15.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Rama.
Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya,
yurish qismi, boshqarish tizimlari o‘z vazifasini bajara olishi uchun
biror qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda
yukni va yo‘lovchini ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida
haydovchiga ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak.
15.1 – rasm. Avtomobil ramasining umumiy tuzilishi: a – lonjeronli;
b – umurtqasimon; 1 – lonjeron; 2, 4 – ko‘ndalang to‘sincha;
3 – tortish-ilashtirish qurilmasi; 5 – buffer; 6 – ilgak; 7 – to‘sin.
Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat,
uzellarni joylashtirish kerak.
Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib, ramasiz
konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi.
Rama avtomobilning kuzovi, kabinasi, transmissiya agregatlari va
h.k.larni biriktirish uchun kerak. Transport vositasining harakati
davrida rama ustidagi yukning og‘irligi, itaruvchi, burovchi kuch va
66
momentlar, yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan dinamik turtkilarni
qabul qiladi.
Kuzov.
Avtomobilda shunday qism ham bo‘lishi zarurki, u
yukni, yo‘lovchilarni (yengil avtomobil va avtobuslarda) joylashtirish
hamda ularni tashqi atrof-muhit ta’siridan saqlab, turish kerak. Bu
vazifani kuzov bajaradi. Kuzovlarning vazifasi bo‘yicha yuk uchun
(yog‘och yoki temir platforma), yo‘lovchilar uchun, yuk va yo‘lovchi
uchun va maxsus turlari bo‘ladi.
15.2 – rasm. Yengil avtomobilning ko‘tarib turuvchi kuzov karkasi
Ko‘priklar
o‘rtadagi vositachi agregat bo‘lib, bir tomondan
kuzov (rama)dan tushgan og‘irlikni g‘ildiraklarga uzatsa, ikkinchi
tomondan yo‘l notekisliklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni kuzov
(rama)ga beradi.
Ko‘priklarning vazifasi kuzov va ramani ularning yuklari bilan
ushlab turish hamda ulardan tik yo‘nalishda ta’sir etuvchi yuklamani
g‘ildiraklarga uzatish, shu bilan bir vaqtda g‘ildirakdan kuzov
(rama)ga tortuvchi, tormozlovchi, yondan ta’sir etuvchi kuchlarni
uzatishdir.
G‘ildiraklarga qo‘yilgan vazifasiga ko‘ra ko‘priklar yetakchi,
yetakchi-boshqariluvchi,
boshqariluvchi,
ushlab
turuvchi,
kombinasiyalashgan turlariga bo‘linadi.
67
15.3 – rasm. Yetakchi ko‘priklar: a – ikki qismli; b, d – yaxlit;
1 – g‘ilof; 2, 3 – karter bo‘laklari; 4 – tayanchlar; 5, 6, 12 – flaneslar;
7 – chashka; 8, 10 – kronshteynlar; 9, 13 – balkalar; 11 – truba(quvur).
Gildirak
avtomobilning shinasi va o‘qi o‘rtasidagi bog‘lovchi
zveno
hisoblanib,
shinani
o‘rnatish uchun kerak bo‘ladi.
Avtomobillarda diskli g‘ildiraklar ishlatiladi. U ikki qismdan iborat:
disk va obod. Disk yig‘ilgan g‘ildirakni baraban shpilkalariga
mahkamlash uchun obod esa pnevmatik shinani joylashtirish uchun
xizmat qiladi.
G‘ildiraklar ikki turli bo‘ladi: chuqur-bir butun va tekis-
bo‘laklarga ajraladigan.
Bir butun g‘ildiraklar yengil avtomobillarda ishlatilib, unda
shinani joylashtirish uchun chuqurlik va bort bor. Bo‘laklarga
ajraladigan g‘ildiraklar yuk avtomobillari va avtobuslarda qo‘llanilib,
shinani joylashtirish o‘ngay bo‘lishi uchun bitta borti ajraladigan qilib
yasaladi. Ajraladigan bort kesilgan elastik qulf-halqa bilan
mahkamlanadi. Ba’zi avtomobillarda esa (GAZ) bitta bortni ajratib
olish mumkin bo‘lib, shina joylashtirilgandan so‘ng boltlar yordamida
yig‘iladi. Hozirgi yuk avtomobillarida kengaytirilgan polkali va
disksiz g‘ildiraklar ham ishlatilmoqda.
68
15.4 – rasm. G‘ildirak tuzilishi: a – kamerali shina (1 – kamera;
2 – obod lentasi; 3 – pokrishka); b – kamerasiz shina (1 - rezinali
qatlam; 2 – bort qatlami; 3 – shina ventili); d – pokrishka
konstruksiyasi(1 – karkas; 3 – protektor 2 – breker; 4 – yon tomon;
5 – o‘zakli bort).
Shinalar
g‘ildirakning yo‘l notekisliklaridan qabul qilgan
turtkilarni yumshatib va so‘ndirib, avtomobilning yurishidagi
ravonligini yaxshilaydi. Shina g‘ildirak obodiga o‘rnatilib, ular
kamerali va kamerasiz; yuqori va past bosimli; diagonal va radial
kordli oddiy hamda arkali shina, pnevmokatok tipida bo‘ladi.
Shinaning tuzilishi asosini karkas tashkil etib, chetlari o‘zakga
ega bort bilan tugaydi. Karkasning ustki qismida yostiqsimon qatlam
bor. Karkas rezina-kord materialdan tayyorlanib, uning o‘zak va
bortlari pokrishkani obodga mahkamlash uchun kerak. Kord iplari
rezina bilan qoplangan viskoza, kapron yoki neylon iplardan iborat
bo‘lib, uning diagonal yoki radial joylashishiga qarab, shinalar
diagonal yoki radial kordli bo‘ladi. Karkasning usti va yon qismi
69
protektor rezinasidan iborat. Protektor shinaning vazifasi va kaysi tip
avtomobilga o‘rnatilishiga qarab turli xil bo‘rtma rasmga ega.
Dostları ilə paylaş: |