Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo mexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi



Yüklə 31,37 Kb.
səhifə3/6
tarix03.10.2023
ölçüsü31,37 Kb.
#151637
1   2   3   4   5   6
Xavfsizlik sobit1

Blokirovkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarning o‘ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to‘siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi.
Blokirovka – bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab tu- ruvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi.
Ko‘pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda ishlatilsada, xavfsizlik to‘liq ta’minlanmaydi. Chunki, ko‘pgina baxtsiz hodisalar ishchining e’tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi. Masalan, har qanday mashina yoki traktorni o‘t oldirishdan oldin uzatmalar qutisi ajratilgan holda bo‘lishi shart, aks holda turli ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Yoki mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalariga o‘rnatilgan to‘siqlar ta’mirlashdan so‘ng ishchining loqaydligi tufayli o‘rnatilmay qolishi natijasida ish vaqtida xavtli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Blokirovka qurilmalari ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida ishlatiladi va mashina yoki mexanizmdan foydalanish xavfsizligini oshiradi. Masalan, mashina korpusining himoya to‘sig‘i o‘rnatiladigan joyiga maxsus kontaktlar o‘rnatiladi. Himoya kojuxi yechib olinganda kontaktlar elektr ta’minotini uzadi, natijada mashina boshqarish pulti orqali qo‘shilganda ishga tushmaydi. Faqatgina, himoya to‘sig‘i o‘rnatilgach, kontakt qo‘shiladi va elektr ta’minoti ulanadi. Shuningdek, mashina va traktorlarga shunday maxsus moslama o‘rnatish mumkinki, natijada uzatmalar qutisi qo‘shilgan vaqtda mashina o‘t olmaydi.
Saqlash qurilmalari. Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi nazorat qilinishi talab etiladigan ko‘rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish uzunligi va b.) ruxsat etilgan miqdordan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni avtomatik ravishda ishdan to‘xtatish mumkin. Shu sababli, saqlash qurilmalarining konstruk-siyalari mashinalar va texnologik jarayonlarning xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi xavfli faktorlarning hosil bo‘lish tabiatiga ko‘rа saqlash qurilmalari 4 guruhga bo‘linadi:
1. Mexanik zo‘riqishlardan saqlovchi.
2. Mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi.
3. Воsim va haroratni ruxsat etilgan me’yordan oshishini taqiqlovchi.
4. Elektr toki kuchini ruxsat etilgan miqdordan oshmasligini ta’minlovchi.
Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga muftalar, yuk ko‘tarishni cheklash moslamalari, uziluvchi shtiftlar va shpilkalar, aylanishlar soni regulatorlari kiradi.
Ikkinchi guruh saqlash qurilmalarigа mashina va mехаnizmlarning harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi moslamalar: ajratgichlar, tayanchlar, to‘xtatgichlar kiradi.
Uchinchi guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug‘, gaz yoki suyuqliklar bilan ishlovchi mexanizmlardagi saqlash klapanlari va membranalar misol bo‘lа oladi. Barcha bug‘ qozonlari, gidravlik va pnevmatik tizimlar, bosim belgilangan me’yordan oshib ketganda avtomatik ravishda ishga tushuvchi klapanlar bilan jihozlanadi. Saqlash klapanlaridan foydalanish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda membranalardan foydalaniladi. Membranalar yupqa metall plastinkalardan tayyorlanadi va bosim belgilangan miqdordan oshib ketganda plastinka yorilib, ortiqcha bosim atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Shu sababli, membrana plastinkasining qalinligi tizimdagi bosimga mos holda tanlanadi.
Тo‘rtinchi guruh saqlash moslamalariga elektr toki ta’siridagi xavfli vaziyatlardan himoya qilish hamda elektr toki kuchini belgilangan miqdordan oshib ketishining oldini olish maqsadida ishlatiluvchi eruvchi saqlagichlar kiradi. Bunday saqlagichlar elektr toki me’yoriy miqdordan oshib ketganda erib uziladi va tok ta’minotini to‘xtatadi. O‘ta xavfli elektr qurilmalarida avtomat ajratgichlardan foydalaniladi.


Yüklə 31,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin