O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti “tarix”


 Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash



Yüklə 369,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix05.07.2023
ölçüsü369,55 Kb.
#135798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
USLUBIY QO

 
5. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash 
Mavzu bo`yicha to`plangan adabiyotlar, tajriba sinov ishlari 
natijalari, statistik ma`lumotlar to`liq tahlil qilingandan so`ng BMIni 
yozish boshlanadi. BMIni yozishdan oldin materiallarni izchillik bilan 
bayon etish uchun reja tuziladi. Rejada mantiqiy ketma-ketlikni saqlagan 
holda masalaning qo`yilishi, uni hal qilish yo`llari, olib borilgan 
izlanishlar natijalari, chiqarilgan xulosalar, takliflar aniq va ravshan 
bayon qilinadi.
 
5.1 Bitiruv malakaviy ishni hajmi va tuzilishi 
Amaldagi «Oliy o`quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishni 
bajarishiga qo`yilgan talablar»da bitiruv malakaviy ishining har bir 
bo`limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritilishi


13 
tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so`z hajmida bo`lishi va 
qo`lyozma tarzida rasmiylashtirilishi ta`kidlangan.
Universitetda bajariladigan BMIlarda to`plangan materiallar 
quyidagi ketma-ketlikda joylashtirilishi lozim: 

Jild varag`i (titul varaq). 

Kirish qismi. 

Asosiy qism boblari. 

Xulosa va tavsiyalar.

Foydalanilgan manbaa va adabiyotlar ro`yxati. 

Ilovalar. 

Mundarija. 
Jild (titul) varag`i BMIning birinchi beti bo`lib, unda vazirlik, oliy 
o`quv yurti nomi fakul’tet va kafedra, muallifning familiyasi, ismi va 
otasining ismi (12 shrift), ta`lim yo`nalishi (12 shrift), ish mavzusi (16 
shrift), ilmiy rahbarning familiyasi ismi va otasi ismining bosh harflari, 
ilmiy darajasi va unvoni (barchasi 12 shrift) keltiriladi. 
BMI A-4 (210 x 297 mm) oq qog`ozga chap tomondan 25 mm, 
o`ng tomondan 15 mm, yuqoriva pastki tomondan 20 mm qoldirilgan 
holda yoziladi. BMIning matni qog`ozning bir tomoniga har sahifaga 
26-29 qator yoziladi. Barcha satr osti izohlari tegishli sahifada 
keltiriladi. Har bir bob, jumladan kirish va xulosa qismlari, ilovalar 
yangi sahifadan boshlanadi. Bobning nomi va matn orasi yaqqol ajralib 
turishi lozim, bobdagi sarlavhalar bobning tartib raqami bilan boshlanib 
unda so`zlarning bo`g`in ko`chirilishiga yo`l qo`yilmaydi. 
Sahifa tartib raqami varaqning yuqori o`ng qismida keltiriladi. 
BMIda keltirilgan hamma boblar va qismlarga, shuningdek ilovalarga 
ham tartib raqami qo`yiladi. Jild varag`i 1-bet hisoblanadi, unga tartib 
raqami qo`yilmaydi.
BMIda formulalar ishlatilganda, ular o`lchami 7-8 mm katta 
harflar bilan belgilanadi, kichik harflar bilan 4 mm, daraja va 
indekslarga belgi o`lchami 2 mm dan kam bo`lmasligi talab etiladi 
BMIning kirish qismida mantiqiy ketma-ketlikda quyidagi 
masalalar yoritilishi lozim. 

Mavzuning dolzarbligi va uning ahamiyati. 


14 

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. 

Tadqiqotning o`rganilganlik darajasi. 

Tadqiqot ob`ekti va predmeti 

Ishning amaliy ahamiyati. 

BMIning tuzilishi haqidagi umumiy ma`lumotlar. 
BMIning asosiy qismi odatda 2-3 bobdan iborat bo`lib ularda 
muammoning ilmiy nazariy asoslari, o`rganilganlik darajasi, muammoni 
hal etish bo`yicha tavsiyalar, tajriba-sinov materiallari, olingan natijalar 
va ularning tahlili keltiriladi. 
Asosiy qism boblarida talaba tomonidan to`plangan materiallar, 
statistik ma`lumotlar, iqtisodiy ko`rsatkichlar tahlil qilinadi, shuningdek 
olingan natijalar, yangiliklar, g`oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi 
va oldin e`lon qilingan manbalar bilan taqqoslanadi. Ayniqsa, olingan 
natijalarning yangiligi va ishonchlilik darajasi yaqqol ko`rsatilishi zarur. 
Agar talaba olgan natijalarni tanqidiy baholay olsa, BMIning qiymati 
yanada oshadi. Asosiy qism betlarida rasmlar, chizmalar va jadvallar 
matn ichida ham keltirishi mumkin. 
BMIning xulosa qismida ish bo`yicha chiqarilgan xulosa, taklif va 
tavsiyalar yoritiladi. Xulosa, taklif va tavsiyalar aniq, lo`nda, tushunarli 
bayon etilishi kerak. 
Davlat atestatsiyasi komissiyasi BMIni baholashda uning xulosa 
qismida aniq amaliy taklif va tavsiyalar berilganligiga alohida e`tibor 
berishi lozim. Amaliy taklif va tavsiyalar bevosita ishlab chiqarishda, 
ta`lim, atrof-muhitni himoya qilish, ma`naviy-marifiy soha, sog`liqni 
saqlash, iqtisodiyot, fan-muhandislik, sanoat va qishloq xo`jaligi 
sohalarida qo`llash holatlarda satr osti izohlari beriladi. (5-ilova). 
Satr osti izohlari sahifa so`ngida berilib, matnda har bir sahifa 
uchun ketma-ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan 
belgilanadi. 
BMIni yozish jarayonida bitiruvchi adabiyotlarda keltirilgan 
boshqa olim va mutaxasislarning fikrlarini keltirishi mumkin. Bunday 
hollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo`yiladi. 


15 
BMIlarda ayrim holatlarda mavzuga oid qonunlar, hukumat 
qarorlari, me`yoriy hujjatlar yoki boshqa manbalardan aynan 
ko`chirmalar keltiriladi. Bunday holatlarda satr osti izohlari beriladi. 
Satr osti izohlari sahifa so`ngida berilib, matnda har bir sahifa 
uchun ketma-ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan 
belgilanadi. 

Yüklə 369,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin