6-ILOVA Matbuot konferentsiyasi Dars mavzusi:Parrandachilik
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni xonaki parrandalar zotlarining xilma-xilligi, parrandachilik sanoati va uning ahamiyati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni xonaki parrandalar zotlarining xilma-xilligi, parrandachilik sanoatining ahamiyati bilan tanishtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni qushlarning xilma-xilligi va ahamiyati haqidagi bilimlari, darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Tovuq zotlarining rasmlari.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o`yin texnologiyasi (matbuot konferentsiyasi).
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
2.O`quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
Matbuot konferentsiyasi darsi o`qituvchining kirish so`zi bilan ochiladi. U kirish so`zida darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan o`quvchilarni tanishtirib, bugungi matbuot konferentsiyasi qishloq xo`jaligining muhim tarmog’i parrandachilikka bag’ishlanishini, konferentsiyada ishtirok etayotgan selektsioner olimlar, parrandachilik sohasida tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar, gazeta va jurnallarning muxbirlari ishtirok etayotganligini qayd etadi.
Matbuot konferentsiyasini o`tkazish.
1.Matbuot konferentsiyasida muxbirlar rolini bajarayotgan o`quvchilar olimlar va mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat etishlari mumkin:
2.Respublikamizda parrandachilikning qanday tarmoqlari mavjud?
3.Respublikamizda tovuqlarning qanday zotlari boqiladi?
4.Respublikamizda tuxum yo`nalishidagi qanday zotlar boqiladi?
5.Parrandachilikning qanday ahamiyati bor?
6.Parrandachilik fabrikalarida parrandalar qanday oziqlantiriladi?
7.Tovuqlarning tuxum qo`yishi kun uzunligiga bog’liqmi? Parrandachilik fabrikalarida bu muammolarni hal etish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
8.Jo`ja ochirish jarayoni qanday amalga oshadi?
9.Parrandachilikni rivojlantirishda nasldor parrandalar keltirib chiqarish muhim rol’ o`ynaydi. Ularning jo`jalari qaerlarda ochiladi?
Parrandachilikda tovuqlar bilan bir qatorda o`rdaklar ham boqiladi. Ularning qanday zotlari bor?
10.Xonaki g’ozlar va kurkalarning qanday zotlari boqiladi va ulardan qanday mahsulotlar olinadi?
Olimlar va mutaxassislar bu savollarga javob beradilar.
Masalan, olimlar Respublikamizda tuxum yo`nalishidagi qanday zotlar boqiladi? degan savolga quyidagicha javob berishlari mumkin:
Respublikamizda tuxum yo`nalishidagi parrandalardan rus oq tovug’i zoti boqiladi. Bu zot Sankt-Peterburg parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutlari oq legorn tovuqlariga avstralgorn zotining qonini quyish orqali chiqarilgan. Qon quyish jo`ja ochish maqsaddida to`planadigan tuxumlarni yig’ishdan 2,5 oy oldin boshlangan. Olingan duragaylarga ham bir kg massa hisobiga 2,5 ml dan avstrolgorn zoti qoni quyilgan. Bundan tashqari, har yili zotdor xo`rozlar va tovuqlar tanlanib, saralanishi natijasida sermahsul va hayotchanligi yuqori bo`lgan mazkur zot keltirib chiqariladi. Bu zotga mansub tovuq va xo`rozlarning o`rtacha vazni 3,7 kg,
Bundan tashqari tovuqlari 5-6 oyda tuxumga kiradi, bitta tuxumning vazni 69 g. bo`lib, tovuqlar yiliga 200-300 ta tuxum beradi.
Tuxum-go`sht yo`nalishidagi tovuq zotlariga zagorsk, pervomaysk misol bo`ladi. Ular orlov tovug’ini, oq viandot va rod ayland zotlari bilan qayta-qayta chatishtirish orqali chiqarilgan. Uzoq vaqt davomida, tanlash va saralash natijasida sermahsul va yuqori sifatli go`sht beradigan zot keltirib chiqariladi. Bu zotga mansub tovuqlar va xo`rozlarning o`rtacha vazni – 2,5 - 4 kg, bitta tuxumning vazni - 69 g bo`lib, yiliga 250 tagacha tuxum beradi. Bu zotning afzalligi shundaki, bizning respublikamizda ko`paytirish va boqish mumkin.
Shu tariqa olimlar muxbirlarning savollariga asosli javob beradilar.
Yangi mavzuni qayta ishlash.