O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Anorganik dunyo yoki notirik tabiat



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Anorganik dunyo yoki notirik tabiat
da fizikaviy va ximiyaviy aloqadorliklar hukmronlik qiladi, shu tufayli 
notirik tabiatdagi qonuniyatlar shu tabiat fanlari doirasida cheklangan bo’lib, tirik dunyoga nisbatan passiv va tashkiliy 
uyushganligi past darajada bo’ladi. 
Tirik tabiatda ya’ni organik dunyo
da esa biologik aloqadorliklar ham qatnashganligi sababli uning uyushganlik 
darajasi yuqoriroq, faolroq va murakkabroq tuzilgan bo’ladi. 
Ijtimoiy dunyo
darajasida esa, yuqorida aytilgan aloqadorliklardan tashqari, jamiyatga xos bo’lgan ijtimoiy 
aloqadorliklar ham ishtirok etadi. Bunday dunyoning tuzilishi nihoyatda murakkab bo’lib, borliq bu darajada o’zining 
o’ta uyushganligini, nisbiy mustaqilligini va yuqori darajada faolligini namoyish qiladi. Bu dunyoning strukturaviy 
elementi bo’lgan har bir inson jamiyatga xos bo’lgan barcha aloqadorliklarni o’zida aks ettiradi va ijtimoiy 
munosabatlarda, aloqadorliklarda ongli ravishda, maqsadga binoan, muayyan mo’ljallarni oldindan belgilagan holda 
harakat qiladi. 
Bu borada oddiy bir misol keltiraylik. Masalan, qo’lingizdagi kitobni ham har xil, bir-biriga o’xshamaydigan, 
ammo bir kasbdagi olim va mutaxassislar yozishgan. Agar siz, masalaga ijtimoiy dunyoning tuzilishi nuqtai nazaridan 
baho bermoqchi bo’lsangiz, unda mazkur kitobning qaysi qismi qanday yozilgani, kimning qanday fikrlashi, mavzuni 
sodda va xalqchil tushuntira olishi yoki murakkab tilda bayon qilishiga e’tibor bering. Shunda masala biroz 
oydinlashadi. Xuddi shunday holni sizga turli fanlardan dars berayotgan o’qituvchilar misolida ham kuzatishingiz 
mumkin. Keyin esa, o’zingiz va o’rtoqlaringizning darslarga, kitoblarga, ularni o’zlashtirib, o’qib va uqib olishga, 
hayotga munosabatingizga vijdonan baho bera olsangiz, bu boradagi murakkab jarayonlarni muayyan darajada to’g’ri 
anglab olishingiz mumkin. Holbuki bu — bor-yo’g’i siz, o’qituvchilaringiz va mazkur kitobni yozgan kishilar hayotining 
kichik bir qismidagi jarayonlar, xolos. Hayot esa nihoyatda murakkab, unda bir vaqtning o’zida, birvarakayiga 
qanchadan-qancha voqea va hodisalar kechadi. Masalan, siz hozir ana shu satrlarni o’qiyapsiz, jismingiz va 
xayolingizda, atrofingizda, siz bilan birga yashayotgan, siz biladigan va bilmaydigan odamlar jismi, ongi va qalbida 
ne-ne o’zgarishlar, jarayonlar kechmoqda... Demak, tabiat doimiy o’zgarishda va harakatda, bir holatdan ikkinchi 
holatga o’tishda, rivojlanishda va taraqqiyotda. Siz va bizning umrimiz esa, ana shu cheksizlikning bir lahzasi, jismimiz 
va jonimiz ham azaliy va abadiy o’zgarishlar jarayonidagi olamning mo’jizasidir. Bu olamda aynan siz va bizning 
dunyoga kelganimiz ham ana shunday mo’jizadir. Biz esa mana shu yorug’ olamda o’tganlarning kelajakdagi avlodlar 
bilan bog’lanishida bir halqamiz, xolos va aynan ana shunday bo’lganligi uchun ham tabiat, jamiyat, rivojlanish va 


taraqqiyot qarshisida doimiy qarzdormiz. Bu qarzdorlik dunyoga bizgacha kelganlar va ketganlar, keladiganlar va 
kelmaydiganlar, kela olganlar va kela olmaganlar ruhi qarshisidagi chuqur mas’uliyat hissidir. 
Inson tomonidan nom qo’yilgan dunyolar
hech qachon bir-biridan ajralib, alohida holda mavjud bo’lmagan. 
Ular 
ham bir-biri bilan uzviy aloqadorliklarda bo’ladi va ularning biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Odatda, kamroq 
aloqadorliklarga ega bo’lgan sistema unga nisbatan ko’proq aloqadorliklarga ega bo’lgan sistemaga qarganda 
murakkabroq va tashkiliy jihatdan uyushganroq bo’ladi. Bu erda ham ana shu qoida amal qiladi. 
Anorganik dunyoda in’ikosning eng sodda va quyi shakli — mexanik in’ikos faoliyat ko’rsatsa, organik dunyoda 
unga nisbatan murakkabroq ko’rinishdagi biologik in’ikos namoyon bo’ladi. Bunday in’ikosning o’ziga xos bo’lgan 
tomoni tanlovchanlik, seskanuvchanlik va maqsadga muvofiq harakat qilishdir, jamiyatda esa, in’ikosning eng oliy 
shakli sotsial in’ikos faoliyat ko’rsatadi. Bu in’ikos o’zida in’ikosning boshqa shakllarini ham qamrab olgan bo’ladi. 
Ongli va yuqori doirada uyushgan faol in’ikos, aloqadorlik, xatti-harakatlar ijtimoiy dunyoga xosdir. 
Borliq shakliy struktura darjalarining balki biz hali bilmaydigan yanada murakkabroq turlari ham bordir, lekin ular 
hali bizning tushunchalarimiz doirasiga sig’maydi. Xullas, borliqning tashkiliy struktura darajalari bir-biridan 
aloqadorliklarining soni va sifati jihatidan, energiya va informatsiya almashish xususiyati bilan, faolligi va uyushganligi 
darajasi bilan farq qiladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin