O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Fazo va vaqtning xususiyatlari.
Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jihatlarni ifodalashiga qarab, metrik va 
topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, 
o’lchanadigan, ko’zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga ko’lam, bir jinslilik, izotroplik 
(anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi. 
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga uzuksizlik, 
bog’langanlik, o’lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga 
qaytmaslik, bir o’lchamlilik kabi xususiyatlar qo’shiladi. 
Fazo (vaqt) ning metrik o’zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o’zgartira olmaydi, topologik o’zgarishlar esa 
borliqning sifatiy o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Masalan, bir bog’langan sistemaning ko’p bog’langan sistemaga o’tishi 
fazo topologiyasini tubdan o’zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo’llar paydo bo’ladi. 
Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik idishni sig’dirish mumkin bo’ladi. O’lcham darajasi ko’p bo’lgan sistema 
o’lchov darajasi kam bo’lgan sistemaga nisbatan ko’rinmas va murakkab bo’ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik 
xususiyatlarini kuchli o’zgarishi topologik xususiyatlarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning 
egrilik darajasi kuchli o’zgarsa, bir bog’langan fazo ko’p bog’langan fazoga aylanishi mumkin. 


Asosiy tushunchalar 
Borliq, yo’qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Borliq va yo’qlik tushunchalari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
2. Mavjudlik va reallik nima? 
3. Harakat va uning asosiy shakllari to’g’risida so’zlab bering. 
4. Fazo va vaqt, makon va zamon qanday ma’nolarni anglatadi? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. — T.: «Sharq», 1998. 
2. Karimov I. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga 
bergan javoblar. – «Fidokor» 2000 yil 8 iyun. 
3. Osnovi filosofii. — T: «O’zbekiston», 1999. 
4. Kanke V.A. Filosofiya. — M: «Logos», 1999. 
5. Filosofskiy entsiklopedicheskiy slovar. M. 1999. 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin