Eksperiment natijalari tahlili Intellektual testlar Mavzu: re’JA



Yüklə 168,53 Kb.
səhifə1/3
tarix10.09.2023
ölçüsü168,53 Kb.
#142448
  1   2   3
natijalar tahlili


Eksperiment natijalari tahlili Intellektual testlar
Mavzu:
RE’JA:
  • Chastotalar taqsimlanishi. Taqsimot tavsifi statistikasi.
  • O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni grafik taqdimoti. Diagramma. Korrelyatsiya koeffitsenti. Asosiy effektlar. O‘zaro ta`sir.

  • 3. Statistik xulosalarni chiqarish metodlari.

Tasavvur qilamiz, sizni psixologiya yo‘nalishidagi talabalarning xavotirlanish darajalari iqtisod yo‘nalishidagi talabalardan qay darajada farqlanishi qiziqtiradi. Kolledjingiz uchun har xil ixtisoslik bo‘yicha o‘quvchi talabalar ro‘yhatini tuzasiz, ikki xil ixtisoslik bo‘yicha o‘quvchi o‘ntadan talabalarni tavakkaliga tanlaysiz va ularni testdan o‘tishlariga ko‘ndirasiz, ya`ni xavotirlanish darajasini aniqlaydigan test. Test natijalarini 2 guruh qilasiz – bu sizning dastlabki ma`lumotlaringiz. Bir nechta 0 va 100 orasidagi uydirma(to‘qib chiqarilgan) xavotirlanishning qiymati ko‘rsatilgan. Qiymat qanchalik yuqori bo‘lsa, talabaning xavotirlanish darajasi shunchalik Yuqori bo‘ladi. Guruhlararo tafovutlar mavjudmi? Bu holatda individual qiymat ko‘rish xuddi qo‘shiqning alohida notalarini eshitib ko‘rishga o‘xshaydi: qanday ohang ekanligini aniqlash qiyin. Sizga dastlabki ma`lumotlarni interpritatsiya qilish uchun qandaydir usul kerak bo‘ladi. Siz tez-tez takrorlanuvchi hodisalarning(chastota) taqsimotini yoki shunchaki, grafik tarzda har bir qiymatning qanday qilib tez-tez ma`lumotlarda paydo bo‘lishini tuzishingiz mumkin. Lekin siz hech bir qiymatning birdan ortiq marta takrorlanmasligini kuzatishingiz mumkin. Shu bilan birga taqsimotni sermahsul bo‘lishi uchun siz individual qiymatlarni kategoriyalarga ajratishingiz kerak bo‘ladi.
Siz hammasidan ko‘ra tez-tez uchrab turuvchi kategoriya ichida boshlang`ich ma`lumotning bir qancha qiymati bo‘lishini xohlaysiz, shuning uchun siz kategoriyaning kattaligini o‘rnatasiz, u 10ga teng bo‘ladi. (masalan, 10dan 19gacha). har ikkala guruhingiz uchun shunda tez-tez takrorlanuvchi hodisalarning taqsimoti ko‘rsatilgan.
Vertikal ―Chastota deb belgilangan o‘qda har bir baholovchi kategoriyaga kelib tushadigan dastlabki ma`lumotlarning qiymati ajratib qo‘yiladi. Sharoitlarda qandaydir tafovutlar mavjudligi yoki mavjudmasligini aniqlashda tez-tez takrorlanuvchi hodisalarning taqsimot tuzilishi birinchi foydali qadam bo‘lishi mumkin. Ba`zida eksperimental effekt etarli darajada yorqin ifodalangan bo‘ladi va vizual o‘rganish taqsimoti sizni tafovut borligiga ishontiradi. Lekin bu holatda taqsimot judayam o‘xshash bo‘lib ko‘rinmoqda. Statistlar turli xil taqsimot tiplariga nom berganlar, shu sababli tadqiqotchilar turli xil atamalardan foydalanib, barcha taqsimot grafigini bir-biriga ko‘rsatishga zaruriyat yo‘qligini his qilgan holda gaplashadilar.
Tez-tez takrorlanuvchi hodisalarning chastota-taqsimot tuzilishi sizga boshlang`ich formadan oddiy hisoblab chiqishdan ko‘ra, ma`lumotlaringizni tartibga solingan holda taqdim qilishingizga yordam beradi, lekin bu baribir eksperiment natijalarini taqdim qilishning beso‘naqay usuli bo‘lib qolaveradi. Xohishga ko‘ra, har bir guruh natijalarini namoyon qilish uchun bir sonda belgilash kerak. Ma`lumotlarni shunday taqdim qilishimiz uchun bizga statistikani tasvirlovchi bir nechta usullar kerak bo‘ladi.
Psixologiyada ilmiy axborotlarni grafik taqdim etishning bir necha asosiy shakllaridan foydalaniladi: xarakteristikalariga tayanuvchi topologik va metrik. Topologik tavsiflashdan foydalanuvchi axborotlarni etkazib berish an`anaviy usullaridan biri - bu grafiklardir. Qirralari bilan (yo‘naltirilgan yoki yo‘naltirilmagan qismlari bilan) birlashtirilgan ko‘p sonli nuqtalar «cho‘qqilar» grafiklar hisoblanadi. Grafiklarni fazoviy yo‘naltirilgan va yo‘naltirilmagan, bog`langan va bog`lanmagan turlarga ajratiladi. Psixologik tadqiqotlarda grafiklardan natijalarni tasvirlashda juda ko‘p foydalaniladi. Ko‘plab nazariy modellarni tadqiqotchilar grafiklar ko‘rinishida berishadi. Masalan, D. Vekslerning ierarxik modeli yoki CH.Spirmenning intellekt modeli: ular dendritik, simmetrik bo‘lmagan grafiklar shaklida berilgan. P.X. Anoxinning funktsional sistemasi sxemasi, V.D.Shadrikovning faoliyat psixologik funktsional sistemasi sxemasi, E.N. Sokolovning kontseptual reflektorli yoyi modeli - yo‘naltirilgan grafiklarga misol bo‘la oladi. Natijalarni tariflashga o‘tamiz, yo‘naltirilgan grafiklardan ko‘pincha bog`liq bo‘lmagan, qo‘shimcha va bog`liq bo‘lgan o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi sababiy bog`liqliklar sistemasini ta`riflashda foydalaniladi. Yo‘naltirilmagan grafalar psixikaning o‘rganish xususiyatlari o‘rtasidagi korrektsion aloqalar sistemasini tasvirlash uchun qo‘llaniladi. «Cho‘qqilari» bilan xususiyatlari, «qirralari» bilan korrektsion bog`liqligi ifodalanadi. Bog`lanishlar xarakteristikasi odatda grafik qirralarini tasvirlash turli variantlari bilan kodlashtiriladi. Ijobiy aloqalari to‘g`ri chiziqlar bilan (yoki qizil rang bilan), salbiy bog`liqliklari – punktir (yoki havo rang bilan) tasvirlanadi. Aloqaning kuchi va ahamiyati chiziqning qalinligi bilan kodlashtiriladi.
Ma`lumotlarni taqdim etishning boshlang`ich usuli taqsimlashni tasvirlash hisoblanadi. Tanlab olingan tekshirishlarda o‘zgaruvchining o‘rganish ko‘rsatkichlarini tasvirlash uchun gistogramma va poligonlardan foydalaniladi. Tajriba va nazorat guruhlarida ko‘rsatkichlarni taqsimlash ko‘rgazmali bo‘lishi uchun ularni bir rasmda tasvirlanadi.

Yüklə 168,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin