘risida tushuncha 
 
Yo‘nalishlarning hozirgi vaqtgacha aniqlangan turlariga olimlar tomonidan 
quyidagicha ta’riflar berilgan. Turistik yo‘nalish - turistlarni ma’lum vaqt ichida 
borib keladigan shaharlar va joylar, ko‘rib keladigan tadbirlar, barcha xizmatlarini 


46 
o‘z ichiga oladigan yo‘lini ifodalaydi. Yo‘nalishda boshlanish va tamom bo‘lish 
vaqti, xizmatlar soni va sifati, qiymati, transport turlari hujjatda ko‘rsatiladi. 
Yo‘nalishlar o‘z xususiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: aylanma, to‘g‘ri 
yo‘nalish, dam olish kunlaridagi yo‘nalishlar va boshqalar. 
Tur (yo‘nalish) - turistik yo‘nalishlar to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladigan hujjatlar yig‘indisiga aytiladi. Bu hujjatlarga yo‘nalish dasturi, u 
to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, ko‘rsatiladigan xizmatlar soni va ular bahosini 
ifodalovchi ko‘rsatkichga aytiladi. 
“Pekij tur” - turistik yo‘nalishlar to‘g‘risidagi barcha ko‘rsatkichlarni 
ifodalovchi hujjat hisoblanadi: tomosha qilinadigan joylarning qisqacha tarixi va 
rasmlari, davlat to‘g‘risida qisqacha axborot, yo‘nalish davomi, xizmatlar turi va 
qiymatini umumiy qilib ifodalovchi hujjatga pekij- tur deyiladi. Bu hujjatni qancha 
yaxshi va qiziqarli chiqarishsa, shuncha turistlarni jalb qilishi mumkin. Yaxshi 
turmahsulot bo‘lishi mumkin. Lekin “tur” yaxshi ishlanmasa turistlar kam kelishi 
mumkin. Turist bir necha davlatlarda, shaharlarda, viloyatlarda bo‘lishi mumkin va 
tur qiymati, ularning hammasiga ketadigan xarajatlarni hisobga oladi. Pekij tur 
turistik yo‘nalishni tashkil qilish maqsadida tuzilgan, turistlarga kerak bo‘lgan 
asosiy hujjatlarga aytiladi. Asosiy tur hujjatlarga quyidagilar kiradi: 
- shartnomaga asosan tuzilgan xizmatlar turlari; 
- dastur va umumiy xizmatlar turlari; 
- qisqacha xizmatlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot; 
- transport turlari, ularning sifati; 
- ko‘radigan joylar to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar; 
- turadigan mehmonxona va ovqatlanish joylari. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin