O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-  49-56 с. 6.  www.e-tours.ru  – дeловыe туры, выставки, конфeрeнции



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 - 
49-56 с.
6. 
www.e-tours.ru
 – дeловыe туры, выставки, конфeрeнции 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


42 
IV-bob. TURLARNI VA YO‘NALISHLARNI ISHLAB CHIQISH 
 
4.1.Turistik yo‘nalishlarning asosiy tushunchalari va uni turkamlash 
4.2. Turlarni tashkil qilish bosqichlari va “Pekij - tur” to‘g‘risida tushuncha 
4.1.Turistik yo‘nalishlarning asosiy tushunchalari va uni turkamlash 
Turistik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va shakllanish omillari har xil 
bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun birinchi 
omil bu kadrlarning bilim va tajriba imkoniyati hisoblanadi (ishchi mutaxassis 
bo‘lishi mumkin, lekin maxsus bilim va tajriba bo‘lmasa turizmda ish ketmaydi), 
turmahsulotning soni va sifati, turizm rekreatsiya resurslariga, klimatik ob - havo 
sharoitlariga, tarixiy va arxeologik holda arxitektura joylarining sifat 
ko‘rsatkichlariga, milliy o‘yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va 
sifatiga, milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga 
va soniga qarab yo‘nalishlar shakllanadi. 
Turistik 
yo‘nalishlarni 
shakllantirishning 
asosiy 
omillarining 
umumlashtirilgan shakli bo‘lib quyidagi guruhlar hisoblanadi: turistlarni qabul 
qiluvchi transportlar, mehmonxona va restorandagi joylar, kadrlarning soni va 
sifati, turistlarga ko‘rsatiladigan turmahsulotlar soni va sifati, turmahsulotlarni 
reklama qilish soni va sifati. Turizmda yo‘nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy 
o‘sishiga quyidagi guruh omillar ta’sir qiladi:
8
- siyosiy omillar, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat, shartnomalar, tovar va turist 
almashish va davlatda barqarorlik; 
- iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infratuzilmaning sifati, iqtisodiy 
yengilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari; 
8
Ильина Е.Н. Туроперейтинг: организация деятельности: Учебник. - М.: Финансы и статистика, 2005. – 48-
50 с.


43 
- tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va ko‘llar, yer 
osti davolovchi suvlar, tog‘lardagi chiroyli manzaralar; 
- ilmiy-texnikaviy omillar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish yo‘llari va usullari, 
yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar; 
- yangi turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza 
matnlarining mavjudligi va h.k. 
Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar tufayli 
sayohatlar muhim o‘lchovda qilingan. Tovarini sotish va boshqa yerlarda ishlash 
maqsadida ro‘yobga chiqqan ko‘chishlar sayohatlarni tarkib toptirdi. Bularning 
ichida muqaddas yerlarni ziyorat qilish va urushlardan qochish ham muhim 
sayohat sabablari orasida edi. Bu jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar 
va tashvishlarga duchor bo‘lish edi. Ammo bugungi kunga kelib, hozirgi zamon 
insonlari turli xil sabablar tufayli sayohat qilmoqdalar. Bu to‘g‘rida bir - biriga 
o‘xshagan takliflar mavjud. Batafsil bo‘lishi uchun bu yerda sayohat motivlariga 
aloqador aniq ta’rif ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan 
18 ta sayohat yo‘nalishlari motivlari bo‘lganini ifoda qilgan. Bular quyidagilardir: 
A. Ta’lim va madaniyatga aloqador yo‘nalish motivlari: 
1. Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini ko‘rish. 
2. Ajoyib yerlarni tamosha qilish. 
3. Dolzarb hodisalarni yanada yaxshi tushunish. 
4. Madaniyat yoki san’at voqealarida ishtirok etish, dam olish motivlari. 
5. Kundalik hayotdan, monotonlikdan va qonunlardan qochish. 
6. Xush va o‘yin-kulgili vaqt o‘tkazish. 
7.Yangi aloqalar o‘rnatish. 
B. Etnik asosiy motivlar: 
8. Kishining, oilasining negizi kelib chiqqan yerlarni ziyorat qilish. 
9. Kishining, oilasining do‘stlari joylashgan yerlarni ziyorat qilish. 
10. Boshqa motivlar. 
11. Sog‘lik (quyosh, quruq iqlim). 


44 
12. Sport faoliyatlari (suzish, chang‘ida uchish, baliq tutish), 
13. Iqtisodiy arzon yashash. 
14. Sarguzasht (yangi yerlar, insonlar, tajriba). 
15. Moslashish. 
16. O‘zini olijanob qilib ko‘rsatish. 
17. Tarixiy yerlarni ziyorat qilish. 
18. Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish). 
Umuman olganda turistlarning psixologik xarakterlariga mos muomala 
shakllariga ko‘ra har xil yo‘nalishlar tashkil qilinib turistlar guruhlarga ajratiladi. 
Psixologik ma’lumotlar ichida kishi keng yashash tarzi, yaratgan obro‘si, 
munosabatlari, sayohatga bo‘lgan qiziqishi, oilaviy ahvolida ko‘rsatgan 
muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga asosan so‘rov anketalari va o‘zaro 
uchrashuvlar bilan qo‘shimcha kiritiladi. Turizm bo‘yicha ispan olimi T.Plog 
tomonidan ro‘yobga chiqarilgan sayohat yo‘nalishining paydo bo‘lishi motivatsiya 
bilan bog‘liq tadqiqotlar natijasida farqli bir xulosa o‘rtaga chiqqan. T.Plog 
izlanishlari natijasiga ko‘ra sayohat qiladiganlar bo‘linmaydigan davomli bir qator 
shaklda qo‘yilsa, uch shakldagi yo‘nalishlar qo‘lga olinishi mumkin. Ko‘p kishilar 
qatorning o‘rtasida qolmoqda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog 
tadqiqotining asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo‘nalishlarning birinchi 
uchiga “psixotsentrik”, boshqa uchiga “allotsentrik” nomi berilgan. Bular 
“psixotsentrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchoq, sarguzashtni 
sevmaydigan insonlardir. “allotsentrik” uchida joylashganlari esa o‘zlariga 
ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga 
ko‘ra Plog boshqa turist turlarini va boshqa ziyorat qilinadigan yerlarning 
borligidan baxs etgan. Plogga ko‘ra, “allotsentrik” tur mustaqil bir tajribaga 
o‘xshaydigan sayohatni, erishishi qiyin bo‘lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika, 
Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O‘rta nuqtada qolgan turlar 
Gavai, Yevropa kabi ta Yevropa kabi tanilgan yerlarga sayohat qiladilar. 
"Psixotsentrik" turdagi turist esa, masalan, “Disney-land”ga paket (raskade) tur 


45 
bilan ketishdan mamnun bo‘ladi. Bu ikkita, uchta joylashgan turlarning 
xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin. 
“Allotsentrik” turlar: Sarguzashtchi va o‘z boshiga tadqiqotdan zavq oladi. 
Kashfiyotdan zavqlanuvchi va yangi hayajonlarni istaydi. Kashfiyotsiz yerlarni 
borib ko‘rishni xohlaydilar. Umuman qiziqish doirasi katta. Turistik xususiyati 
bo‘lmagan yerlarni sevadilar. O‘ynash va ovqatlanish mavzusida asosan komfort 
va qulaylikni yoqtiradilar. Boshqa o‘lkaning insonlari bilan tanishishdan, 
madaniyatlari bilan qiziqishdan zavqlanadilar. 
"Psixotsentrik" turlar: 
- pekij - tur tanlaydilar; 
- unchalik faol emaslar; 
- quyosh, dengiz, qum kabi hammaning birgalikda qatnashadigan faoliyatlaridan 
zavq oladilar; 
- ziyorat qilinadigan joylarga asosan tayyorada (samalyotda) emas, balki 
avtomobil bilan borishni xush ko‘rishadi; 
- tanilgan, bilgan joylarni tanlaydilar; 
- xorijiy muhitdan rohatlanmaydilar; 
-o‘z o‘lkalaridagiga o‘xshash tunash kompleksini, restoran, klublarni va oldi - 
sotdi markazlarini tanlaydilar; 
- o‘zlari kabi bir xil komfortli davrada sayohat qilganlar bilan birgalikda 
bo‘lishidan zavq oladilar; 
- butun sayohat tashkilini o‘zlari uchun uyushtirilgan sayohat firmalarini 
tanlaydilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin