Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi Tizimning qо‘llanilish sharoiti va mohiyati



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə1/5
tarix04.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#93303
  1   2   3   4   5
13-Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi


Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi
Tizimning qо‘llanilish sharoiti va mohiyati
Bu tizimning boshqa tizimlardan farq qiladigan asosiy xususiyati shundan iboratki, blokdagi qazib olish bо‘shlig‘i qazish ishlari rivojlangan sari massivdan ajratilgan ruda bilan tо‘ldirib boriladi. Yumshatilgan ruda massivdagi holatiga nisbatan katta hajmdagi joyni egallaydi. Shuning uchun massivdan ajratilgan ma’lum miqdordagi ruda (rudaning yumshanuvchanlik koeffitsintiga bog‘liq holda 30 % atrofida) tashish gorizontidagi shtrekga chiqariladi. Kamera shipi bilan massivdan ajratilgan ruda uyumi о‘rtasida balandligi 2 m ga yaqin bо‘shliq kamera chegarasigacha qoldiriladi. Xodimlar massivdan ajratilgan va kamerada qoldirilgan rudaning ustidan turib ish faoliyatini olib boradi. Shunday ekan yumshatilgan va kamerada qoldirilgan ruda – qazib olish joyi vazifasini bajaradi.
Kameraning yuqori chegarasigacha bо‘lgan ruda zahirasi massivdan ajratilgandan sо‘ng, rudaning hammasi kameradan chiqariladi. Hosil bо‘lgan bо‘shliq odatda ochiq qoldiriladi va bо‘shliqni ushlab turuvchi seliklar bilan saqlanadi. Juda kam hollarda tо‘lg‘azma materiallari bilan yoki seliklarni yoppasigi portlatib, bо‘shliq tо‘ldiradi.
Blokni qazib olish jarayonida massivdan ajratilib kamerada qoldirilgan ruda kamera yon tomonidagi puch tog‘ jinslarning qatlam-qatlam bо‘lib kо‘chishiga tо‘sqinlik qiladi.
Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimi ruda va rudani qamrab olgan tog‘ jinslari mustahkam va turg‘un bо‘lgan holatlarda qо‘llaniladi. Massivdan ajratilgan ruda qayta zichlanib qolmaslik, oksidlanmaslik va о‘z–о‘zidan yonmaslik kabi xossalarga ega bо‘lmasligi talab etiladi. Ruda tanasining yotish burchagi 55–60° dan kam bо‘lmasligi shart. Bu tizim bilan yotish burchagi keskin qiya, qalinligi 0,5 m dan 5 m gacha bо‘lgan tomirsimon ruda konlarini qazib olishda yuqori samaradorlikga erishiladi.
Rudaning qiymati faqat variantlarini tanlashga ta’sir etadi. Qimmatbaho rudalarni qazib olishda ularning yо‘qotilish miqdorini kamaytirish uchun qavatlaro va kameralararo qoldirilgan seliklar tirgak mustahkamlagichlar bilan almashtirilishi mumkin.
Tomirsimon konlarni qazib olishda, magazinlash qazib olish tizimi MDH davlatlarida 50 % ga yaqinini tashkil etadi.
Bu tizim, tomirsimon konlarni qazib olishda AQSH, Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan qazib olish tizimlaridan biridir.
Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimlarining turli variantlari bir-biridan, rudani massivdan ajratish usuli bо‘yicha farq qiladi. Magazinlashtirib qazib olish tizimlarini bu belgisi bо‘yicha quyidagi guruxlarga bо‘lish mumkin:

  1. rudani shpurlar oqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi;

  2. rudani chuqur skvajinalar orqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi;

  3. rudani maxsus lahimlar orqali massivdan ajratish bilan magazinlashtirib qazib olish tizimi.

Tomirsimon konlarni qazib olishda ushbu tizimlarni rudani magazinlashtirish usuli bо‘yicha ikki guruxga ajratish mumkin:
1) tо‘liq magazinlashtirish tizimlari – massivdan ajratilgan ruda bilan qavat (blok)ning butun balandligidagi qazib olish bо‘shlig‘i tо‘ldiriladi.
2) qisman magazinlashtirish tizimlari – massivdan ajratilgan ruda bilan blokning butun balandligi emas, balki uning bir qismi (nimqavtni, qatlami) tо‘ldiriladi.
Rudani qisman magazinlashtirish holatlarining turli kо‘rinishlarini birinchi sinfga mansub ochiq bо‘shliqli qazib olish tizimlariga tegishli ayrim ship pog‘onali va yoppasiga (tirgak mustaxamlagichlar о‘rnatib bevosita ular ustida) qazib olish tizimlarida uchratishimiz mumkin.
Qalin ruda tanalarini qazib olishda magazinlashgan kamerani ruda tanasi chо‘ziqligi yо‘nalishida yoki unga kо‘ndalang joylashishiga bog‘liq xolda ushbu tizimlarni ikkiga ajratishimiz mumkin.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin