62
Zamonaviy avtomobillarga o‘rnatilayotgan osmalarni ularning
kinematik xususiyatlariga qarab ikki turga ajratish mumkin:
1.
Nomustaqil – bir g‘ildirakda qabul qilingan turtkilar
ikkinchisiga uzatiladi.
2.
Mustaqil – g‘ildiraklarda vertikal harakat vaqtida bog'lanish
yo‘q.
Ikkala turdagi osmalar kinematik xususiyatlariga qarab uch
guruhga bo‘linadi: a) g‘ildirak avtomobilning bo‘ylama o‘qiga tik
tekislikda tebranadi; b) g‘ildirak avtomobilning bo‘ylama o‘qiga
parallel tekislikda tebranadi; d) g‘ildirak avtomobilning bo‘ylama
o‘qiga burchak ostida tebranadi.
Osmalar guruhi avtomobilning oldingi va ketingi o‘qlarida bir
xilda ishlatilib, har xil konstruktiv ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
14.3. Ishni bajarishda ishlatiladigan asbob va uskunalar
1. Yengil avtomobillarning kuzov, dvigatel va shassi bilan birga
qirqimdagi laboratoriya stendi.
2. Osma konstruksiyasining detallari.
3. Osma konstruksiyalarini yorituvchi plakatlar majmui.
Dostları ilə paylaş: