O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


APRIOR TABAQALASH, KONKORDATSIYA KOEFFITSIENTI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   122
Usmanov darslik

4.6.
APRIOR TABAQALASH, KONKORDATSIYA KOEFFITSIENTI. 
APRIOR TABAQALASHNING AFZALLIKLARI VA 
KAMCHILIKLARI
 
Tadqiq etilayotgan sohada chuqur bilimga ega bo‘lgan, bir guruh mutaxassislar 
tomonidan omillarni ekspert baholashga asoslangan usullarning eng oddiysi 
mantiqiy-tabaqalash hisoblanadi. 
Aprior tabaqalash
(taqqoslanayotgan omillarni 
miqdoriy baholash) quyidagicha amalga oshiriladi. 
1. Ekspertiza o‘tkazgan tashkilot yoki mutaxassis, buyurtmachining shartlari, 
adabiyotdagi ma‘lumotlarning tahlili, tajribalarni umumlashtirish, mutaxassislar 
orsida so‘rov o‘tkazish asosida tabaqalanishi talab etiladigan omillarning dastlabki 
ro‘yxatini aniqlab oladi. 
2. Anketa tayyorlanib, unda zarur tushuntirishlar va yo‘riqnomalar, omillar 
ro‘yxati imkon boricha jadval shaklida beriladi, anketani to‘ldirish namunalari 
keltiriladi. 
3. Ekspertlar guruhi tuziladi, a‘zolarning vakolati tekshiriladi. Ular 
ko‘rilayotgan masalalarda mutaxassis bo‘lishi, ammo ekspertiza natijalaridan shaxsan 
manfaatdor bo‘lmasligi kerak. 
4. Guruh shakllantirilgandan so‘ng ekspertlarning og‘zaki va yozma instruktaji 
o‘tkaziladi. 


186 
5. Ekspertlar taqdim etilgan omillarni individual baholaydilar bu jarayonda 
omillar, maqsadli funksiya timsoli bo‘lgan tadqiqot ob‘ekti yoki yakunlovchi belgiga 
ta‘sir darajasining kamayishi tartibida joylashadi. Bunda, eng ko‘p ta‘sir etuvchi 
omilga birinchi rang beriladi (1 soni), kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan omilga, 
ikkinchi rang (2 soni) va hakazo 
6. Ekspert so‘rovlari natijalarini qayta ishlash ekspertiza tashkilotchilari 
tomonidan quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi:
- so‘rov natijalari barcha ekspertlar bo‘yicha aprior tabaqalash jadvaliga 
yig‘iladi; 
- har bir omil ranglari yig‘indisi aniqlanadi; 
- har bir omil ranglari yig‘indisining barcha ranglar yig‘indisi o‘rtacha 
qiymatidan xatoligi aniqlanadi; 
- konkordatsiya koeffitsienti yordamida ekspertlar fikrlarining kelishuvchanlik 
darajasi aniqlanadi. 
)
(
12
3
2
k
k
m
S
W






k
i
i
S
1
2
(4.8) 
bu erda 
k
- omillar soni, 
m
- ekspertlar soni. 
Konkordatsiya koeffitsienti 0 dan 1 gacha o‘zgarishi mumkin. Agarda noldan 
(

W
0,5) ancha farq qilsa, unda hisoblash mumkinki, ekspertlar fikrlari orasida 
ma‘lum moslik bor. Agarda uning qiymati etarli bo‘lmasa (
5
,
0

W
), ekspertiza 
tashkilotchilari salbiy natija sabablarini tahlil qiladilar. Sabablar quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: masalaning qo‘yilishi yoki instruktaj noaniqligi, omillar noto‘g‘ri 
tanlanganligi, chuqur bilimga ega bo‘lmagan ekspertlarni tanlash, ular orasida til 
biriktirish ehtimolligi va boshqalar. Ushbu tahlil natijalariga qarab ekspertiza 
o‘tkazishni boshqa guruh mutaxassislariga topshirish haqida; instruksiyani 
o‘zgartirish haqida; omillar tarkibini tuzatish haqida qaror qabul qilinadi. 
Har qanday natijada ekspertlarni avvalgi tarkibida qayta ekspertiza o‘tkazish 
tavsiya etilmaydi.

W
0,5
bo‘lganda ekspertlar fikrlarining mos kelishi tasodifiy emasligi 
haqidagi gipoteza 
Pirson mezoni
yordamida erkinlik darajalari (k-1) bo‘lganda 


187 
aniqlanadi. Buning uchun formula bo‘yicha hisoblanadigan Pirson (

-kvadrat) 
mezoni ishlatiladi. 
)
1
k
(
Wm
2



(4.9)
 
bu erda 
k-1
- erkinlik darajasi. 
Koeffitsientning hisoblangan qiymati 
k-1
erkinlik darajasiga qarab jadvaldagi 
qiymati (aniqlangan) bilan solishtiriladi. 
Agarda Pirson mezonining hisoblangan qiymati jadvaldagidan katta bo‘lsa, 
ekspertlarning fikrlari bir-biriga mos kelishi tasodifiy emasligini ko‘rsatadi.
Omillar salmog‘i haqida aniq ifodaga ega bo‘lish uchun ranglarning mantiqiy 
diagrammasi quriladi va maqsadli ko‘rsatkichga omillarni solishtirma og‘irligi 
bo‘yicha ta‘siri qo‘yidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi: 
)
1
k
(
k
)
1
M
k
(
2
q
k




(4.10) 
bu erda 

- tabaqalashda omilning o‘rni. 
Aprior tabaqalashning 
ustunliklari
: natija olishning tezkorligi va tadbirni 
tashkil etishning nisbatan soddaligi.
Kamchiliklari
- ekspertlarni tanlash va ekspertiza sifatining natijalarga 
bog‘liqligi, ya‘ni ma‘lum sub‘ektivlikning mavjudligi. Bundan tashqari, ekspertlar 
ushbu tizimni (korxonalar, firmalar) u yoki bu omillarini (tadbirlarni) baholashda 
boshqa sharoitlarda to‘plagan o‘zlarining ilgarigi tajribalaridan foydalanadilar. 
(Ekspertiza xuddi shuning uchun mantiqiy deb ataladi). Ushbu tizim uchun omillarni 
tanlash va masalani to‘g‘ri qo‘yish muhim ahamiyatga ega va ekspertiza natijalariga 
jiddiy ta‘sir qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin