Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha
bo’lib, taraqqiyotning uzluksiz ko’rinishiga qaraganda ancha tez o’tadigan jarayondir.
Sakrash miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tishda uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va
hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo’lishi
bilan zaruriy ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to’satdan bo’ladigan holatgina emas, balki yangi sifat elementlari
ko’payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
Sakrashning turlari o’z harakteriga ko’ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo’lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar.
Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o’ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo’q qilish va
yangi ijtimoiy tuzumni o’rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni
ikki turga bo’lish mumkin: birinchisi — portlash yo’li bilan bo’ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo’l
bilan bo’ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va
hodisalarning yangi sifatga o’tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni
boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin yo’qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-
sekin to’planishi natijasida yangi sifat paydo bo’ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:
- birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob’ektiv va qonuniy jarayondir;
- ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o’zgarishlaridan tub sifat o’zgarishlariga o’tishidir;
- uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo
bo’ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
- to’rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog’liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga
o’tish turli shakllarda sodir bo’ladi. Har bir narsa, hodisa o’zining aniq inkor qilish usuliga, o’z navbatida aniq sakrash
shakliga egadir.
Demak, har qanday o’zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o’zgarishlarining o’zaro bir-biriga o’tishi
orqali sodir bo’ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va
hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo’lib turadi. Bundagi
eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
O’zgarish va rivojlanish jarayonida