O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


-rasm.  dam taroqqiyotining dastlabki davrlarida pusht va pusht



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix26.12.2016
ölçüsü0,98 Mb.
#3389
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
14-rasm.  dam taroqqiyotining dastlabki davrlarida pusht va pusht

pardalarini hosil bo‘lishi.

H–2–3 hafta. B–4 hafta: 1–amnion bo‘shlig‘i; 2–pusht tanasi; 3–sariqlik

qopchasi; 4–trofoblast. D–6-hafta. E–4–5 oylik homila; 1–homilani tana-

si; 2–amnion; 3–sariqlik qopchasi; 4–xorion; 5–kindik tizimchasi.

Markaziy blastomerlar embrioblastni (push tugunchasi) ho-

sil qiladi. Undan pusht tanasi rivojlanadi. Yuza qavat trofoblast 

bilan pusht tugunchasi o‘rtasida oz miqdorda suyuqlik to‘pla-

nadi. Taraq qiyotning birinchi haftasini oxirida (homiladorlik-

ning 6–7 kunlari) pusht bachadonning shilliq pardasiga botib 

kirib, unung implanta tsiyasi ro‘y beradi.

Pusht taroqqiyotining ikkinchi haftasi pusht tugunchasi hujay-

rala ri ni ikki qavatga bo‘linib, ulardan ikkita pufakcha hosil bo‘lish 

bosqichi.

Trofoblastga yaqin turgan tashqi qavat hujayralaridan amnion 

suyuq ligi bilan to‘lgan ektoblast (amnion) pufakchasi hosil bo‘la-

di. Pusht tugunchasining ichki qavati hujayralaridan entoblast 

(sariq lik) pufagi shakllanadi. Bu davrda pusht ikki qavatli qalqon-



31

ni eslatuvchi ikki varaqdan: pushtning tashqi varag‘i (ektoderma) 

va pushtning ichki varag‘i (entoderma)dan iborat bo‘ladi.

Ikkinchi  hafta oxirida pushtning uzunligi 1,5 mm. Bu davrda 

pusht qalqoni o‘zining orqa (kaudal) qismida yo‘g‘onlashib, o‘q 

a’zo lari rivoj lana boshlaydi.

Pusht taroqqiyotining uchinchi haftasi uch qavatli qalqoncha ho-

sil bo‘lish davri hisoblanadi.

Keyingi davrda a’zolar va to‘qimalarning kurtaklarini ajra-

lishi va ularning shakllanishi ro‘y beradi. Bu jarayonlar bilan 

birgalikda integratsiya – qismlarning bir tekis rivojlanayotgan 

yaxlit tizim bo‘lib qo‘shilishi kuchayadi. Pusht tanasini provizor 

a’zolardan ajralishi tana burmasi hosil bo‘lishi orqali ro‘y bera-

di. Burma dastlab pusht ning bosh tomonida, kiyin unung dum 

qismida paydo bo‘ladi va qolgan qismlariga tarqaladi. Natijada 

pusht pusht dan tashqari qismlardan ajraladi va ular bilan keyin-

chalik kindik tizimchasiga aylanib ketuv chi ingichka band

 

bi-



lan bog‘lanadi. Bu bilan birga mezoderma takomillashadi va ta-

na segmentlari – somitlar hosil bo‘ladi. Segmentlarga pushtning 

orqa tomonida joylashgan mezoderma bo‘linadi. Mezoderma-

ning ventral qismi segmentlarga ajralmaydi va har tomonda ik-

kita qatlam shaklida bo‘ladi. Medial qatlam birlamchi ichak en-

todermasiga yondashib turadi va splanxnoplevra deb ataladi. La-

teral qatlam pushtning tanasi devori ektodermasiga yondasha-

di va somatoplevra deb ataladi. Splanxno – va somatoplevralar-

dan seroz pardalarni qop lagan epiteliy qoplama (mezoteliy) va 

pusht varaqlari orasini to‘ldirib turuvchi mezenxima rivojlanadi. 

Mezenximadan seroz pardaning xususiy plastinkasi va seroz os-

ti asos rivojlanadi. Splanxnoplev raning mezenximasidan hazm 

nayini epiteliyi dan tashqari barcha pardalari hosil bo‘ladi. Epi-

teliy birlamchi ichak entodermasidan hosil bo‘ladi. Entoderma-

dan oshqozon, ichak bezlari, jigar va o‘t yo‘llari, oshqozon osti 

bezining bez to‘qimasi, nafas a’zolari epiteliy qoplamasi va bez-

lari paydo bo‘ladi.

