3.3. Turistik mahsulotning baholanishi Turistik mahsulotning sotilishida rol o‘ynagan eng ahamiyatli omillardan
biri mahsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy omil bo‘lib eng ta’sir
qiluvchi va strategik o‘zgaruvchidir. Narx omili xususan o‘rta tabaqa turistlar
tomonidan kuzatilgan hodisadir. Xaridorlarning ko‘pchiligi quyidagi sabablar
tufayli narx o‘zgarishlariga qarshi juda ta‘sirchan bo‘ladilar.
1.
Turli masofalar orasida yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar o‘rtasida
paydo bo‘lgan raqobat yuzasidan.
2.
kam daromadli xalq mexanizmlarining turistik iste’molchiga yetishadigan
harakatlaridan narx farqlari ko‘paymoqdadir.
Turizm sektorida ko‘rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida narx omili
sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o‘ringa tushishni boshlagan. Chunki
turistlarning kutishlari va zavq olish hislari oldindadir. Biror mehmonxonaning
narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olish majburiyatiga ega
emasdir. Boshqa arzon mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma’lumot olishni ham
xohlaydi. Yetarli ma’lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik
mahsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish
tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik mahsulotning aralash
xususiyatda bo‘lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko‘p omillarga
bog‘liqdir. Turistik mahsulotning narxini belgilash tartibini quyidagicha
izohlaymiz:
- turistik korxonalarda mahsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud bozorning
tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan belgilanishi kerakdir;
- turistik mahsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi;
36
- turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatbardosh va monopolistik
bozorlardan tashkil topadi;
- turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo‘lmaydi. Talab ko‘p bo‘lgan
davrlarda narxlar yuqori bo‘ladi, talab kam bo‘lganda narxlar past bo‘ladi.