O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


107 
XII-bob. TURISTIK FAOLIYATNI LITSENZIYALASH 
 
12.1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va ularning 
mazmuni 
12.2. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga litsenziya 
berish tartiblari 
12.3. Germaniya va Angliya mamlakatlarida litsenziya berish tartiblari 
12.4. Turfirmalarning litsenziyaga amal qilish shartlari 
 
12.1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va 
ularning mazmuni 
Turistik firmaning turizm sohasidagi faoliyatining zaruriy sharti - unda 
litsenziya (ruxsatnoma)ning mavjudligidir. Turizm faoliyatini litsenziyalash 
turizmni tartibga solishning muhim bo‘g‘inidir. O‘zbekistonda turizmni 
litsenziyalash bir necha yillar mobaynida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu 
sohadagi ishni tashkil etishda ham muayyan tajriba to‘plangan. 
1994-yilda 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
turizm 
birinchi 
marotaba 
litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritilgan edi. Shu jumladan, Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli qarori bilan litsenziyalanishi 
lozim bo‘lgan ba’zi bir faoliyat turlari joriy etildi (shu jumladan, turizm sohasida 
ham) va litsenziyalarni berilishini rasmiylashtirishga doir umumiy nizom ham 
tasdiqlandi. Litsenziyalash usullarini sinovdan o‘tkazib borish, qonunchilik 
bazasini o‘zgarishi va tahlil qilish va hal etishni talab qiladigan muammolarni 
vujudga kelishi bilan 1998-yili “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati bilan 
shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya berish qoidasi” yangi tahriri 
kuchga kiritildi
21
. Ushbu qoida mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qa’tiy 
21
Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbеkiston Rеspublikasida turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan 
o‘tish va litsеnziya bеrish qoidasi”. Xalq so’zi. 1998 y. 


108 
nazar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va turizm sohasiga amaldagi 
qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan korxona, birlashma va tashkilotlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibini belgilab beradi. Yangi 
bosqichdan turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ishtirokchilarga talab 
kuchaytirildi. Shuningdek litsenziyalarning bekor qilinishini (chaqirib olinishini) 
ko‘zda tutuvchi holatlar belgilandi. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 
litsenziya 
“O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. 
Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi. 
Litsenziya berilganligi uchun respublikadagi eng kam ish haqqining 25 barobari 
miqdorida litsenziya yig‘imi to‘lanadi. Litsenziya yig‘imi to‘lovidan kelib 
tushadigan mablag‘lar “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi huzuridagi turizmni 
rivojlantirish markazlashtirilgan fondiga yo‘naltiriladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda, turagent va turoperator faoliyatini tartibga solish 
darajasida farqlar mavjud. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarning turizm 
amaliyotida turoperatorlik va turagentlik faoliyatni litsenziyalashda litsenziya 
yig‘imi miqdori, tavakkalchiliklarni sug‘urtalash tizimi, ushbu sohada muayyan 
ma’lumotga ega bo‘lishga doir talablarda farqlanish mavjud. Ushbu faoliyat 
turlarining belgilangan farqlari, maqsad va vazifalari, mijoz bilan o‘zaro hamkorlik 
qilish tartibidan kelib chiqqan holda ushbu korxonalarni litsenziyalashga ham 
turlicha uslubiy yondashuv amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida turizm 
sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil topishi va rivojlanishining dastlabki 
bosqichida ko‘pchilik kishilar bir vaqtning o‘zida turoperator va turagent 
faoliyatini farqlay olmasdan ushbu faoliyat bilan shug‘ullana boshlashi albatta 
maqsadga muvofiq emas edi. Hozirgi bosqichda ushbu faoliyat sohasidagi 
tadqiqotlar va amaliyotdan kelib chiqqan holda Butun Jahon Turistik 
Tashkilotining “Turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro tasniflash 
andozalari”ga muvofiq holda ushbu sohadagi faoliyat turlarini alohida ko‘rsatgan 
holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir. 


109 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin