O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix26.12.2016
ölçüsü0,98 Mb.
#3389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Mushak to‘qima

 

Mushak to‘qima odam organizmida harakatni vujudga keltiradi. 



U qisqaruvchi miofibrillardan tashkil topgan.

Mushak to‘qima silliq va ko‘ndalang-targ‘il mushaklarga bo‘-

linadi. Silliq mushak to‘qima (11-rasm) uchlari o‘tkirlashgan 

duksimon shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, qisqa-

ruvchi miofibrillar hujayraning periferiyasida uning o‘qi bo‘ylab 

joylashadi.

Silliq mushakning tayanch apparati hujayraning atrofida joy-

lashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi ingichka kollagen va elastik to-

lalardan iborat. Silliq mushak to‘qima ichki a’zolar (oshqozon, 



24

ichak, qovuq, bachadon va boshqalar) qon, 

limfa tomirlar va terining mu shak qavatini 

hosil qiladi.

Silliq mushaklarning qisqarishi ixtiyor-

dan tashqari va s

mkin bo‘ ladi. U oz miq-

dorda energiya sarf qilib va charchamas-

dan uzoq v aqt qisqargan holatda turishi mu-

mkin. Qisqarish faoliyatining bu turi tonik 

qisqarish deb ataladi.

Ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qima 

suyak richaglarini harakat 

ga keltiruvchi 

skelet mushaklarini va ba’zi ichki a’zolar 

(til, halqum, qizilo‘ngachning yuqori qis-

mi) tarkibiga kiradi. Tananing turli qis-

mlarida bu to‘qima o‘z xususiyatlariga ega. 

Skelet mushaklarining katta qismi yuqori 

tezlikda qisqarish va tez charchash xusu-

siyatiga ega. Ha rakat faoliyati ning bu turi 

tetanik qisqarish de yi ladi. 

Ro‘ndalang tar-

g‘il mushak (12-rasm) murakkab tuzilgan 

ko‘p o‘zakli ko‘nda lang tar g‘il mushak hu-

jayralaridan iborat. Ular cho‘zilgan silindr shaklida, uchlari yu-

maloq yoki o‘tkir bo‘lib, ular orqali tolalar bir-biriga tegib tu-

radi yoki pay va fas siya lar biriktiruvchi to‘qimasiga yopishadi. 

Ko‘ndalang targ‘il mushak tolalar uzunligi odamda 10 sm va 

undan ko‘p, diamet ri 12–70 mkm. Ularning qisqaruvchi appa-

rati ko‘ndalang targ‘il miofibrillar bo‘lib, ularning ko‘ndalang 

targ‘illigi qoramtir va yorug‘ sohalarning turli xil fizik-kimyoviy 

va optik xususiyatlarga egaligidandir. 

Skelet mushaklari bi riktiruv-

chi to‘qimaga boy bo‘lib, ular 

mushak tolalarini o‘rab yup 

qa 

endomiziyni hosil qiladi. 



Ro‘n-

dalang targ‘il mushaklar bosh 

miya po‘stlog‘idan kelayotgan 

impulslar ta’sirida ixtiyoriy ra-

vishda qisqaradi. Bundan tash-

qari bir qism mushaklar (qo-

vurg‘alararo mushaklar, diafrag-


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin