O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

- millatning vatani
— millat tarqalgan va u azal-azaldan yashab kelayotgan hudud. Milliy madaniyatning kamol topishi, 
rivoji va saqlanishi uchun eng asosiy tabiiy omil bu Vatandir. Uning sajdagoh kabi muqaddasligining sabablaridan biri ham 
ana shunda. Vatansiz milliy madaniyatning takomili, uning avlodlardan-avlodlarga to’la holda meros qolishi to’g’risida 
gapirish qiyin. Faqat o’z vatanidagina millat madaniyatini cheksiz rivojlantirish, ma’naviy kamolotning yuksak cho’qqilariga 
tomon etish imkoniga to’la-to’kis ega bo’lishi mumkin. 
- millatning tili.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, dunyoda 2000 dan ortiqroq tillar mavjud. Kichik 
lahjalarni qo’shib hisoblansa, bu ko’rsatkich yanada ortadi. Til millatning ruhi, unga mansub kishilarning bir-biriga va 
dunyoga aytadigan so’zi; millatning o’tmishi va merosini ifoda qilish, maqsad va istaklarini bayon etish uslubidir. Hatto 
millat ishlatayotgan so’zlarni tahlil qilib ham, shu millatning tarixiy taqdiri va uning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida 
xulosa chiqarish mumkin. 
- millatga mansub kishilarning ma’naviyati, axloqi va nafosati.
Jahon millatni ana shu jihatlar orqali taniydi, 
baholaydi. Kishilar o’zaro munosabatga kirishayotganida ham millatning mentaliteti, axloqiy va ma’naviy 
xususiyatlarini hisobga oladi. Biror kishi bilan munosabatga kirishilayotganida ana shu xususiyatlar hisobga olingani 
kabi, xalqaro munosabatlarning ham ma’naviyat bilan bog’liq yozilmagan qonunlari, aytilmaydigan qoidalari bor. 
Gohida madaniyat deyilganida, aynan ana shunday aytilmaydigan va yozilmaydigan qonuniyatlar nazarda tutiladi. 


- urf-odatlar, an’analar. 
O’z urf-odat va an’analarga ega bo’lmagan millat yo’q. Ma’naviy hayotning mana shu 
jihatlari orqali millatning o’zligi namoyon bo’ladi. Urf-odat va an’analarda millatning tarixi, o’tmishi, madaniy merosi 
o’z aksini topadi. Ana shu xususiyatlarini yo’qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yo’qoladi. 

qadriyatlar.
Millatning madaniyat va tsivilizatsiya jihatidan yaratgan barcha boylik va ma’naviy merosini 
ifodalaydi. Shu bilan birga ular muayyan millatning qadr-qimmati, dunyodagi o’rni va salohiyatini ham namoyon qiladi. 
O’z qadriyatlarini ko’z qorachig’idek saqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga etkazish millatga mansub har bir 
kishi va avlod uchun ham qarz, ham farzdir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin