16
To`plamdagi maqola nomi to`plam nomidan //
belgisi bilan
ajritiladi.(6 ilova)
Jurnaldagi maqolalar uchun:
-muallifning familiyasi, ismini bosh harfi;
-maqola nomi;
-jurnal nomi;
-yili, nomeri;
-betlari;
Maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
BMIda foydalanilgan manbalar adabiyotlar ro`yxatida alfavit
bo`yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma`lumotlarni
internetdan
olgan bo`lsa, muallif va ishning nomidan keyin Web sayti
ko`rsatiladi.(6-ilova).
Ishda keltirilgan adabiyotlar ro`yxati lotin alfaviti bo`yicha
adabiyotlar ro`yxatining oxirida keltiriladi.(6-ilova)
5.3. Jadval, rasm va chizmalarga qo`yiladigan talablar
BMIlarda jadval, rasm va chiziqlar
matn ichida yoki ilovada
keltirilib, ular ishning mohiyatini to`la ochish uchun xizmat qiladi.
Amaldagi Nizomlarda chizma va rasmlarning o`lchami, shrifti va ularga
beriladigan sharhlar davlat standartlariga qat`iy muvofiq kelishi
ko`rsatilgan.
BMIda beriladigan jadval, rasm va chiziqlar
quyidagi talablarga
javob berishlari lozim.
Sonlar
bilan
ifodalangan
ma`lumotlar
BMIda
jadval
ko`rinishida beriladi (7-ilova). Har qaysi jadval alohida nomlanib, uning
nomi bosh harf bilan yoziladi. Jadval ustunlari ichidagi so`zlar ham bosh
harf bilan, undan keyin so`zlar esa oddiy (kichik) harf bilan boshlanadi.
Qator oralig`i 8 mm dan kam bo`lmasligi kerak.
Jadvalning chap tomonidan joylashgan ustundagi so`zlar ham
bosh harf bilan boshlanadi.
Har bir bobdagi jadvallar arab raqamlari bilan alohida belgilanadi
(1.1-jadval, 2.5-jadval, 3.1-jadval). Jadval boshqa betda davom ettirilsa
«jadvalning davomi» iborasi keltiriladi.
17
Rasmlar o`lchami 6x9, 9x12, 12x15sm bo`lishi kerak. Ular oq-
qora, rangli bo`lishi mumkin. Rasmlarda keltirilayotgan ob`ekt aniq
ko`rinish kerak. Rasmlar ham bo`lim (bob) bo`yicha arab raqamlari
bilan belgilanadi (1.1 rasm, 3.4 rasm). Rasm
biror manbaadan olingan
bo`lsa manba ko`rsatilishi zarur.
Chizmalar A4 formatli qog`ozda bajarilib, o`lchami, shrifti,
davlat standartiga mos kelishi lozim. Chizmalar ham bob bo`yicha arab
raqamlari bilan qayd etiladi (1.1 chizma, 2.2 chizma).
Dostları ilə paylaş: