O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə94/139
tarix14.12.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#176802
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139
Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti (1)

#LOCK#Пароль#

Qurilma bloklanadi

#SIGNAL#Пароль#

Qurilma bloklanadi va undan signal
ovozi chiqadi.

#LOCATE#Пароль#

GPS-qurilmaning koordinatalari SMS
xabar orqali yuboriladi

#WIPE#Пароль#

Qurilmaning ichki xotirasidagi
ma’lumotlar butunlay o‘chadi.

#UNLOCK#Пароль#

Qurilma bloklanadi, Antivor parolini
o‘chirmagan holda.



#RESETPASSWORD#

Antivor parole olib tashlangan holda qurilma bloklanadi. Bu buyruqlar antivor
dasturining do‘stlar ro‘yxatidagi telefon raqamlardan yuborilishi lozim.

Diqqat!!! Antivor ro‘yxatidagi do‘stlaringizni qurilmasida ham Antivor dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.




Nazorat savollari



  1. Mobil reklama dasturi nima?

  2. Soxta ilovalar nima?

  3. Smartfonga viruslarning kirib borish usullari?

  4. Android qurilmasida zararlanish belgilari?

  5. Mobil qurilmalarga zarar beruvchi dasturlardan himoya qanday amalga oshiriladi?

  6. RAR dastur haqida?

  7. WinZip qanday dastur?
  1. MAVZU: Mobil qurilmalar imkoniyatini kengaytiruvchi dasturiy vositalar Reja:





    1. Shaxsiy kompyuteni masofadan boshqarish. Team Viewer dasturi.

    2. Fayl menenjerlari.

    3. Xotrani tozalovchi dasturlar.

Hozirgi iqtisodiy vaziyatda biz xodim yoki mijozning ish joyiga kirish uchun masofaviy boshqaruv vositalariga tobora ko‘proq murojaat
qilmoqdamiz. Yaqinda "masofaviy kirish" va "portni yo‘naltirish" so‘zlari bilan biz uchun yangilik bo‘lmay qoladi.Endi siz turli turdagi operatsion tizimlarni ulash uchun mos mahsulotlarni izlash shart emas, shunchaki Team Viewer-ni (TV) o‘rnatish, shunchaki ishga tushirish kerak bo‘ladi.
Team Viewer GMBH kompaniyasiga 2005 yil Germaniyada asos solingan.
№1 kompyuter va №2 kompyuter o‘rtasida masofadan ulanishni sozlab ko‘ramiz. Bunda
№1 kompyuterni asosiy kompyuter, ya'ni «boshqaruvchi» kompyuter дeb olamiz, undan №2 kompyuterga ulanish amalga oshiriladi. Tasavvur qiling, biz shu kompyuter qarshisida o‘tiribmiz. №2 kompyuter esa, ulanishga ruxsat berilgan, ya'ni mijozimiz, do‘stimizning kompyuteri bo‘lsin. Shu tariqa, biz (№1 kompyuter oldida o‘tirib) №2 kompyuterga ulanamiz, bunda u dunyoning istalgan nuqtasida bo‘lishi mumkin. Maqsad tushunarli bo‘lsa, ulanishni qadam-baqadam boshlaymiz.
Masofadan ulanishni yaratish uchun «TeamViewer» maxsus dasturidan foydalanamiz.

  1. qadam. №1 kompyuterni tayyorlash «TeamViewer» dasturining to‘liq talqinini kompyuterimizga yuklab, o‘rnatib olamiz. Notijorat maqsadlari uchun (shaxsiy foydalanish uchun) bu dastur bepul tarqatiladi, shu sababli uni bemalol yuklab olish mumkin. Qidiruv saytlariga dastur nomini yozib, izlashni buyursangiz, dasturni yuklab olish mumkin bo‘lgan saytlarni topib beradi. Ulardan ishonchlilariga kirib, yuklab oling. Suratlarda dasturni yuklash uchun qanday sozlamalarni tanlashimizni ko‘rasiz. Shu bilan, dasturni kompyuterimizga muvaffaqiyatli o‘rnatib oldik. Endi ikkinchi kompyuterga o‘tamiz.



  1. qadam. №2 kompyuterni tayyorlash. Bunda ikkita yo‘ldan birini tanlaymiz:

  1. agar masofadan ulanish faqat bir yo‘nalishda ishlatilsa, (ya'ni faqat bu kompyuterga ulanilsa), unda ushbu kompyuterga «TeamViewer» dasturining to‘liq talqinini o‘rnatish shart emas. Unchalik katta bo‘lmagan «TeamViewer QuickSupport» modulini yuklab olish yetarli.

  2. agar №2 kompyuter ham ba'zida asosiy kompyuter sifatida ishlatiladigan bo‘lsa, unga ham dasturning to‘liq talqini o‘rnatiladi. Uni qanday o‘rnatilishini yuqorida ko‘rib chiqdik. Siz bilan birinchi yo‘ldan boramiz, ya'ni mijozimiz «Team Viewer Quick Support» ni yuklab olsa, bo‘ldi.


  1. Yüklə 5,28 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin