O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Tog’ay Murodning “Ot kishnagan oqshom”qissasi qahramoni



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
499. Tog’ay Murodning “Ot kishnagan oqshom”qissasi qahramoni 
Ziyodullaning eng yaqin do’sti, sirdoshi kim? Siz u haqda nimalar bilasiz? 
Tog’ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasi qahramoni Ziyodullaning 
eng yaqin do’sti, sirdoshi bu – Tarlon. Ziyodulla insonlardan ko’rmagan mehr-
oqibatni shu otidan ko’radi. Bu otni yozuvchi Tog’ay Murod xuddi tirik odamday 
o’ziga xos “xarakteri”, “qismati” bilan gavdalantiradi. “O’zbekiston Qahramoni” 
Said Ahmad yozganiday, Tog’ay Murodning Tarloni Tolstoyning Xolstomeri, 
Aytmatovning Gulsarisi qatoriga kelib qo’shildi. 
500. Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasi qachon va qanday 
mavzuda yozilgan? 
Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasi 1980-yilda yozilgan. 
Bu asarida adib sho’ro davri adabiyotida avj olgan so’z san’atini, qahramonlarni 
haddan tashqari mafkuraviylashtirish, ijtimoiylashtirish tamoyiliga qarshi yo’ldan 
boradi, buning uchun boshqa aqidaparast tanqidchilarning qattiq qarshiligi va 
e’tiroziga uchraydi.
71
Bu haqda qarang: S. Ahmedov, R. Qo’chqorov, Sh. Rizayev. Adabiyot. Umumiy ta’lim maktablarining 6-sinfi 
uchun darslik-majmua. Toshkent, “Ma’naviyat” 2013. 124-149-betlar. 


Qissa qahramonlari – Qoplonbek va Oymomo atrofdagilarga faqat yaxshilik 
tilaydigan, umrini ezgulikka baxshida etgan olijanob qalb egalaridir. Asarda buyuk 
muhabbat bilan bir-biriga mangu bog’langanbu go’zal insonlarning butun hayot 
yo’li oydinda aytilgan qo’shiqday tarannum etiladi. Qoplonbekka cheksiz kuch-
quvvat, mardlik va shijoat, Oymomoga behad go’zallik ato etgan ona tabiat, afsus, 
ularni farzand ne’matidan bebahra qilgandi. Ular umrbod mana shu ne’mat ilinjida 
yashashadi, ne-ne gap-so’zlarga, g’iybat-pichinglarga chidashadi. O’zlarini tabib-u 
do’xtirlarga ko’rsatishadi, najot izlab bormagan joylari qolmaydi. Farzand istagi
shu qadar kuchli ediki, yoshi o’tib, keksayib qolgan Oymomo qo’shni kelinning 
beshikdagi bolasini ovutib o’tirganda, qup-quruq ko’ksiga birdan sut keladi. Ayol 
so’nggi nafasidagina onalik baxtidan bir lahza totinadi-yu, dunyodan ko’z yumadi. 
Hayotning o’zidan olingan bu ikki shaxs odam bolasi emas, balki farishtani 
eslatadi. Qissaning tug’ilish tarixi ham sirli holatlar bilan bog’liq. “Yurtimiz tog’ 
etagida So’fi Olloyor qabri bor. Shu qabr qabatida tog’chorbog’ bor. Men bir 
qishni ona-yurtim chorbog’ida o’tkazdim. So’fi Olloyor bobo bilan qabatma-qabat 
yotib, “Oydinda yurgan odamlar” nomli qissa bitib keldim”, - deb eslaydi muallif. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin