5
Muayyan inson axloqida ijtimoiylashuvning istalgan variantida axloqning
umumiy tavsifnomasidan foydalanib, quyidagilarni ifodalash mumkin:
asoslanganlik - shaxsning ehtiyojlari va maqsadlariga yo’naltirilgan
harakatlanishga ichki tayyorlik;
o’xshashlik - aniq vaziyat bilan kelishish;
moslashish - ijtimoiy muhitning yetakchi talablariga muvofiqlik;
haqqoniylik - individuallik axloqining mosligi, uning ushbu shaxs uchun
tabiiy ekanligi;
mahsuldorlik - ongli maqsadlarni amalga oshirish.
Shaxs xulqining shunday belgalari borki, ular anchagina xususiy, biroq kam
bo’lmagan ahamiyatga egadir:
-
faollik darajasi (energiyalilik va tashabbuskorlik);
-hissiy ifodalanganlik (namoyon etilayotgan affektlarning kuchi va xarakteri);
-
jo’shqinlik;
-turg’unlik (turli vaqt va turlicha vaziyatlarda ko’rinishlarning doimiyligi);
-
onglilik (o’z axloqini tushunish uni so’z bilan tushuntira olish qobiliyati);
-
ixtiyoriylik (o’z-o’zini nazorat);
-
egiluvchanlik (muxitaing o’zgarishiga javoban axloqni o’zgartirish).
Dostları ilə paylaş: