O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar. 
1.
“Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” fanining maqsadi ayting? 
2.
“Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” o‘quv fanining vazifalarini ayting? 
3.
“Og`ishgan xulq” tushunchasini izohlab bering? 
4.
Qanday axloqni me`yoriy deb hisoblash mumkin? 
5.
"Ijtimoiy me`yor" tushunchasini taxlil qiling? 
6.
Dеviаnt vа kriminаl хulqni izohlab bering. 
2-MAVZU: SHAXS OG`ISHGAN XULQINING PSIXOLOGIK 
MEXANIZMLARI. 
Reja: 
1.Og`ishgan xulqqa ekzistensial- gumanistik yondashuv.
2.Og`ishgan xulqning psixodinamik jihatlari.
3.Og`ishgan xulq tarbiya natijasi sifatida.
Tayanch tushunchalar:
biologik omillar, irsiy belgilar, ishtimoiy birlik, 
ekzistensional-gumanistik yondashuvlar, psixodinamik aspektlari. 
 
1. Og`ishgan xulqqa ekzistensial- gumanistik yondashuv.
Gumanitar fanlar 
statistik bilan bir qatorda shaxs axloqining me`yoriyligi nome`yoriyligini 
baholashning maxsus mezonlaridan ham foydalaniladi ammo ularni quyidagicha 
taxlil qilamiz: psixopatologik, ijtimoiy-me`yoriy va individual-psixologik. 
1.Psixopatologik mezon
lardan tibbiyotda foydalaniladi. Uni shaxsning 
og’ishgan xulqi va boshqa sohalarda qo’llashga qiziqtiradigan narsa mavjud. 
Ehtimol, bu deviant xulq tadqiqotlarining an’anaviy ravishda klinik sharoitlarda olib 
borilishi bilan bog’liqdir, medikamentoz terapiya esa bunday holatlarda keng 
tarqalgan edi. Psixopatologik mezon nuqtai nazaridan barcha axloqiy ko’rinishlarni 
ikkiga: "sog’lik — kasallik" ma’nosida me`yoriy va patologiyaga ajratish mumkin. 


12 
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining nizomida sog`lik "kasallik va jismoniy 
nuqsonlarning yo’qligi sifatidagina emas, balki to’liq jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy 
farovonlik holati" sifatida ta’riflanadi.
Kasallik - "organizmning tuzilmasi va funksiyasidagi zararlar uning 
to’ldiruvchi-moslashuvchi mexanizmlarida sifatli-o’ziga xos shaklida reaktiv 
mobillashuv davrida ichki va tashqi omillar ta’siri ostida o’z oqimida buzilgan 
hayot; kasallik ko’pincha bemor hayotiy faoliyatida ozodlikning cheklanishi va 
muhitga moslashuvning umuman yoki qisman susayishi bilan xarakterlanadi". 
Bunda patologiya - tibbiy me`yorlar mazmunida "me`yordan har qanday og’ishdir". 
Yoki boshqacha aytganda "bu aniq nozologik birliklarning umumiy nomi", ya’ni 
kasallik va uning belgilari tasnifida sanab o’tishgan holatlardan biriga mos tushadi. 
Kasalliklar tasnifida og’ishgan xulq alohida fiziologik birlik sifatida 
ajratalmagan, shubhasiz, u na patologiyaning shakli, na qat’iy belgilangan tibbiy 
tushuncha hisoblanadi. Ayni damda og’ishgan xulq me`yor va xarakter 
aksentuatsiyasi, vaziyatli reaktsiya, rivojlanishning buzilishi, kasallik oldi kabi 
patologiya o’rtasida yotuvchi ko’rinishlar qatorida keng ko’rib chiqiladi. Sanab 
o’tilgan shakllar muammoning xarakteri bilan uyg’unlashgan murakkabliklar va 
tashxisiy belgilarning noaniqligi bilan xarakterlanadi. Masalan, "xarakter 
aksentuatsiyasi - bu uning me`yorida boshqalarga nisbatan yaxshi va hatto ko’tarinki 
mustahkamlikda psixogen ta’sirlarning muayyan turiga munosabatda tanlangan 
zaiflik ma’lum bo’ladigan alohida chiziqlari o’ta kuchaytirilgan oxirgi variant.
Ma’lumki, qator holatlarda aksentuatsiya qonunga qarshi harakat, suisidal axloq, 
giyohvand moddalarni iste’mol qilish kabi og’ishgan xulq bilan uyg’unlashadi. Ayni 
damda aksentuatsiyalangan xarakterli ko’pchilik odamlarning axloqi og’ishgan 
hisoblanmaydi.
K.Leongardning fikriga ko’ra rivojlangan davlatlarda aholining 50 % foiziga 
aksentuatsiya xosdir. Bunda ularning ko’pchilik qismi me`yoriy axloqni namoyish 
qiladi va hatto jamiyat oldida alohida xizmatlarga ega. Shunga o’xshash psixik 
patologiya (psixopatiya, nevrozlar, psixozlar va h.k.) sohasidagi istalgan izdan 
chiqish har doim ham og’ishgan xulq bilan bog’liq emas. Ba’zi holatlarda psixik 


13 
kasalliklar patogen moslashmaslikni keltirib chiqargan holatda axloqiy buzilishlar 
bilan birga borishi mumkin. Psixik parokandalikning boshqa holatlarida axloqiy 
og’ish bo’lmaydi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin