O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Shukur Xolmirzayevning qanday romanlarini bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   187
489. Shukur Xolmirzayevning qanday romanlarini bilasiz? 
 
Shukur Xolmirzayev ko’plab hikoya va qissalar yozgan. Bundan tashqari,
adib “So’nggi bekat” (1976), “Qil ko’prik” (1984), “Yo’lovchi” (1987), “Olabo’ji” 
(1991), “Dinozavr” (1996) kabi qator romanlar ham yozdi. Bu romanlar o’zbek 
romanchiligi taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutadi. 
Mavzu: Rauf PARFI (O’ZTURK) 
 
490. Rauf Parfining yangi o’zbek adabiyotidagi o’rni haqida nimalar bilasiz? 
XX asrning 60-yillar o’zbek she’riyatida kechgan yangilanish jarayonini 
“O’zbekiston xalq shoiri” Rauf Parfi ijodisiz tasavvur etish qiyin. Ijodkor, bir 
tomondan, o’ziga qadar bo’lgan o’zbek she’riyati an’analarini, ayniqsa, Oybek, 
Mirtemir, Asqad Muxtorning she’riy izlanishlarini, ikkinchi tomondan, Nozim 
Hikmat, Garsiya Lorka singari xorijiy shoirlar ijodini mehr bilan o’rgandi hamda 
ularning hech biriga o’xshamagan, o’ziga xos shoir bo’lib yetishdi.
Rauf Parfi – O’zturk 1943-yilning 27-sentabrida Toshkent viloyatining Yangi 
yo’l tumaniga qarashli Sho’ralisoy qishlog’ida tug’ildi. Otasi – Parfi Muhammad 
Amin savodli, qalb ko’zi ochiq bo’lib, Farg’onaning Vodil qishlog’idan sho’rolar 
quvg’ini tufayli Sho’ralisoyga kelib qolgan. Onasi – Sakinaxonim Isabek qizi ham 
zavqi baland, kitob ko’rgan, mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo’lib, u kishi ham 
asli Farg’onadan edi. 
491. Rauf Parfining “Turkiston yodi” she’ri qanday mavzuga bag’ishlangan? 
Rauf Parfi “Turkiston yodi” she’rini 1981-yilda yozgan. “Turkiston” so’zini
o’sha vaqtda tilga olish, turkiy xalqlarning bir davlatga aylanishini orzu qilish va 
she’rning qon tomirlariga shu orzuni singdirib yuborish yomon oqibatlarga olib 
kelishi mumkin edi. Shoir o’ta qaltis orzusini pardalash uchun Qozog’istondagi 
Turkiston shahrini she’r markaziga olib chiqqan. Turkistonni atoqli o’zbek shoiri 
Mirtemirning kindik qoni to’kilgan tuproq, ulug’ bobomiz Ahmad Yassaviyning 
abadiy manzili bo’lganligi unga qo’l kelgan: 
 
 
Yassaviy maqbari mung’aymish mag’rur, 
 
 
Tovushga aylandi har bir g’isht rangi. 
 
 
“Dunyo mening, deganlar...” Nido kelur, 
 
 
“Karkas qushdek...” Qadim so’zlar jarangi... 


 
Yassaviyning bundan necha asr ilgari o’ziga zamondosh kimsalarga nisbatan 
aytgan bu so’zlari sho’ro davri va shu davrning korchalonlariga ham qaratilgandek 
jaranglaydi. Agar Alloma o’z davridagi chidab bo’lmas riyodan, makrdan, turli 
munofiqlikdan tarkidunyo qilishga majbur bo’lgan bo’lsa, Mirtemir sho’ro davrida 
boshiga tushgan chidab bo’lmas kulfatlardan, razolatdan, malomatdan to’yib, “men 
yig’lab bo’ldim”, degan. Turkiston bu ikki siymoning vatani sifatida ham, turkiy 
xalqlarning tarixiy manzili sifatida ham ko’p adolatsizliklarga, haqsizliklarga 
guvoh bo’lgan – hammasiga chidagan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin