Uyg’onish davri falsafasi. Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilg’or taraqqiyot davrlaridan biri edi.
Uyg’onish davrida hayotning hamma tarmog’ida muhim, ilg’or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o’zgarishlar yuz
berayotgan edi.
Uyg’onish davrida Evropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo’shganlardan biri nemis
Nikolay Kuzanskiy dir (1401-1464). Kuzanskiy ta’limoticha, xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar
xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.
U xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzanskiy shunday muhim kosmologik
fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopernik va Brunolarning o’tmishdoshi deb hisoblash mumkin.
Ikkinchi masala esa bilish nazariyasiga nisbatan uning butunlay yangicha yondoshishidir. Ushbu masalalar bo’yicha
Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan g’oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis filosoflari
tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi edi.
Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo’shgan uyg’onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi
Nikolay Kopernik dir (1473-1543). Ma’lumki, fan tarixida Kopernik o’zining fanda tub o’zgarish yasagan geliotsentrik
ta’limoti bilan mashhur bo’lgan. Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan quyosh va yulduzlarning
harakatlari aslida Erning o’z o’qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat. Bizning
planetamizning markazi Er emas, quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib,
tabiatshunoslikda to’ntarish yasadi. Bu kashfiyot Bibliyaning dunyo tuzilishi haqidagi va o’zgarmas deb tanilgan
ta’limotiga zarba berdi. Agar er olamning markazi emas, balki Quyosh atrofida aylanuvchi planetalarning biri bo’lsa,
unda dunyoni, koinotni maqsadga muvofiq xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi talimot asossiz
bo’lib qolardi.
Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosalar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik