O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix26.12.2016
ölçüsü0,98 Mb.
#3389
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Jinsiy hujayralar va urug‘lanish

Jinsiy hujayralar yangi organizmlarning paydo bo‘lishi man-

bayi bo‘lib hisoblanadi. Yangi organizm hosil bo‘lishi uchun 

erkak va ayol jinsiy hujayralari qo‘shilishi lozim. Bu jarayon 

urug‘lanish deb ataladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi spermiy yoki 

spermatozoid, ayollar jinsiy hujayrasi esa – tuxum hujayra deb 

ataladi. Odamning tuxum hujayrasi – yirik harakatsiz bo‘lib, 

spermiy o‘lchamidan 100 marta katta. U ayol tuxum donida rivoj-



28

lanib, bo‘lajak organizmni sitoplaz maning asosiy massasi va ozi-

qa moddalar bilan ta’minlaydi. Ayol jinsiy hujayralarining rivoj-

lanishi ovogenez deb ataladi. U ko‘payish davridan boshlanadi. 

Bu vaqt davomida birlamchi jinsiy hujayralar bo‘linib, ko‘plab 

ovogoniy deb ataladigan hujayralarni hosil qiladi. Keyingi o‘sish 

davrida bu hujay ralar o‘sib tarkibida sariqlik kiritmalari yig‘il-

ishi natijasida I tartibli ovositlar hosil bo‘ladi. So‘ngra yeti lish 

davri boshlanib, unda ketma-ket ikki marta bo‘linish ro‘y bera-

di: 1) dastlab I tartibli ovosit katta hujayra II tartib li ovositga 

va juda kichik hujayra – reduksion tanaga bo‘linadi. 2) keyin II 

tartibli ovosit yetuk tuxum hujayraga va ikkinchi reduksion ta-

naga bo‘linadi. Ikkinchi bo‘linishdan so‘ng yetuk tuxum hujayra 

urug‘lanish ga tayyor bo‘ladi.

Qiz bolaning tug‘ilish davriga kelib tuxumdonda 400000 ga 

yaqin ovogoniy bo‘lib, ularni ko‘payishi to‘xtaydi va ular I tar-

tibli ovositlarga aylanadi.

Har bir ovosit epiteliy hujayralari bilan o‘ralgan bo‘lib, ular 

bilan bir galikda birlamchi tuxum pufakchani (birlamchi folliku-

la) hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tuxumdonidagi 

ovositlarning faqat oz qismi yetilib tuxum hujayraga aylanadi. Bu 

jarayon qiz bola balog‘atga yetgan davridan boshlanib, ayollar-

da 50 yoshdan keyin to‘xtaydi. Navbat dagi ovositning o‘sish da-

vrida follikulyar epiteliy o‘sib, uning hujayralari orasida ichida 

suyuq ligi bor bo‘shliq paydo bo‘ladi va ikkilamchi (pufakchali) 

follikula – Graaf pufakchasi hosil bo‘ladi. Yetilgan follikulani 

yori lishi va tuxumdondan tuxum hujayraning chiqishi ovulyatsiya 

deb ataladi. Balog‘at yoshidagi ayol organizmida mo‘tadil holat-

da ovulyatsiya 28 kunda bir marta yuz beradi. Bunda navbat bi-

lan bitta tuxumdonda faqat bitta tuxum hujayra yetiladi. Odam 

tuxum hujayrasi sharsimon bo‘lib, yaltiroq parda va nurli toj ho-

sil qilgan follikulyar hujayralar qavati bilan o‘ralgan. Uning dia-

metri 120–150 mkm. U urug‘lanish qobiliyatini 1–2 kun saqlay-

di, so‘ngra halok bo‘ladi va parchalanadi. Tuxum hujayraning ba-

chadon nayi bo‘ylab surilishi 2–5 kun davom etadi.

Erkaklar jinsiy hujayrasi spermatozoid (spermiy) boshcha, 

bo‘yin cha, tana va dum qismlaridan iborat. Boshchasi akroso-

ma va yadroni tutadi. Spermatozoidning tanasi va dumi hara-

katlantiruvchi apparat hisob lanadi. Suyuq ishqoriy muhitda xiv-

chin harakat qilib, spermatozoidning faol surilishini ta’minlaydi. 




29

Moyakda spermiy katta miq dorda hosil bo‘ladi. Erkaklar jinsiy 

hujayralarini rivoj lanishi spermatogenez deb ataladi. Bu jarayon 

moyakning birikti ruvchi to‘qima va ichki spermatogen epiteliy-

dan iborat buralma naychalarida amalga oshadi.

Urug‘lanish jarayoni erkak va ayol jinsiy hujayralarini yangi 

bitta hujayra – zigotani, yangi avlodni bir hujayrali organizmini 

hosil qilib qo‘shilishidan iborat bo‘ladi.

Urug‘lanishda jinsiy hujayradagi xpomosomalarning gaploid 

to‘p lami zigota xpomosomalarining diploid to‘plamiga birlasha-

di. Odam tanasining har bir hujayrasida 22 juft oddiy xromoso-

malardan tashqari bir juft jinsiy xromosomalar mavjud. Jinsiy 

xromosomalar ayol organizmi hujayralarida bir xil (ikkita X-xro-

mosomalar), erkak organiz mi hujayralarida esa bitta X-xromoso-

ma, boshqa kichikroq Y-xromosoma bo‘ladi. Reduksion bo‘linish 

(meyoz)da har bir tuxum hujayra X-xromosomani, spermatozoid 

esa X- yoki Y-xromosomani oladi. Tuxum hujayra bilan Y-xro-

mosomali spermatozoid qo‘shilganda erkak jinsi, X-xromosomali 

spermatozoid bilan qo‘shilganda ayol jinsi rivojlanadi. Meyozda 

qiz hujayralarida xromosomalarni tarqalishi buzilganda, xromo-

soma tarkibi o‘zgargan gametalar paydo bo‘ladi. Bunda urug‘lan-

ganda noto‘g‘ri zigota hosil bo‘ladi. Noto‘g‘ri gametalardan ho-

sil bo‘lgan jinslarda turli xil tug‘ma irsiy kasalliklar va taraqqiyot 

nuqsonlari uchraydi.




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin