Amaliyot ishi №17 Mavzu: Tog‘ jinslarini tamponlash usuli texnologiyasi



Yüklə 131,72 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü131,72 Kb.
#186967
  1   2   3   4
A17


Amaliyot ishi №17
Mavzu: Tog‘ jinslarini tamponlash usuli texnologiyasi.
Mashg‘ulot maqsadi: Tog‘ jinslarini tamponlash parametrlarini hisoblash.
Tamponlash kon lahimlariga suv yoki gaz kirmasligining oldini olish, shuningdek, tog‘ jinslarini mustahkamlash yoki zichlash uchun tog‘ jinslaridagi bo‘shliqlar va yoriqlarni turli materiallar bilan sun’iy to‘ldirishdir. Bo‘shliqlar va yoriqlarni to‘ldirish bitum yoki turli kimyoviy moddalar bilan eritilgan sement, loy eritmasini quduqlar orqali haydash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tog‘ jinslarini tamponlash oldindan va kelgusida tamponlash turlariga ajratiladi. Oldindan tamponlashda tog‘ jinslaridagi bo‘shliqlar va yoriqlar lahim o‘tkazilmasdan oldin tamponlash materiallari bilan to‘ldiriladi, kelgusida tamponlashda – kon lahimi o‘tkazilgandan so‘ng.
Qo‘llaniladigan materiallariga qarab quyidagi tamponlash turlari mavjud: sementlash bilan, loylash bilan , bitumlash bilan, silikatlash bilan va smolalash bilan.
Sementlash, loylash, bitumlashni qo‘llash shartlari va vazifalari 3.2. jadvalda berilgan.
Eng ko‘p tarqalgan turi bu sementlashdir. Keyingi vaqtda keng qo‘llaniladigan tamponlashning kompleksli usuli muhim o‘rin egallaydi.
Oldindan sementlashning asosiy usullari: suvli tog‘ jinslarining barcha uchastkalarini er yuzasidan sementlash; stvol zaboyidagi bitta gorizontdan sementlash; stvol zaboyidagi alohida kirmali turli gorizontlardan sementlash.
Er yuzasidan sementlash tog‘ jinslarining hamma qalinligini birdaniga bir kirma bilan yoki bir nechta kirma bilan amalga oshiriladi. Oxirgilari ko‘tariladigan yoki pasayadigan tartibda sementlanishi mumkin.
Suvli tog‘ jinslarining barcha qalinligini birdaniga sementlash eng oddiy usul sanaladi.
Tog‘ jinslarini ko‘tariladigan tartibda sementlanishda quduq butun chuqurligicha burg‘ulanadi, sementlash esa u orqali pastdan yuqoriga alohida kirmalar bilan amalga oshiriladi. Sementlangan kirmalarni ajratish uchun zichlovchi qurilmalar (pakerlar) ishlatiladi.
Tog‘ jinslarini pasayadigan tartibda sementlanishda quduq birinchi kirma chuqurligigacha burg‘ulanadi, u yuvilgandan va solishtirma suv yutishi aniqlangandan so‘ng, sementlanadi. So‘ngra, sementli tosh quduqda sementlangan zona chegarasida burg‘ulanadi, quduq esa ikkinchi kirma chuqurligigacha burg‘ulanadi.
Stvol zaboyidagi tog‘ jinslarini sementlashni bitta gorizontdan kon kovlab o‘tish ishlarining bir to‘xtaganida bir nechta kirmalar bilan yoki alohida kirmalar bilan, har bir kirmani sementlash davrida kon kovlab o‘tish ishlarini to‘xtatish bilan, amalga oshirish mumkin. Sementlashni bajarish texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida belgilanadi.
Sementlash usulini tanlashni (er yuzasidan yoki stvol zaboyidan) prof. N.G. Trup ishlab chiqqan usul bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida amalga oshirish lozim. Bu usul bo‘yicha zaboydagi va er yuzasidagi sementlash bo‘yicha ishlarni ishlab chiqarishning qiyosiy narxi aniqlanadi.
Stvol zaboyidagi sementlashda burg‘ulash ishlari narxi A va suvli zonaning butun masofasida sementli yostiqlarni yotqizish va ajratish sarflari narxi aniqlanadi Hisoblashlar quyidagi formula bo‘yicha bajariladi


Er yuzasidan sementlashda burg‘ulash va quduqlarni burg‘ulash ishlari narxi formula bo‘yicha aniqlanadi
Agar V
Yüklə 131,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin