Miqdor va sifatning birligi, o’zaro bog’liqligi
me’yor
tushunchasida ifodalanadi. Me’yorning buzilishi predmet
mavjudligi mumkin bo’lmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o’zgarishlari xosdir. Miqdor o’zgarishlari bilan sifat o’zgarishlari
o’rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo’lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdoriy o’zgarishlar sifat
o’zgarishlarini tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan tub sifat o’zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda
miqdor
o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi sodir bo’ladi. Olamdagi barcha o’zgarishlar asta-sekin sodir bo’ladigan
miqdor o’zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o’zgarishlari muayyan chegarada sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi.
Miqdoriy o’zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo’qolib, yangi sifat
yuzaga keladi. Taraqqiyot jarayonida miqdor o’zgarishlari tub sifat o’zgarishlariga o’tishi bilan birga sifat o’zgarishlari
miqdor o’zgarishlariga ham o’tadi. Miqdor o’zgarishlari bilan sifat o’zgarishlari o’zaro chambarchas bog’langan
bo’lishiga qaramay, ular ayrim o’ziga xos xusussiyatlarga ham ega. Chunonchi:
- birinchidan, miqdor o’zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida
ham miqdoriy o’zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat o’zgarishlariga o’tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
- ikkinchidan, miqdor o’zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsalarga muhim ta’sir ko’rsatmaydi.
Suv normal atmosfera
bosimida 100° gacha suyuqlik holatini yo’qotmaydi, keyin esa bug’ga aylanadi, sifatini o’zgartiradi. Demak, sifat
o’zgarishlari hodisalarni tubdan o’zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;
-
uchinchidan, miqdor o’zgarishlari asta-sekin amalga oshadi va ko’p hollarda sezilmasdan o’tadi. Sifat
o’zgarishlari
esa ancha tez, ayrim holatda to’satdan sodir bo’ladi;
- to’rtinchidan, sifat o’zgarishlari miqdor o’zgarishlariga qaraganda tub o’zgarish bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: