O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


qadam. №1 kompyuterda «TeamViewer» dasturini ishga tushiramiz. 4- qadam



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə95/139
tarix14.12.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#176802
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139
Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti (1)

qadam. №1 kompyuterda «TeamViewer» dasturini ishga tushiramiz. 4- qadam. Do‘stimiz №2 kompyuterda «TeamViewerQS» dasturini ishga tushiradi. Ko‘rib turganingizdek, do‘stimizning kompyuterida namoyon bo‘lgan darchada masofadan ulanishni sozlash uchun zarur ma'lumotlar - ID va parol mavjud. 5- qadam. Do‘stimiz (№2 kompyuter) bizga (№1 kompyuterga) «TeamViewerQS» moduli namoyish etgan ID va parolni aytadi. Buning uchun istalgan aloqa vositasidan foydalanish mumkin - telefon orqalimi, SMS shaklida yoki chat orqalimi, farqi yo‘q.

  1. qadam. Olingan ma'lumotlarni №1 kompyuterga kiritamiz. Oldin IDni tegishli maydonga yozamiz: Keyin masofadan ulanishni qaysi maqsadlarda o‘rnatayotganimiz haqida o‘ylab ko‘ramiz va maqsadimizdan kelib chiqib, kerakli bandni tanlaymiz (bu bandlar ID maydonchasidan biroz pastda turibdi).

Masalan, fayllar almashish niyatida bo‘lsak, «Передача файлов» («Fayllar jo‘natish») bandini, agar biror dasturning qanday ishlashini ko‘rsatmoqchi bo‘lsak yoki Windowsni sozlashimiz kerak bo‘lsa, «Удаленное управление» («Masofadan boshqarish»)ni tanlaymiz. Shundan keyin «Подключиться к партнеру» («Sherikka ulanish») tugmasini bosamiz. Paydo bo‘lgan darchaga do‘stimizdan olingan parolni teramiz va «Вход в систему» («Tizimga kirish») tugmasini bosamiz. Shu bilan ulanish amalga oshadi. Agar hammasini to‘g'ri bajargan bo‘lsak, bir necha sekunddan keyin №2 kompyuterga ulanamiz. Agar «Удаленное управление» tanlangan bo‘lsa, ekranimizda alohida darcha ochiladi va unda №2 kompyuter ekranida shu paytda nima bo‘lsa, hammasi namoyon bo‘ladi. Shuni hisobga olingki, beso‘roq ravishda №2 kompyuter Ish stolidagi manzara sizga ko‘rinmaydi, qop-qora fon bo‘ladi. Agar bu darchada biror amal bajarsak (papkalar ochsak, nusxa olsak yoki fayllarni o‘chirsak), do‘stimiz barcha harakatlarimizni o‘zining kompyuteri ekranida kuzatishi mumkin. Bunday ulanish orqali biz №2 kompyuterni boshqara olamiz, lekin undan hech qanday fayl ola olmaymiz va jo‘nata olmaymiz. Shu sababli, fayl almashish kerak bo‘lsa, ulanishni sozlayotganda (IDni kiritgandan keyin)
«Передача файлов» bandini tanlashimiz kerak bo‘ladi. Bunday holatda, ulanish amalga oshgach, biz fayl menejeriga o‘xshash darcha paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Darchaning chap tarafida bizning kompyuterimizdagi disklar, o‘ng tarafda esa, narigi kompyuterning barcha disklari aks etadi. Istalgan disk yoki papkani ochib, kerakli faylni ko‘chirib olishimiz mumkin bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, dastur yordamida bir necha daqiqadayoq masofadan ulanish mumkin, buning uchun alohida bilim talab etilmaydi. Agar siz an'anaviy sozlamalardan qoniqmay, dastur sozlamalariga o‘zgartishlar kiritmoqchi bo‘lsangiz, buni menyudagi
«Допольнительно - Опции» bandini tanlash orqali amalga oshirishingiz mumkin.
TeamViewer dasturida bir smartfonni boshqa smartfondan boshqarish funksiya funksiyasi ham mavjud. TeamViewer dasturi kompyuterlarni masofadan boshqarishga, fayllar almashishga va qurilmaga distansion xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan eng ommabop servislardan biri hisoblanadi. Yaqinda kompaniya muhandislari iOS, Android va Windows Phone platformalaridagi telefonlarga bir-biriga masofadan kirish imkoniyati qo‘shilgan TeamViewer 12 dasturining beta-versiyasini chiqarishdi. Biroq Android tizimiga mo‘ljallangan rasmiy API’larning mavjud emasligi bois, bunday fuknsiya faqat cheklangan qurilmalarda ishlashi ma’lum qilingan (to‘liq ro‘yxat). TeamViewer 12 versiyasiga birinchi marotaba kopmyuterlardan Windows Phone dasturidagi smartfonlarni distansion boshqarish imkoniyati ham tatbiq etildi. Bundan tashqari, yangi versiyaga bir qator qo‘shimcha o‘zgarishlar ham kiritilgan..

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin