P. Abelyar (1079-1142) juda yoshligidanoq o’z bilimi bilan mashhur edi. Abelyar — mo’’tadil
realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab xudo aqlida mavjuddir, undan keyin narsalarning o’zida
mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g’oyani ilgari surgan.
Ya’ni bilmaydigan, bilimsiz kishidan ko’ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o’rgangan kishi abzal. Bunday kishi
aqidaparast emas, balki o’zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha,
shubha hamma vaqt tadqiqotga yo’llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning fikricha, insonning o’limi xudoni rozi qilish
uchun emas, balki odamlarni xudoga bo’lgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga ahloqiy ta’sir ko’rsatish
maqsadida sodir bo’ladi. Bu bilan odamlar o’z hayotini xudoga bo’yso’ndiradilar. Bu qarash ahloqiy ta’sir qilish nazariyasi
deb ataladi.
Foma Akvinskiy (1224-1292) mo’’tadil realizmning yana bir yirik vakili bo’lib hisoblanadi. Foma o’sha davr
uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda u mo’’tadil realizm pozitsiyasida
turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi bo’lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy
ta’limoti yordamida xudo mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat bo’lib, 600 masalani yoritishga bag’ishlangan. U
ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy summalar»ning birinchi qismi xudoning mavjudligi va
borlig’i masalasida bahs yuritadi. Ikkinchi qismi «xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi.
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida er va 4 elementdan iborat bo’lgan
hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa,
papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Erdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida
farishtalar dunyosi mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshqarilib turadi.
Akvinskiy ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida g’arbda hozir ham saqlanib qolgan.
O’sha davrning mashhur faylasuflaridan biri