Mezodermaning segmentlarga bo‘linmagan qismi plastinkala-

ri oralig‘i homila tana bo‘shlig‘iga aylanadi. Bu bo‘shliq odam 

organiz mida plevra, perikard va qorinparda bo‘shliqlariga bo‘lina-

di. Mezoderma somitlar va splanxnoplevra o‘rtasidagi chegarada 

nefrotomlar hosil qiladi, ulardan birlamchi buyrak naychalari ri-

vojlanadi. Mezodermaning dorsal qismi – somitlari uchta kur-



32

tak hosil qiladi. Somit ning ventromedial qismi – sklerotomdan 

o‘q skeletning suyak va tog‘ylari rivojlanadi. Undan lateral yotgan 

miotomdan ko‘ndalang targ‘il mushaklar rivojlanadi. Somitning 

dorsolateral qismida joylash gan qismi dermatomdan terining bi-

riktiruvchi to‘qimali asosi derma hosil bo‘ladi.

4-haftada ektodermadan quloq va ko‘z kurtaklari hosil bo‘la-

di. Bu davrda old tomonda peshona va ustki jag‘ o‘simtalari bilan 

chegaralangan og‘iz ko‘rfazi atrofida to‘plangan boshning visseral 

qismlari qayta shakllanadi. Ulardan pastroqda pastki jag‘ va gioid 

ravoq lar belgilari ko‘rinadi.

Pusht hayotining 5 dan 8 haftasigacha bo‘lgan davri – bu 

a’zo lar (organogenez) va to‘qimalar (gistogenez) rivojlanishi dav-

ri. Bu vaqt yurak, o‘pkaning erta taroqqiyoti, uchak nayi tuzilishi-

ning murakkab lashuvi, visseral va jabra ravoqlarini, sezgi a’zola-

ri kapsulasi hosil bo‘lishi davri; nerv nayi butunlay birikib bosh 

uchi kengayadi. 31–32-kunlarda qo‘lning, 40-kunda esa oyoqning 

suzg‘ichsimon kurtaklari paydo bo‘ladi.

6-haftada tashqi quloq, 6-haftaning oxiri 7-haftalarda qo‘l 

bar moq lari, so‘ng oyoq barmoqlari kurtagi seziladi. 7-haftaning 

oxirlarida qovoqlar va ko‘z hosil bo‘la boshlaydi. 8-haftada a’zo-

lar kurtaklarini hosil bo‘lishi tugaydi.

9-haftadan, ya’ni 3-oy boshidan pusht odam ko‘rinishini oladi 

va homila deb ataladi. 3-oydan boshlab va butun homila davrida 

hosil bo‘lgan a’zolar va tana qismlarini o‘sishi va takomillashuvi 

amalga oshadi. Bu davrda tashqi jinsiy a’zolarning takomillashuvi 

boshlanadi. Barmoqlarda tirnoqlar, 5-oy oxirida esa qosh va ki-

priklar bilina boshlaydi. 7-oyga kelib qovoqlar ochiladi. Shu davr-

dan boshlab teri ostida yog‘ to‘plana bosh laydi. 10-oy oxirida ho-

mila tug‘iladi.

Yo‘ldosh homilani oziqlantirish vazifasini bajaradi. Yo‘ldosh 

orqali oziqa moddalar so‘rilishi va qayta ishlanishi, ona qonidan 

kislorodni o‘tishi va ona qoniga homila modda almashinuvida ho-

sil bo‘lgan moddalar ajratiladi. Yo‘ldosh himoya vazifasini baja-

rib homilaga har xil zararli moddalarni va mikroblarni o‘tishiga 

to‘sqinlik qiladi. U ichki sekretsiya a’zosi sifatida qonga chiquv-

chi ba’zi bir gormonlarni ishlab chiqaradi va homila oziqlanishi 

uchun kerak oziqa moddalarni o‘zida to‘playdi.

Kindik tizimchasi amnion oyoqchasi sariqlik poyasining me-

zenximasidan hosil bo‘ladi. Uning hosil bo‘lishida amnion par-




33

dalari bilan o‘ralgan sariqlik qopchasi va allantois qon tomirla-

ri bilan ishtirok etadi. Shakllangan kindik tizimchasi biriktiruv-

chi to‘qimali tuzilma bo‘lib, unda ikkita kindik arteriyasi va vena 

o‘tadi. Uni hosil qilgan dirildoq to‘qima kindik qon tomirlarini 

shikastlanishdan va siqilib qolishdan saqlaydi.




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin