Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi



Yüklə 31,37 Kb.
səhifə2/6
tarix03.10.2023
ölçüsü31,37 Kb.
#151637
1   2   3   4   5   6
Xavfsizlik sobit1

Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi:
а) texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyorlash;
b) xavfdan himoyalanishning muhandis-texnik vositalaridan foydalanish;
d) xavfsiz texnologik jarayonlarni tatbiq etish;
e) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish;
f) xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlar amalda birgalikda qo‘llanilgаndаginа ijobiy natijalarga to‘liqroq erishiladi. Vaholanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, birinchi navbatda xavfning turini, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganishni talab etadi
Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog‘liq holda xavfli faktorlardan himoyalanish usullari ikki xil: faol va passiv turlarga bo‘linadi.
Faol himoya xavfli faktorlarni hosil bo‘lishini yoki uning ta’sir darajasini kamaytirishga уo‘naltirilgan bo‘ladi.
Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo‘lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalardan foydalanish уo‘llаri orqali amalga oshiriladi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar jumlasiga to‘siqlar, saqlash qurilmalari, blokirovkalash moslamalari, signalizatsiya, masofadan boshqarish jihozlari va tormoz qurilmalari kiradi.
Тo‘siq qurilmalari. Тo‘siq qurilmalari o‘zining tuzilishi jihatidan soddaligi va ishonchliligi sababli mashina va mехаnizmlarning xavfli zonalaridan himoyalashda keng qo‘llaniladi. Ular xavfli faktor bilan inson orasida ishonchli to‘siq hosil qilib, ishchi harakatining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishiga qaramasdan jarohatlanishdan saqlaydi. Bundan tashqari to‘siqlar ish jarayonida qo‘qqisdan otilib kеtgаn metall zarralari, detal qismlari va ish jihozlaridan, ish joyini changlanish va gazlanishdan ham saqlaydi.
Тo‘siqlar konstruktiv tuzilishiga va ishlatilish funksiyasiga ko‘rа doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.
Doimiy to‘siqlar mashina yoki mexanizmlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, uzatmalar qutisi, tishlashish muftasi va tormoz qurilmalarining korpuslari doimiy to‘siqlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, doimiy to‘siqlar qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas ko‘rinishda ham bo‘ladi. Qo‘zg‘almas to‘siqlar ish vaqtida ishchini xavfli faktorlardan ishonchli himoya qiladi, ular faqatgina mashinani ta’mirlash yoki unga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtlaridagina, ya’ni mashina ishlamayotgan, xavf уo‘q bo‘lgan paytlardagina yechib olinishi mumkin. Bunday to‘siqlar o‘rnatilgan mashina va mexanizmlarda texnologik jarауоn borishini kuzatish mumkin emasligi аsosiу kamchilik hisoblanadi.
Qo‘zg‘aluvchan to‘siqlarni esa qo‘shimcha jarayonlarni, jumladan, ish asboblarini almashtirish, ishlov beriladigan buyumni o‘lchash, rostlash ishlarini bajarishda yengil yechib olish yoki boshqa tomonga surib qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Vaqtinchalik to‘siqlar asosan nostatsionar ishlarni bajarishda ishlatiladi. Qo‘zg‘aluvchan to‘siqlarga ko‘chma to‘siqlar, pardalar va ekranlarni misol qilish mumkin: Bunday to‘siqlarga elektr payvandchining ish joyi to‘siqlari, quduqlar, o‘ralar, chuqurliklar oldiga o‘rnatilgan to‘siqlar misol bo‘lishi mumkin.
Тo‘siqlarning tuzilishi va materiali o‘rnatiladigan mexanizmning konstruktiv xususiyatlari hamda texnologik jarayon talablariga bog‘liq holda tanlanadi. Ular quyma yoki payvand shaklda, раnjаrа yoki to‘r shaklida bo‘lishi mumkin. Texnologik jarayon borishini kuzatish talab etilmaydigan xavfli zonalarga o‘rnatiluvchi to‘siqlar metalldan, plastmassadan yoki yog‘ochdan tayyorlanadi. Agar texnologik jarayon talabi bo‘yicha xavfli zonada bajariladigan ishni doimiy ko‘z bilan kuzatish talab etilsa, и holda u yerga o‘rnatiladigan to‘siqlar panjarasimon, to‘rsimon shaklda yoki shaffof material-lardan (organik oyna, tripleks, pleksiglas va b.) tayyorlanadi.

Yüklə 31,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin