O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix26.12.2016
ölçüsü0,98 Mb.
#3389
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
7-rasm. Yumshoq tolali

biriktiruvchi to‘qima.

1–fibroblast; 2–elastik tola; 3–lim-

fosit; 4–o‘troq makrofagositlar;

5–kollagen tolalar.




21

da kollagen va elastik tolalardan tash qari retikulyar tolalar va re-

tikulyar hujayralar uchraydu. Retikulyar hujayralarning o‘siqlari 

bo‘lib, ular vositasida bir-biri bilan birikib to‘r hosil qiladi. Re-

tikulyar tolalar har tomonga yo‘nalib joylashadi. Retikulyar to‘qi-

ma qon ishlab chiqaruvchi va immun tizimi a’zolari to‘qimalari 

asosi

 

tarkibiga kiradi.



Yog‘ to‘qima zaxira oziqa moddalar to‘plangan joy hisobla-

nadi. Odamda u teri osti yog‘ qatlamini hosil qiladi, shuningdek, 

charvida va buyrak atrofida bo‘ladi. Yog‘ hujayralari tarkibida yog‘ 

tomchisi bo‘lib, ular o‘rtasidan kollagen, elastik tolalar o‘tadi va 

fibroblast, semiz hujayralar, limfositlar joylashadi.

Pigment to‘qima deb, tarkibida ko‘p pigment hujayralari – 

melanositlar bor to‘qimaga aytiladi.

Tog‘ay to‘qima bo‘g‘im tog‘ay lari, umurtqalararo disk, tashqi 

burun, hiqildoq, traxeya va bronx larni hosil qiladi. Tog‘ay to‘qi-

ma 2–3 tog‘ay hujayralarining (xon-

droblast va xondrositlar) guruh shak-

lida ko‘p miqdordagi zich, pishiq hu-

jayralar aro moddalar bilan o‘ral-

gan holda joylashishidan hosil bo‘la-

di. Tog‘ay to‘qima tarkibida 70–80 % 

suv, 10–15 % organik moddalar va 

4–7 % tuz lar bo‘ladi. 

Tog‘ay to‘qimaning 50–70 % qu-

ruq moddasi kollagendan iborat. Hu-

jayralararo moddaning tuzilishiga 

qarab gialin, elastik va tolali tog‘ay 

to‘qima tafovut qilinadi.

Gialin tog‘ay (9-rasm) havo 

rang 


bo‘ladi. U turli shakldagi tog‘ay hu-

jayralaridan iborat, hujayralararo 

mod  dasi tiniq bo‘lib, kollagen tolalar 

va asosiy moddadan tashkil topgan. 

Bo‘g‘im tog‘aylari, qovurg‘a tog‘ay-

lari, suyaklar epifizi tog‘ayi va hiqil-

doqning ko‘p tog‘aylari gialin 

tog‘aydan tuzilgan.

Elastik tog‘ay to‘qima egiluv-

chanligi va pishiqligi bilan farq 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin